1. Mirzo Ulug'bekning ta'lim sohasidagi islohotlari Pedagogik odob va pedagogik nazokat haqida tushuncha



Yüklə 16,42 Kb.
tarix24.01.2023
ölçüsü16,42 Kb.
#122506
1. Mirzo Ulug\'bekning ta\'lim sohasidagi islohotlari Pedagogik od


11 variant
1. Mirzo Ulug'bekning ta'lim sohasidagi islohotlari
2. Pedagogik odob va pedagogik nazokat haqida tushuncha.
3. Ekologik tarbiyaning mazmuni va usullari.
4. Sharq mamlakatlarida madrasalarning paydo bo‘lishi va ularning ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni.
5. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning vazifalari
Javoblar
1Ulug’bek davrida maktab islohoti
Ulug’bek Movаrounnаhr shаhаrlаrini, xususаn Sаmаrqаnd vа Buxoroni ilm-u mа’rifаt dаrgohigа аylаntirishgа intilаdi. Uning fаrmoni bilаn 1417-yildа Buxorodа, 1417-1420-yillаrdа Sаmаrqаnddа vа 1433-yildа G’ijduvondа mаdrаsаlаr qаd ko’tаrаdi. Hаtto Buxoro mаdrаsаsining dаrvozаsigа «Bilim olish hаr bir musulmon аyol vа erkаkning burchidir» degаn kаlimа o’yib yozib qo’yilаdi. Movаrounnаhrning bu uchtа qаdimiy shаhаrlаridа bаrpo etilgаn ilmgohlаr, xususаn Sаmаrqаnd mаdrаsаsi zаmonаsining dorilfununi edi. O’rtа аsrlаrning mаshhur olimlаri Qozizodа Rumiy, G’iyosiddin Jаmshid Koshoniy, Mirzo Ulug’bek vа uning shogirdi Аlouddin Аli Qushchilаr turli fаnlаrdаn dаrs bergаnlаr. XVI аsrning mаshhur аdibi Zаyniddin Vosifiyning yozishichа, 1420-yildа mаdrаsа ochilgаn. kuni birinchi dаrsni SHаmsiddin Muhаmmаd Hаvofiy o’qigаn ekаn. Dаrsdа tolibi ilmlаrdаn to’qson nаfаri qаtnаshgаn, lekin dаrsning mа’nosigа Ulug’bek Mirzo bilаn Qozizodа Rumiydаn boshqа hech kirn tushunmаgаn. Аyrim mа’lumotlаrgа qаrаgаndа, mаdrаsаdа ilmi hаy'аt (аstronomiya)dаn dаrsni Qozizodа Rumiy bergаn. Hаtto fors-tojik аdаbiyotining klаssiklаridаn biri Аbdurаhmon Jomiy yoshlik chog’idа Sаmаrqаndgа kelib, Qozizodа Rumiydаn bir nechа mаrtа аstronomiya fаnidаn sаboq olgаn. Mаdrаsаdа kаmidа 15-16 yil tаhsil ko’rib, 2uning dаsturi bo’yichа fаnlаrni to’lа o’zlаshtirgаn vа imtihonli sаboqlаrdа o’z bilimini nаmoyish qilа olgаn tolibi ilmlаrgа «sаnаd» - shаhodаtnomа yozib berilgаn. Mаnа shundаy shаhodаtnomаlаrdаn biri Ulug’bekning Sаmаrqаnddаgi mаdrаsаsidа qаriyb o’n olti yil tаhsil ko’rgаn bаlxlik SHаmsiddin Muhаmmаd nomigа hijriy 838 (1435)-yil rаjаb oyining o’rtаlаridа Qozizodа Rumiy imzosi bilаn yozib berilgаn edi.
Аllоmа o’z dаvlаtidа tа’lim sоhаsidа jiddiy islоhоtlаrni tаshkil etdi. U mаdrаsаlаrni dаvlаt tа’minоtigа o’tkаzdi, mudаrris (o’qituvchi)lаrgа оylik ish hаqi bеlgilаgаn, shоgird (tаlаbа)lаrgа stipеndiya аjrаtgаn.
Muhаmmаd Tаrаg’аy Ulug’bеk mаdrаsа o’quv rеjаsigа quyidаgi fаnlаr: аrаb tili, аdаbiyot, Qur’оn, Hаdis, ritоrikа, mаntiq, fаlsаfа, fikh (qоnunchilik), mеtаfizikа, mаtеmаtikа, аstrоnоmiya, tibbiyot, gеоgrаfiya, tаriх kаbi fаnlаrni kiritаdi
Mutаfаkkir tоmоnidаn bаrpо etilgаn hаmdа o’zi bеvоsitа tа’lim bеrgаn mаdrаsаlаrdа o’qish quyidаgi bоsqichlаrdаn ibоrаt bo’lgаn:
1. «Аndа» (kichik) – o’qish muddаti 2 yil.
2. «Аust» (o’rtа) – o’qish muddаti 3 yil.
3. «А’lо» (оliy) – o’qish muddаti 3 yil.
Bundаy yondаshuvdа, bugungi kun nuqtаi nаzаridаn аytgаndа, bаkаlаvriаt vа mаgistrаturа ko’zgа tаshlаnаdi. Аyni vаqtdа ulаr o’rtа аsr еvrоpа univеrsitеtlаri uchun hаm хоs bo’lgаn
2
Pedagogik odob
Odob deganda, rasm-taomil, xulq-odatlar majmui, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum taqozosi bilan turmush sharoitining alohida tarzi, an’analari negizida odamlar o‘rtasida paydo bo‘lgan muomala-munosabatlarning xususiyatlari tushuniladi.
Odob kishilarning amaliy xatti-harakatlari, muomala-munosabatlari ham deb qaraladi. Pedagog odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, vazifalari, tamoyillari, tushunchalari, talablari, mezonlarini ta’lim-tarbiya jarayonida oydinlashtirib, pedagogning ta’lim oluvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar, ta’lim muassasasi rahbarlari bilan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan kasbiy-axloqiy xususiyatlari yig‘indisidir.
Pedagog odobi eng avvalo, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Biroq bunday yondashuv bir qadar cheklangan nuqtai nazar ekanligini ta’kidlash joiz. Zero, tarbiyachining kasbiy axloqi faqat tarbiyalanuvchilar bilan muloqoti jarayonidagina namoyon bo‘lmaydi, balki uning butun faoliyati davomida birinchi darajali ehtiyoj sifatida ifodalanadi. Boshqacha aytganda, pedagog odobi tushunchasi tarbiyachi dunyoqarashining hayotiy tizimini anglatadi. Pedagog odobi tushunchasining mazmuni axloqiylik bilan birga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy jihatlarni ham o‘z ichiga qamrab oladi.
Axloqiy ta’lim-tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida pedagog odobi fazilatlarini shakllantirishda ikki yo‘nalishdagi aloqador tushunchalarni tahlil qilish maqsadga muvofiqdir: birinchisi–jamiyatning o‘qituvchi shaxsiga munosabati; ikkinchisi–o‘qituvchi shaxsining jamiyatga munosabati.
O‘qituvchi odobining mohiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muhim bo‘lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. Umuminsoniy va milliyaxloqiy fazilatlar barcha kishilar, hamma kasb egalari, jumladan, o‘qituvchitarbiyachilar uchun ham juda zarurdir.
O‘qituvchi umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlarni o‘zlashtirib olishi, tajribada qo‘llashi, o‘zining dunyoqarashi, mafkurasi vaa axloqiy tajribasi bilan taqqoslash lozim. Fikrlash va his etish, turmushda sinab ko‘rish natijasida umuminsoniy va milliy-axloqiy sifatlar, qoidalar, normalar o‘qituvchining o‘z axloqiy fazilatiga, e’tiqodiga aylanadi. Bular muallimning dunyoqarashi, fikr va mulohazalari bilan qo‘shilib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish sharoitida uning o‘rni va rolini belgilaydi.
O‘qituvchi odobining normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy fazilati va e’tiqodiga aylanishi lozim. Axloqiy e’tiqod va sifatlar o‘qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarida, tinglovchilar, ota-onalar va boshqa kishilar bilan muomala, munosabatlarida, kundalik turmushda o‘zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta’sir o‘tkazishida ko‘zga tashlanadi.
Pedagogik nazokat.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan ta’limga qaratilayotgan e’tibor barcha pedagog xodimlarning o‘z ustida ishlashi, tinmay izlanish olib borishi ta’lim sohasiga yosh mutaxassislarning kelib qo‘shilishiga imkoniyat yaratmoqda, bu esa o‘z navbatida ta’lim muassasasi pedagog xodimlar oldiga yanada yangi vazifalar qo‘yadi.


Ma’lumki, inson har doim o‘sish va rivojlanishdadir. Shunday ekan, inson kamolotiga ta’sir etuvchi omillarnig ilmiy-nazariy mohiyatini barcha pedagogik xodim jamoalari to‘g‘ri tushunishlari lozim. Har bir pedagog xodim, o‘z faoliyatini turli xil sharoitlarda va jamoalarda insonlar ta’sirida amalga oshiradi.
Tarbiyachining mahoratini to‘la amalga oshirish uchun, avvalo, pedagogik mahorat tushunchasining mohiyat-mazmunini bilish, uning barcha komponentlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lib, ularning birligi, izchilligini ta’minlash lozim. Chunki ularning birini o‘zgarishi, tabiiy holda ikkinchisining o‘zgarishiga olib keladi. Natijada pedagogik mahorat to‘laqonli mazmunga ega bo‘lmay, uni egallash qiyin bo‘lib qolishi mumkin.
3
Ekologik tarbiya
Jamiyatning iqtisodiy rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning tabiatga ta’sir etish darajasi ham shunchalik ko‘p bo‘lar ekan. Aholi sonining tez o‘sib borishi natijasida ekologik muammolar ham ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, yer, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta’minlash haqidagi muamolar butun dunyo (global) muammolariga aylanib bormoqda.
Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigienik, yuridik, estetik, pedagogik kabi yo‘nalishlari mavjud. Bu yo‘nalishlar ichidan pedagogik yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ekologik muammolar inson faoliyati natijasida kelib chiqadi.
Pedagogik yo‘nalishda ekologik ta’lim va tarbiya berish ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim deganda o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir.
Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi bo‘lib, maktabda barcha fanlarni o‘qitishda amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Ekologik tarbiyalash jarayonida yoshlarni yashab turgan tabiatimiz boyliklarini tejab-tergashga, uni muhofaza qilishga o‘rgata boriladi.
Ekologik tarbiyada o‘quvchilarni o‘z maktabini; yashaydigan muhitishahar va qishloq ko‘chalarini o‘kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega.

Ekologik savodxonlik va madaniyat, avvalo, oiladan boshlanadi. Ekologik dunyoqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog‘liqdir. Agar bu masala oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, uni maktablarda, keyingi ta’lim bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo‘ladi. ekologik ta’lim-tarbiyani asosan, bog‘cha va maktablarda amalga oshirish zarur. Bog‘cha bolalarida avval ekologik ta’lim tushunchalari shakllantiriladi. 1-5 sinflarda esa, asosan, tabiatshunoslik darslarida o‘qituvchilarga ekologik ta’lim-tarbiya beriladi . Bunda ekologiyadan ilmiy tushunchalar maktablarda o‘qitiladigan barcha fanlarda, ayniqsa, tabiatshunoslik, fizika, ekologiya, matematika, geografiya, tarix kabi fanlarni o‘qitishda umumlashtiriladi. Shu bilan birga fakul’tetiv mashg‘ulotlarda, darsdan tashqari to‘garak yig‘ilishlarida, ekskursiya davrida hamda o‘zlariniig kundalik faoliyatlari davomida muammolarni o‘rgana boradilar.


Ekologik Fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarga tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanishga oid beriladigan bilim, ko‘nikma, malakalarini shakllantirish o‘qitishda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga mos ravishda hamda tanlangan ekologlk materiallar mazmuni mavzu mazmuniga mos holda tanlab olinishiga e’tibor qilinadi. Maktabda o‘quvchilarga tabiatni muhofaza qilishga doir bilim tarbiyani geografiya darslarida har bir mavzuga bog‘lab berib borish mumkin
4
Madrasa — oliy oʻquv dargohi. Diniy ilmlar qatorida matematika, notiqlik sanʼati va mantiq, tilshunoslik, huquqshunoslik, falsafa, kalligrafiya, musiqa, tibbiyot, geografiya, astronomiya va boshqa ilmlar boʻyicha taʼlim beriladigan oʻquv binosi. Arab tilidan olingan, dars oʻtiladigan joy. Bu atama taʼlim berish uchun maxsus qurilgan oʻquv binolarini ifodalaydi.
Madrasalar musulmon olamida meʼmorlik inshooti sifatida X—XI asrlarda vujudga kelgan. Ilk madrasalar bir qavatli, oʻrtasi hovli va uning atrofi hujralardan iborat boʻlgan. Baʼzan gumbazli goʻrxona qurilib, madrasaga homiylik qilgan kishining sagʻanasi qoʻyilgan. XIV—XVI asrlardan boshlab hashamatli madrasa binolari qurish avj oldi. Ular 2—3 qavatli qurilib, odatda, katta va goʻzal peshtoqli, atrofi hujralar bilan oʻralgan hovlisi, darsxona, kutubxona va masjidi boʻlgan. Keyinroq, katta madrasalar yoniga minora qurish rasm boʻlgan. Kirish peshtoqining roʻparasida, peshayvon boʻlib, u yozgi darsxona vazifasini bajargan hamda hovliga salobat bergan. Baʼzan madrasalarda hujralarning hovli tomoni ravoqli ayvonlar bilan oʻralib, hovli oʻrtasida hovuz qilingan. Madrasalarning tashqi va ichki qismi har xil rangli koshinkori va ganchkori bezaklar bilan pardozlangan. Qurʼondan oyatlar va hadislar koʻchirib yozilgan. Masalan, Buxorodagi Ulugʻbek madrasasi eshiklariga „Bilim olmoq har bir musulmon erkak va ayolning burchidir“ degan hadisi-sharif bitilgan.
