1. Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]



Yüklə 27,51 Kb.
səhifə1/2
tarix24.11.2022
ölçüsü27,51 Kb.
#119865
  1   2
O‘RQ-130 17.12.2007




[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari;

2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 G‘aznachilik]

[TSZ:

1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]

O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
“BUDJET TIZIMI TO‘G‘RISIDA”GI HAMDA “DAVLAT BUDJETINING G‘AZNA IJROSI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNLARIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 26-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 30-noyabrda ma’qullangan
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-361-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari]

[TSZ:

1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi 158-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 12, 413, 418-moddalar; 2007-yil, № 4, 168-modda, № 9, 420-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning ikkinchi xatboshisi “moliya yilida” degan so‘zlardan keyin “respublika budjeti” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 5-moddaning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat budjeti xarajatlarini budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag‘lar doirasida va xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan maqsadlarda amalga oshirish”;
3) 32-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida moliya yili uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida tayinlash sertifikatini muayyan davrga va summaga rasmiylashtirish orqali, shuningdek budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan, ushbu Qonunga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomasi asosida:
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi yoki uning hududiy bo‘linmalari tomonidan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetidan yoki mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy bo‘linmalari tomonidan to‘lanadi.
Tayinlash sertifikatlarini tayyorlash, rasmiylashtirish, berish, ijro etish va hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va barcha darajadagi mahalliy budjetlarning yagona g‘azna hisobvarag‘idagi budjet mablag‘lari qoldiqlari tasdiqlangan miqdorda aylanma kassa mablag‘i me’yorini shakllantirishga yo‘naltiriladi.
Respublika budjeti budjet mablag‘lari qoldiqlarining aylanma kassa mablag‘i me’yorining tasdiqlangan miqdoridan ortiq qismi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sarflanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va barcha darajadagi mahalliy budjetlar budjet mablag‘lari qoldiqlarining aylanma kassa mablag‘i me’yorining tasdiqlangan miqdoridan ortiq qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining hamda tegishli hokimlarning qaroriga ko‘ra qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirishga yo‘naltirilishi mumkin.
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan budjet tashkiloti tomonidan tejab qolingan budjet mablag‘lari olib qo‘yilmaydi va ular Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi, kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar bundan mustasno. Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
4) 33-moddaning birinchi qismi:
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“boshlangan moliya yilidagi xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda avvalgi moliya yilining oxirgi choragidagi budjetdan ajratiladigan mablag‘larning uchdan bir qismidan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda, ularni boshlangan moliya yilida amalga oshirilishi rejalashtirilmagan xarajatlar summasiga aniqlashtirilgan holda, har oyda amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari har choraklik oyma-oy bo‘lingan muvaqqat xarajatlar smetasi va budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan, ushbu Qonunga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomasi asosida amalga oshiriladi”;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
5) 37-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat budjetining kassa ijrosini tashkil etish, shuningdek uning davlat daromadlari va xarajatlarini hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari Davlat budjetining kassa ijrosini ta’minlaydi. Banklar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining topshirig‘iga binoan Davlat budjetining kassa ijrosi operatsiyalarini bajaradi.
Budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlari ularning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida yoki uning hududiy bo‘linmalarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlaridagi budjetdan ajratilgan mablag‘lar qoldiqlari doirasida to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha amalga oshiriladi”;
6) 38-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“budjet mablag‘lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi) bilan tuzilgan shartnomasini, shuningdek buyurtmachining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kapital qurilish uchun tuzilgan shartnomasini ushbu Qonunga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazadi”;
to‘rtinchi—oltinchi xatboshilari tegishincha beshinchi—yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshisi kuyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tovar yetkazib beruvchining (ish bajaruvchining, xizmat ko‘rsatuvchining) bevosita hisobvarag‘iga budjet mablag‘larini oluvchilar nomidan to‘lovlarni amalga oshiradi”;
7) 39-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan muddatlarda tuzadi va ushbu hisobotni tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar moliya organlariga taqdim etadi”;
uchinchi—o‘n to‘rtinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi—o‘n beshinchi qismlar deb hisoblansin.
[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 G‘aznachilik]

[TSZ:

1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]


Yüklə 27,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin