1. Inklar poytaxtini viloyatlar bilan bog‘laydigan, umumiy uzunligi necha kilometr bo‘lgan tosh yo‘llar barpo etilgan?
A) 10 ming km B) 12
ming km
C) 15 ming km D) 20 ming km
2. O`rta asrlarda Amerika qit`asida mavjud bo`lgan davlatlarning poytaxtlarini to`g`ri toping.
1) Kusko 2) Tenochtitlan 3) Chichen-Itsa
a) Asteklar b) Inklar c) Mayyalar
A) 1-b,2-a,3-c B) 1-b,2-c,3-a
C) 1-a,2-b,3-c D) 1-a,2-c,3-b
3. Yaponiyada imperator zaiflana borib eng kuchli mulkdor, harbiy qo`mondon sifatida boshqaruv kimning qo`liga o`tadi?
A) syoenlar B) samuraylar
C) xanke D) syogun
4. Amerika mamlakatlaridan qaysi birida Zodogonlarning bolalari maxsus maktablarda o’qigan?
A) Mali B) Inklar C) Atstek D) Mayya
5. Quyidagi O’rta asr mamlakatlaridan
qaysi biri ajoyib gazlamalar, qush patlaridan tovus kabi tovlanadigan kashtalar tikishda mohir bo’lgan?
A) Asteklar B) Ink C) Maya D) Gana
6. Quyidagi qaysi davlatda rasman qulchilik bo’lmagan, jamoa a’zolari shafqatsiz ishlatilgan va deyarli huquqsiz bo‘lgan?
A) mayya B) astek C) ink D) toltek
7. Qaysi Amerika davlatida bozorlarda mol ayirboshlash orqali savdo yaxshi rivojlangan?
A) Asteklar B) Ink C) Maya D) Gana
8. 1097-yil 20-oktyabrda Bogemond I qo‘mondonligidagi
salibchilar bilan Mosul amiri Kerboga qo‘shini
o‘rtasida qayer uchun jang bo‘lib o‘tadi?
A) Konstantinopol B) Aleksandriya
C) Antioxiya D) Quddus
9. San-Vitale bazilikasi kim tomonidan 527–548-yillarda Ravenna (Italiya)da qurilgan?
A) Innokentiy B) Evsefiy C) Ekkleziy D) Grigoriy
10. To`g`ri javoblarni toping.
1) Xristian dini Yevropada IV asrdan
boshlab tarqala boshlagan;
2) Kiyev Rusi va Bolgariya XI asr oxirlarida Rimdan xristianlikning pravoslav mazhabini qabul qilgan
3) Angliya va Irlandiya monastirlaridan yetishib chiqqan serg‘ayrat rohiblar Yevropaning eng chekka joylariga ham borib, aholini xristianlikka o‘tkazadilar;
4) 1056-yildan boshlab hozirgi kunga qadar rim-katolik
va yunon-pravoslav cherkovlari mustaqil faoliyat yuritib kelmoqda.
5) Inkvizitsiya faoliyati Italiyada ayniqsa keng tus oladi.
A) 1,5 B) 2,3 C) 2,4 D) 1,3
11. Papa viloyati tashkil topgan yili jahon tarixida qanday voqea sodir bo`lgan? A) Xristian dini norasmiy bo`lindi B) Xitoyliklar Koreyani bosib oldi C) Qurdoba amirligi tuzildi D) Klermon sobori bo`lib o`tdi
12. Qaysi diniy ritsarlik ordeni xayriya va in’omlar olishdan tashqari, sudxo‘rlik bilan ham shug‘ullangan. Yevropada ularning boyliklari haqida afsonalar to‘qilgan?
A) Tevton B) Gospitalyer C) Ioanniy D) Tampliyer
13. Qaysi holat rasman xristian cherkovini ikkiga bo`linib ketishiga olib kelgan? A) ta`limotdagi o`zaro farq
B) bolgarlarni cho`qintirishdagi raqobat C) xristian olamiga kim boshliq bo`lishi to`g`risidagi raqobat D) xristian dini ta`limotlari qaysi tilda olib borish to`g`risidagi
raqobat
14. Cherkov qo‘llagan jazolarning eng og‘iri …………… mamlakatda ibodat va marosimlarning vaqtinchalik taqiqlanishi bo‘lgan.
A) Inkvizitsiya B) Indulgensiya C) Autodafe D) Interdikt
15. Ruhoniylarga uylanishni taqiqlash nima deyilgan? A) Autodafe B) Selebat C) Inkvizitsiya D) Interdikt
16. Diniy ritsarlik ordeni a`zolari (rohiblari) yopinchig‘i
tagida qanday holatda hoch rasmi bo`lganligini to`g`ri joylang.
1) oq matoda qora but 2) oq matoda qizil but 3) qizil matoda oq but
a) Gospitalyer b) Tevton c) Tampliyer
A) 1-b,2-a,3-c B) 1-b,2-c,3-a
C) 1-a,2-c,3-b D) 1-a,2-b,3-c
17. Nechanchi asrdan musulmon amirliklari birlashib, salibchilarga qarshi kurash boshlaydilar?
A) XI asrdan B) XII asrdan C) XIII asrdan D) XIV srdan
18. Salib yurishlari uchun qulay vaziyat qachon vujudga keladi? A) XI asr boshlarida B) XI asrda C) X asr oxirlarida D)XI asr oxirlarida
19. Xristianlarda xochga sigʻinish nechanchi asrda rasmiy tus olgan?
A) III asrda B) V asrda C) IV asrda D) VI asrda
20. Qaysi voqea Yevropada uchinchi salib yurishlari tashkil qilinishiga olib keladi?
A) Nuriddin Zangiyning Quddusni egallashi
B) Imomiddin Zangiyning
salibchilarga zarba berishi
C) Salohiddin Ayubiyning Quddusni tortib olishi
D) Shirkuh va uning jiyani Salohiddin boshchiligida qo‘shinning Misrni egallashi
2 1. . Quyidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni aniqlang.
a) jamoa erkaklari tik qoyalar yonbag‘rini o‘yib, toshlarning ustiga unumli tuproq yoyishgan; b) Xalq bolalari uchun maktablarda dehqonchilik, hunarmandchilik va harbiy ish o‘rgatilgan; c) Quruvchilar to‘g‘onlar, kanallar qurib, xom g‘isht yoki toshdan yasalgan ustunlar ustida uylar bunyod etganlar d) Hozirgi Meksika hududiga to`g`ri keladi;
e) Amerika qit`asida paydo bo`lgan f) Tabiblar insonning bosh suyagida jarrohlik muolajalarini amalga oshirishni bilganlar.
A) I-a,f II-b,c,d III-e B) I-a,f II-b,c III-d,e
C) I-a,c II-b,f III-d,e D) I-b,c II-a,f III-d,e
22. Yaponiya bilan bog`liq atamalarni o`zaro muvofiqlashtiring.
1) Mikado 2) Nippon 3) Syogun 4) Xokaydo 5) Fudziyama
6) samuray 7) ikebana 8) busido
a) Shimoldagi orol b) imperator c) bog`bonlar d) harbiy ritsarlar e) harbiy hukmdor f) Yaponiyadagi eng baland tog` g) yozilmagan qonun h) guldasta j) Kunchiqar mamlakat
A) 1-a,2-j,3-e,4-c,5-h,6-b,7-d,8-f
B) 1-b,2-f,3-e,4-a,5-f,6-d,7-h,8-g
C) 1-e,2-f,3-b,4-a,5-f,6-d,7-h,8-g
D) 1-b,2-f,3-e,4-f,5-a,6-d,7-h,8-g
23. Qachon Yaponiyani mo‘g‘ullar Xitoy harbiy kemalari floti ko‘magida bosib olishga urinadilar?
A) XIII asr boshlarida B)
XII asr oxirlarida
C) XIV asr boshlarida D) XIII asr oxirlarida
24. Yevropada yer egaligi munosabatlari nechanchi asrda shakllangan?
A) IV asrda B) V asrda C) VI asrda D) VII asrda
25. Qaysi atama xristian cherkovi dushmanlarini izlab topish va jazolash bilan shug‘ullanganligini bildiradi?
A) Inkvizitsiya B) Indulgensiya C) Autodafe D) Interdikt
26. Rim papalari faoliyati bilan bog`liq ma`lumotlarni o`zaro moslang.
1) Urban II 2) Innokentiy III 3) Grigoriy IX
a) Fransiyaning janubidagi Klermon shahrida cherkov yig‘iniga to‘plangan
minglab ruhoniylar, ritsarlar va oddiy xalq vakillari huzurida nutq so‘zlaydi; b) Uning davrida inkvizitsiya faoliyati ayniqsa avj oladi: c) Rim papasi german, fransuz va ingliz hukmdorlarini interdikt orqali tavba-tazarru qildiradi.
A) 1-a,2-b,3-c B) 1-a,2-c,3-b C) 1-b,2-c,3-a D) 1-c,2-b,3-a
27. Salb yurishlari bilan bog`liq
noto`g`ri ma`lumotlarni toping.
1) Yevropadan kelayotgan ritsarlar oqimi xristianlarga istilo qilingan hududlarni 200 yilcha qo‘lda saqlash imkonini beradi;
2) Qirg‘inlar harbiy zarurat bilan emas, balki faqat odamlarning faqat qirish istagi bilan qilinadi.
3) Salibchilar hatto Quddusning sharqiy shahar aholisi bo‘lgan nasroniylarni dushmanga yordam berishda ayblab, o‘z uylaridan quvg‘in qilishadi.
4) Saljuqiylar hukmdori Malikshohning ishonchli vakili – Imomiddin Zangiy
salibchilarga zarba berib, Mosul va Halab oralig‘idagi yerlarni egallaydi.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4