Madrasaga maktabxonani tugatganlar qabul qilingan. Talabalar yoshi 10 dan 40 yoshgacha boʻlgan. Ular madrasa yotoqxonalarida yashash huquqiga ega boʻlgan kunduzgi boʻlim va darslarga erkin qatnovchi sirtqi boʻlim talabalari toifalariga ajratilgan. Madrasa oʻquv dasturining umumiy jihatlari X—XII asrlarda ishlab chiqilgan va keyinchalik takomillashib borgan. Mashgʻulotlar, odatda, sentabrda boshlanib, may oyigacha davom etgan. Yoz oylari va ramazon oyida taʼtilga chiqilgan. Madrasada hafta kunlari tahsil (shanba, yakshanba, dushanba, seshanba) — mashgʻulot kunlari va taʼtil (chorshanba, payshanba, juma) — oʻtilganlarni takrorlash hamda dam olish kunlariga boʻlingan. Darslar quyosh chiqish payti (bomdod nomozidan keyinoq) boshlangan. Madrasada taʼlim 3 bosqichda: boshlangʻich (adno), oʻrta (avsat) va yuqori (aʼlo) guruhlarda olib borilgan. Adno bosqichi "Aqoid" kitobini oʻqishga oʻtguncha davom etgan, avsat bosqichi "Aqoid" kitobini oʻqishdan boshlanib, "Sharhi mulla" kitobini oʻrganguncha boʻlgan va undan keyingi murakkab qoʻllanmalarni oʻrganuvchilar aʼlo bosqichi talabalari hisoblangan. Madrasada oʻqish talabalar iqtidoriga qarab, 7—12 yil davom etgan. Markaziy Osiyodagi madrasalarda arab va fors tilida yozilgan kitoblar oʻqitilgan, ular talabalarga mudarris tomonidan turkiy tilda sharhlab berilgan. Madrasa oʻquv kursi, odatda, "Avvali ilm" deb nomlangan fors tilidagi oʻquv qoʻllanmasini oʻzlashtirish bilan boshlangan
5
Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”4
(Karimov I.A)
Bosh maqsadimiz hyotimzning asl mazmuni bщlgan yoshlarni har tomonlama barkamol, yuksak ma’naviyatli inson sifatida rivojlantirish ekan, yuksak ma’naviyatli inson deganda esa ham aqliy, ham axloqiy, ham jismoniy kamol topgan, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni anglab yetgan, mustahkam milliy g’urur va iftixor tuyg’ulariga ega ma’naviy jasorat egasi bo’lgan inson tushuniladi. Bunday fazilatli insonning kuch-qudrati manbaini – ma’naviyat tashkil etadi.
Ma’naviyat insonning hayot tajribasi, mehnati, bilimi, ahloq va odobi, avlodlar tajribasi asosida shakllanib boradi. Ma’naviyat insonning hayoti va faoliyatiga maqsad va yo’nalish beradi. Ma’naviyat insonning o’z xalqi tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqurroq bilish va tushunib yetishiga yordamlashadi. Inson ma’naviyatsiz yashay olmaydi. Ma’naviyat alohida bir inson uchungina emas, jamiki odamlar uchun ham, xalq, elat va millat uchun ham, jamiyat taraqqiyoti uchun ham o’ta zarur va muhimdir. Ma’naviyatsiz inson bo’lmaganidek, ma’naviy yetuk, ahloqan pok va mukammal insonlarsiz jamiyat va millat ham bo’lmaydi.
Inson ma’naviyati jamiyat, davlat va millat ma’naviyati bilan uzviy aloqadordir. Inson va jamiyat ma’naviyati mohiyat jihatidan yaqin bo’lib, bir-birini o’zaro boyitsa va to’ldirsa-da, lekin ular aynan teng emas. Inson ma’naviyati millat, davlat va jamiyat ma’naviyatining tarkibiy qismidir.
Axloq- kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, xatti-harakati, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o’zaro munosabati, shuningdek, jamiyatga bo’ladigan munosabatlarini tartibga solib turadigan barqaror, muayyan me’yor va qoidalar yig’indisi.
Tarbiya-o’qituvchi va ta’lim oluvchilar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida ta’lim oluvchilarning ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladigan va rivojlanadigan uzluksiz jarayon.
Bugungi kunda ham ta’lim-tarbiya sifatini takomillashtirish, har tomonlama ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalangan barkamol shaxslarni voyaga yetkazishda davlatimiz rahbariyati tomonidan ko’plab chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Yüklə 16,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin