1. qо‘llarning to`G`ri holati



Yüklə 108,46 Kb.
səhifə1/5
tarix03.01.2023
ölçüsü108,46 Kb.
#121950
  1   2   3   4   5
derejorlik2

1. QО‘LLARNING TO`G`RI HOLATI

Dirijorning qо‘llariga qо‘yiladigan asosiy talab — ularning tо‘la erkinligi, ya’ni tanaga bо‘ysunmasligi va mushaklarning bо‘sh qо‘yilishidir. Erkinlik dirijorga musiqani oson ifoda etish imkonini beradi. Qо‘llarni erkin tutmaslik esa orkestrga о‘z niyatlarini tо‘liq va aniq yetkazishga xalal beradi. Bunday qо‘llar egiluvchan va plastik bо‘lmaydi, ular musiqani ifoda etishga ojizlik qiladi. Ular hatto nigohni ham charchatib qо‘yadi, eng asosiysi — erkin bо‘lmagan qо‘llarning harakatlari tushunarsiz bо‘lib, bu orkestr ishiga yordam о‘rniga, xalal beradi. Odatda bunday qо‘llarning tirsaklari ikki tomonga kerilib, tepaga kо‘tarilgan bо‘ladi. О‘z qо‘l harakatlarining samarasiz ekanini sezgan bunday Dirijor qо‘llariga «yordam berish» uchun yana tanasi, boshini ishga solib, keraksiz harakatlarni kо‘paytiraveradi.
Sinxron (parallеl – qo‘llardagi bir xil harakat) ravishdagi harakatlar, dirijorning tеxnik imkoniyatlarini chеgaralanganligidan darak bеradi. Sinxron harakatlar qoida bo‘yicha, orkеsrning umumiy ijrosini baland nuqtalarini (tutti) va asarning avj ijrolarini ko‘rsatishda qo‘llaniladi. Qo‘llarning vazifalarini aniq bеlgilab olish va uni tajribada qo‘llash, avvalo, har bir dirijorning o‘z qobiliyati va asarning xaraktеridan kеlib chiqadi.
Musiqada bеrilgan biror aniq holatga ko‘ra, o‘ng va chap qo‘l harakatlari o‘z vazifalarini almashtirishi mumkin. Ya’ni, chap qo‘l aniq harkatlar bilan ansambl ijrosini ushlab tursa, o‘ng qo‘l ifodali harakatlar bilan ijrochilarni ruhlantiradi. Masalan: dirijorning chap tomonida o‘tirgan guruhlarda aniq ritmik ijro yoki biror yangi ohangning qo‘shilishi natijasida chap qo‘l o‘ng qo‘lning vazifasini bajarishga to‘g‘ri kеladi. Bu vaqtda o‘ng qo‘l o‘z ijro yo‘nalishini o‘zgartirib, chap qo‘lga yordam bеrgan holda, mustaqil harakatlarini davom ettiradi.
Xuddi shuningdek, kimtinib ishlaydigan dirijor о‘zi ijro etayotgan konsert yoki spektakl «yuki»ni kо‘tara olmaydi.
Shu bois о‘z faoliyatini endi boshlayotgan dirijorlar bilan takt mashqlarini о‘rganishni va qо‘llarni «erkinlashtirish» ishidan boshlaganlari ma’qul. Bugun qо‘llar — dirijor apparatining asosiy va eng muhim qismi ekanligini unutmaslik kerak. Qо‘llarning turli holatlari — harakatlari erkinlik, qulaylik, tabiiylik va muhimi ijroga tо‘g‘ri kelish kabi talablarga javob berishi kerak.
Ma’lumki, qо‘l kaft, bilak va yelkadan iborat. Dirijorlik qilishda qо‘lning eng harakatchan va ifodali qismi bо‘lgan kaft (kist) eng muhim rol о‘ynaydi. Kaft bilan organik ravishda bog‘langan bilak va yelka yordamchi qismlar bо‘lib, harakatda faqat kaftning holatlari uchun xizmat qiladi. Aksariyat hollarda qо‘l qismlari о‘z holatlarida shunchalik о‘zaro bog‘liqki, kaftning eng kichik harakati ham bilak va yelka mushaklari ishtirokini taqozo etadi. Masalan yengil staccato dan pianissimo ga о‘tish.
Dirijorlik qilishda kaftni pastga qaratib tutish — uning eng qulay holatidir. Bunda kaft bо‘shashgan ham qisilgan ham, ortiqcha kо‘tarilgan ham bо‘lmasdan hamisha oldinga yо‘naltirilgan bо‘lishi lozim. Barmoqlarni tabiiy ravishda biroz dumaloqroq shaklda bо‘lishi buning barobarida ularning erkin holati butun kaftning yetarli darajada erkinligidan dalolat beradi. Kaftning harakatchanligi, elastikligi va yetarli darajada erkinligi mushaklarning har qanday tez harakatga tayyor turishi bilan muvofiq bо‘lmog‘i kerak. Kaftning bu jihati dirijorga qо‘l harakati orqali ijroning eng nozik tomonlarini ifoda etish imkonini beradi. Aynan kaft harakatlari dirijor qо‘l harakatlariga asosiy dinamik, emotsional kо‘rinish beradi.
Kaft erkinligini о‘rganishning dastlabki davridanoq alohida nazorat qilib turish kerak. Shunga tayanib, avval boshidanoq, darhol tayoqcha bilan dirijorlik qilishga о‘tish maslahat berilmaydi, chunki bu kaft mushaklarining zо‘riqishiga sabab bо‘lishi mumkin.
Dirijorlik qilish paytida qо‘l holati о‘zgarishsiz qolmaydi. Ularning joylashuv balandligi, chо‘zilish darajasi doimo о‘zgarib turadi. Bu kо‘p sabablarga bog‘liq. Jumladan, orkestr jarangdorligi dinamikasiga, u yoki bu epizod fakturasiga, muayyan cholg‘u yoki guruhlarning ijroga kirishishini kо‘rsatishga, asar janriga, uslubiga, masshtabiga, qolaversa, orkestr tarkibining kattaligiga, xor, yakkaxonlar soniga, shu bilan birga orkestr yamasi teatrlarda (orkestr joylashadigan chuqurlik) yoki estrada sahnasida dirijorlik qilinishiga bog‘liq bо‘lishi mumkin. Bularning barchasi dirijor qо‘llari holatida aks etadi.
О‘qitish jarayoni avvalida talabalar dastlab rioya qilishi mumkin bо‘lgan о‘rtacha qо‘l holatini belgilash tavsiya etiladi. Tabiiylik, qulaylik maqsadida qо‘lning erkinligini ta’minlash va orkestrga kо‘rinarli bо‘lishi uchun qо‘llarni kо‘krakdan sal pastroq holatda tutgan ma’qul. Agar qо‘l undan yuqoriroq bо‘lsa — yelka mushaklari zо‘riqadi, aksincha pastroq bо‘lganida esa orkestrga kо‘rinmaydi. О‘rganuvchilar avval butun dirijorlik apparatini tо‘g‘ri «о‘rnatish»ni bilishlari lozim. Shundan keyingina dirijorlik texnikasini egallashga о‘tish mumkin. dirijorlik apparatini «о‘rnatish» qо‘l, yelka, bо‘yin, bosh mushaklarini bо‘shashtirish, erkin tutishdan boshlanadi. dirijorlikni о‘rgatuvchi pedagogning vazifasi avvalo har bir talaba uchun tana, bosh, qо‘l va oyoqlarning eng qulay va tabiiy holatini topishdan iborat. Bu bilan talabani qaddi qomatini tо‘g‘ri tutish, asosiy dirijorlik holatini aniqlashga о‘rgatish kerak. Shuni unutmaslik kerakki, qaddi qomatni tо‘g‘ri tutish nafaqat estetik nuqtai nazardan muhim, balki amaliyot uchun ham zarur. Ma’lumki harakatlarni о‘zlashtirish qobiliyati hammada turlicha kechadi. Ba’zilarda osongina uddalansa, boshqalarda jiddiy qunt va sabotni talab qiladi.
Die Rechte ist Jhe artisan" (der Handwerker), die Linke aber ist Jhe artist" (der Künstler). Dieser englische Spruch erklärt unübertrefflich Funktion und Aufgaben der beiden Hände. Mit der rechten Hand gibt der Dirigent die Schlagfiguren an und zeigt zudem die notwendigen Tempo-, Start- und Stopp-Zeichen sowie Dynamik, Phrasierung, Artikulation und agogische Feinheiten.
Dies geschieht in der Regel auch dann mit rechts, wenn der Dirigent Linkshänder ist. Ausnahmen sind möglich, aber selten. Die Umstel­lung bei wechselnden Dirigenten ist für das Orchester einfach zu gewoh­nungsberuftig.
Die linke Hand leistet der Rechten einerseits Hilfestellung: Sie verdeutlicht und unterstreicht dynamische Nuancen, kann Musiker auf Einsätze vorberei­ten usw.
Zudem ist sie die Ausdruckshand, die zusammen mit der gesamten Körpersprache des Dirigenten den gewünschten Ausdruck zeigt: Ist das Andante lyrisch oder majestätisch, das Allegro tänzerisch oder leidenschaft­lich bewegt?

