1. Havfli va havfsiz o‘smalar haqida tushuncha Onkologik bemorlarni davolash tamoyillari



Yüklə 91,5 Kb.
səhifə1/2
tarix24.11.2023
ölçüsü91,5 Kb.
#133988
  1   2
24-mavzu o


Yangi o‘quv material bayoni:
Mavzu O‘smalar. Havfli va havfsiz o‘smalar
Reja:
1. Havfli va havfsiz o‘smalar haqida tushuncha
2. Onkologik bemorlarni davolash tamoyillari
3. Onkologik bemorlarni parvarish qilish xususiyatlari. Hamshira deontologiyasi
Mavzu bayon
1-reja: O‘smalar haqida tushuncha. O‘sma deganda to‘qimalarning patologik ko‘payishi tushuniladi. U turli xil sabablarga ko‘ra hosil bo‘ ladi va normal moddalar almashinuvi holatlari bilan farq qiladi.O‘smaning xususiyati hujayralarning beto‘xtov ko‘payishi hisob lanadi. Gistologik jihatdan ko‘pchilik o‘smalar a’zo yoki to‘qimalarga birmuncha o‘xshash tuzilgan. O‘sma o‘zini tashkil qilgan asli to‘qima (parenxima) va ushlab turadigan to‘qima tomirlar, nervlar, biriktiruvchi to‘qima (stroma)dan iborat. Shu bilan birga o‘smaning tuzilishi sog‘lom a’zo yoki to‘qimaning tuzilishidan katta farq qiladi. Xavfsiz va xavfli o‘smalar tafovut qilinadi.
Xavfli o‘smalar yosh yetilmagan to‘qimadan o‘sib ko‘payadi. Ular tez o‘sadi. Qo‘shni to‘qimalarga o‘sib kirish va o‘sma hujayralarining limfa (limfogen)yoki qon tomirlar (gemotogen yo‘l) sistemasi orqali a’zolar va to‘qimalarga o‘tishga (metastazlanish) moyilligi bilan ajralib turadi.O‘sma olib tashlangandan keyin u yana shu sohada o‘sishi mumkin (retsediv). O‘smaning qo‘shni to‘qimalarga o‘sib kirishi o‘sma hujayralarining to‘qimalar ich-ichiga o‘sib kirishi, qo‘shni to‘qimalarning yemirilishi va o‘rin almashinuvi yo‘li bilan sodir bo‘ladi. Bunday o‘sish infiltratsiya yo‘li bilan o‘sish deyiladi. Metastatik o‘sma onalik o‘sma tuzilishiga ega va xuddi
shunday tez suratda o‘sishi bilan farq qiladi. Xavfli o‘smalardan organizmning holdan toyishi – kaxeksiya kuzatiladi. Xavfli o‘smalar to‘qimalarni yemirishi natijasida parchalanadi. Rivojlangan to‘qimasiga qarab rak va sarkoma farqlanadi: rak – epiteliy hujayralardan rivojlanib, eng ko‘p uchraydigan xavfli o‘sma; sarkoma – biriktiruvchi to‘qimadan rivojlanadigan xavfli o‘sma.
Xavfli o‘smaning rivojlanishida to‘rt davr farqlanadi:
1. O‘smaning mahalliy o‘sishi.
2. O‘smaning limfa yo‘llari yaqinidagi limfa tugunlarigacha tarqa lishi.
3. Metastazlarning gematogen yo‘l orqali qo‘shni a’zolarga o‘sishi.
4. O‘smaning butun organizm bo‘ylab tarqalishi (disseminatsiya lanish).

Yüklə 91,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin