B r a x m a n l i k veda dinlarining bir shahobchasidir. Vaqt o'tishi bilan vedalardagi qo'shiqlar ommaga, hattc ruhoniylarga ham tushunarsiz bo'lib qoldi. Bu qo'shiqlar hali o'zgarishga uchramay, muqaddas til va muqaddas matnlar paydo bo'ldi. Nihoyat, bu tilni o'rganish uchun kishilar alohida guruhlar tuzib, maxsus vaqt ajratdilar. Natijada o'z hayotlarini ibodat qilish, ilohiyot ilmini o'rganish, murakkab marosimlarni f o'tkazish va xalq ruhoniy hayotini boshqarishga bag'ishlagan braxmanlar kastasi (tabaqasi) vujudga keldi. Dinga xos bo'lgan xususiyatlardan biri - ilohiy tilning o'zgartirib bo'lmasligidir. Xuddi shu birtilninc eskirib amaldan qolishi va faqat muqaddas tilga aylanib qolishi braxmanizmning kelib chiqishiga sabab bo'lgan omillardan biridir.
Braxmanlikning asosiy elementlari braxmanlar va vedalarga tegishli sutralardir. Sutralar san'atning alohida ko'rinishi bo'lib, yaqqol ajralib turuvchi ustalik bilan sof Sanskrit tilida yozilgan. Unda mavjud vaziyatga alohida e'tibor qaratilgan holda ma'lum tabaqaga yuqori o'rin beriladi.
Braxmanlar o'z nomlarini tuzgan dinlarigagina emas, joy nomi (Braxmaniya) sifatida, butun boshli fan va san'atga (braxmanizm she'riyati, tibbiyoti, matematikasi kabi) nom qilib berdilar. Ular o'zlarining kelib chiqishlarini yetti ruhoniy oilaning boshliqlari bo'lgan yetti rishidan deb hisoblaydilar. Madhiyalarning ilk mualliflari bo'lgan shoirlar, tilshunoslar va hozirjavob kishilar o'z kasblarini avlodlariga uzatganlar, Vedaning o'zida aytilishicha, «rajarshi» («rishi-podshoh»)lar ba'zan shunday madhiyalarning mualliflari bo'lganlar.
H i n d u i z m juda murakkab dindir. U birtomondan yirik ijtimoiy tashkilot, ikkinchi tomondan turli dinlar qorishmasidir. Ijtimoiy tashkilot sifatida kastachilik asosiga qurilgan. Ma'lumki, mil. av. VI asrda Hindistonda buddizm dini vujudga keldi. U braxmanizmdagi bir necha jihatlarni qabul qilgan bo'lsada, kasta ta'limotini inkor etdi. O'sha davrda Hindistondagi kasta tuzumini saqlab qolishga, braxmanizm dinini isloh qilib, qayta tiklashga harakat boshlandi. Bu harakat braxmanizm bilan buddizm o'rtasidagi kurashni ifodalovchi hinduizm edi.
Hinduizmda keyingi davrda vedalardan tashqari xalq og'zaki ijodi namunalari, jumladan, «Maxabxarata», ham muqaddas yozuvlarqatoriga qo'shilgan. Hinduizmda ham braxmanlar asosiy o'rinni egallaydi.
Shuning uchun ham mazkur adabiyotlarning ko'pchiligi braxmanlar tomonidan yaratilgan. Ular eski aqidalaming zamon talabiga javob bermasligini ko'rib, yangi qonun qoidalarga mos ravishda turli oqimlarni yuzaga keltirdilar. Ular shu yo'l bilan o'z raqiblari hisoblangan buddistlarga qarshi kurash olib bordilar.
Hinduizm braxmanizmdan katta farq qiladi. Unda Maxabxarata va boshqa she'riy matnlar qadimgi
S i k x i z m . Hozirda sikxizm diniga e'tiqod qiluvchilarning soni 17 mln. atrofida bo'lib, bu dinga bo'lgan qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Shunisi qizikki, XV asr oxiri yoki XVI asr boshlarida sof diniy islohot j shaklida boshlangan sikxizm harakati XVII asrning ikkinchi yarmiga kelib o'z e'tiqod qiluvchilarini faol harbiy an'analar bilan sug'orilgan siyosiy tashkilot atrofida jamladi. Bunday o'ziga xos taraqqiyotning natijasi shu bo'ldiki, o'tgan asr boshlarida kichkinagina harbiy-diniy jamoa Ranjid Singx asos solgan kuchli davlafcja aylandi. Sikxizm dini Panjobda guru (ustoz) Nanak (1469-1539) tomonidan asos solinib, unga ergashganlar o'zlarini sikxlar, ya'ni shogirdlar deb atashgan. «Sikxizm» atamasi ham shu so'zdan olingan. Nanakning vafotidan keyin uning ta'limotini 9 ta guru rivojlantirganlar. Xususan, to'qqizinchi guru Govind Singx (1675-1708) bu ishda muhim rolb o'ynagan. Ular yagona ta'limotni targ'ib qilgan yagona guruning 10 qiyofada namoyon bo'ladi deb hisoblanganlar.
Sikxizm talqinida hinduizmdagi Braxma, Vishnu, Shiva va islomdagi Alloh bir ilohiyatda mujassam bo'ladi. U nirgun («sifatlardan xoli») va sagun («sifatlar egasi») deb talqin qilinadi. Uning asosiy holati nirgun ; bo'lib, bu holat har qanday sifatlardan xolidir.
www.arxiv.uz
Adabiyotlar:
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A «Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o'z kuch qudratimizga, xalqimizningl hamjihatliligi va bukilmas irodasiga bog'liq» ikkinchi chaqiriq
2. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining o'n to'rtinchi sessiyasidagi nutqi. Toshkent. O’zbekiston -2004 yil.
3. Prezident I.A.Karimovning Mustaqilligimizning o'n uch yilligi marosimiga bag'ishlangan tantanali yig'ilishda so'zlagan ma'ruzasi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasida hamda xalqaro ommaviy axborot vositalari muxbirlarining savollariga bergah javoblari.