Dirijorning о‘ng qо‘li hunarmand (mehnatkash ma’nosida), biroq chap qо‘li san’atkor. Ushbu ingliz maqoli har ikki qо‘lning tub vazifalari tо‘g‘risida ma’lumot beradi. Dirijor о‘ng qо‘li bilan takt о‘lchovini, ritmni, shuningdek zarur ijro sur’ati (temp), ijroni boshlash va tugatish, frazalarni tо‘g‘ri talqin etish, artikulyatsiya (shtrix) va agogik nozikliklarni ifodalaydi.


Bunday holat ham kuzatilishi mumkin, agar dirijor chapaqay bо‘lsa. Istisno tariqasida dirijorning chapaqay bо‘lishiga ba’zan yо‘l qо‘yilishi mumkin. Bu holat orkestr ijrochilariga ma’lum bо‘lsa, orkestr bunday dirijorlarga moslashishi oson kechadi.
Odatda, chap qо‘l о‘ng qо‘l yordamida quyidagi vazifalarni bajaradi: u dinamik tuslar (nyuanslar)ni aniqlashtiradi va musiqachilar tegishli jarayonga tayyor bо‘lishi uchun bо‘rttiribroq kо‘rsatadi.
Bundan tashqari, bu qо‘l Dirijorning butun gavda harakatlari bilan birga tegishli Andante lirik yoki ulug‘vor, yoki Allegro raqsona yoki chaqqonroq ijro etilishi zarurligini ifodalab beradi1.
Dirijorning besunaqay, notabiiy, yoki qо‘pol harakatlari ijrochilarda zо‘riqish va noqulaylik xislarini tо‘g‘dirishi mumkin. Muayyan estetik normalarni ham mudom yodda tutish darkorki, Dirijorni butun ijrochilar guruhi avvalo kо‘rish orqali qabul qiladilar.



  1. Yüklə 108,46 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə