1-mavzu. Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari, Dasturlar va apparat ta’minoti,dasturiy ta’minot



Yüklə 136,92 Kb.
səhifə1/4
tarix12.11.2022
ölçüsü136,92 Kb.
#119365
  1   2   3   4
3-amaliyot ish

1-MAVZU: Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari, Dasturlar va apparat ta’minoti.


Reja:
  • Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari.
  • Dasturlar va apparat ta’minoti

Kompyuter – inglizcha so‘z bo‘lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda hisoblovchi bo‘lmasada, matnlar, tovush, video va boshqa ma‘lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – Kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma‘lumotlarni qayta ishlashdan iborat.
Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud:
Raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtrilgan. Ammo, raqamli Kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lganligi uchun, ulardan ko‘proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda Kompyuterlarning 5 guruhi keng qo‘llanilmoqda. Kompyuterlarni xotirasining hajmi, 1 sek. da bajaradigan amallar tezligi, ma‘lumotlarning razryad to‘rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, 5 guruhga bo‘lish mumkin:
  • super Kompyuterlar (Super Computer)
  • blok Kompyuterlar (Manframe Computer)
  • mini Kompyuterlar (MiniComputer)
  • shaxsiy Kompyuterlar (PC- Personal Computer)
  • bloknot (Noutbook) Kompyuterlar.

Super Kompyuterlar (TOR 500 Kompyuterlar) – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Bunday masalalar sifatida ob havoning global prognoziga oid masalalarni uch o‘lchovli fazoda turli oqimlarning ketishini o‘rganish masalalari, global informatsion sistemalar va hakozolarni keltirish mumkin. Bu Kompyuterlar 1 sekundda o‘n trillon amal bajaradi.
Blok Kompyuterlar – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo‘ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi super Kompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog‘ona past. Bularga misol sifatida AQSH ning CRAY (kray), IBM 390, 4300, IBM ES/9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli Kompyuterlarini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.

Yüklə 136,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin