1-Mavzu: Musobaqa turlari. Reja



Yüklə 49,32 Kb.
səhifə1/12
tarix22.06.2023
ölçüsü49,32 Kb.
#128356
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Musobaqa turlari.


1-Mavzu: Musobaqa turlari.
Reja:
Kirish

  1. Musobaqalarni tashkil qilish va o`tkazish.

  2. Musobaqalarning turlari.

  3. Musobaqa o`tkazish sistemalari.

  4. Musobaqa nzomi.

Tyanch iboralar. Musobaqa, tur, birinchilik, chempionatlar, kubok, qisqartirilgan, baravarlashtirilgan, klassifikatsiya, saralash, match, tzm, sistema.
Musobaqalarni tashkil qilish va o`tkazish.
Musobaqalarning ahamiyati
Sport musobaqalari sportchilarning malakalarini oshirishda katta ahamiyatga ega. Ular jismoniy, texnik, taktik, ruhiy, funksional tayyorgarliklarni aniqlashga va takomillashtirishga yordam beradi hamda qilinayotgan mehnatni natijasini ko`rsatadi.
To`g`ri va yaxshi tashkil qqilingan musobaqalar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, chunki musobaqalar faqat jismoniy sifatlargagina (kuchlilik, chidamlilik, tezkorlik va egiluvchanlik) emas, balki ruhiy-psixologik sifatlarga ham katta ta’sir ko`rsatadi. Musobaqa davrida sportchilarning tashkilotchilik, o`zini tuta bqilish lik, jamoa maqsadini o`z maqsadidan yuqori qo`ya olishlik kabi yana bir qancha sifatlari ham takomillashadi.
Musobaqalarda qatnashuvchilar avvalombor, tajriba almashadilar, murabbiylar esa yangi trenirovka usullarini sinovdan o`tkazish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Shuningdek, sport musobaqalari sport turlarini targ`ib qilish ning eng yaxshi va hammabop shakllaridan hisoblanadi.
Musobaqalarning turlari
Musobaqalar qo`yilgan vazifalargagina qqarab: birinchiliklar yoki chempionatlar, kubok musobaqalari, qisqartirilgan, baravarlashtirilgan, klassifikasiya va saralash musobaqalari, match va o`rtoqlik uchrashuvlar kabi turlarga bo`linadi.
Birinchiliklar yoki chempionatlar eng katta musobaqalardan bo`lib, ularda kollektiv, tuman, shahar, respublika chempioni degan faxriy unvon beriladi. Ular yilda bir marta o`tkaziladi. Birinchilik g`oliblari oltin, kumush va bronza medallari bilan mukofotlanadilar.

Yüklə 49,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin