1. "Qur’oni Karim" va Hadisi sharifda oila masalalariga qanday qaralgan ?



Yüklə 19,53 Kb.
səhifə1/3
tarix28.03.2022
ölçüsü19,53 Kb.
#115020
  1   2   3
1. Qur’oni Karim va Hadisi sharifda oila masalalariga qanday q
she'riy san'atlar, Pedogogik takt (4), Termiz davlat universiteti, Pedagogik qobiliyat, qobiliyatning pedagogik-psixologi (1) (1), mustaqil talim mavzulari, Шартнома амалиёт, Оплата в бюджет 06-03-2022 (1), fayl 773 20210505, 1pWoPs1PnvavGlH7HokTp44nNsEo7C0Vdl570N5Y

1.    “Qur’oni Karim” va Hadisi sharifda oila masalalariga qanday qaralgan ?

2.    Sharq mutafakkirlarining ma’naviy merosida bola tarbiyasiga qanday o’rin berilgan ?

3.    Oilada farzandlar tarbiyasini tashkil etishda qanday usullardan foydalanilgan ?

4. Mutafakkirlarning ma’naviy merosida oila masalasiga qanday e’tibor berilgan

1.Muqaddas dinimiz Islomda barchaga birdek xitob qilinib, erkak va ayollarga tenglik ila muomala qilingan. Haq-huquqlarda birini boshqasidan ustun qo‘yilmagan. Shuningek, islom shariati umumiy shaklda aniq maqsadga erishishni ko‘zlagan bo‘lib, u “himoya” deb ataladi. Himoya esa turli jabhalarda, turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Xususan, ayollarning sha’ni, ularga taalluqli bo‘lgan barcha narsa islom dini asosida himoya etiladi. Shu sababdan ham Qur’oni karim va sunnati nabaviyda ayollarga oid haq-huquqlar, nozik va daqiq ta’riflar alohida e’tibor bilan keltiriladi, adolat,  latofat va mehr ila bayon qilinadi. Shularni e’tiborga olgan holda, ayolning qiz, rafiqa va ona sifatida umr kechirishi va uning umr bosqichlarida ehtiromi va himoyasini ko‘zda tutgan oyat va hadislarni etiboringizga havola etamiz. 

Islom dini ayollarning sha’nini ko‘tarib, ularning turmush tarzini go‘zallashtirgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ayollarga o‘z erlariga itoat qilishni, erkaklarga esa jufti halollariga mehribonlik qilishni buyurganlar. Qizlarni majburlab erga berish, ularning mollarini yeyishni man qilganlar. Chunki johiliyat davrida ayollar meros ololmas, agar biror kishiga qiz farzand ko‘rganining xabari berilsa, g‘azablanganidan yuzlari qorayib, bo‘zarib ketar edi

Qur’oni karimda “Niso” (Ayollar) nomi bilan alohida sura nozil qilingan bo‘lib, unda meros va ayollarga muomala qilish hukmlari bayon etilgani dinimizda ularning ehtirom qilinganini ko‘rsatib beradi.

Alloh taolo ushbu oyati karimada soliha ayolning sifatlarini bayon qilib, ortidan itoatsizlik sodir etgan ayolga rahm-shavqat bilan, bosqichma-bosqich qilinishi kerak bo‘lgan muomala uslubi haqida ta’lim bermoqda. Bu uslub – avval chiroyli pand-nasihat, so‘ngra shunda ham itoat qilmasa, o‘rinlarini alohida qilish, bu ham kor qilmasa, qattiqroq chora – ozor bermaydigan darajada ta’zir berishga izn berilishidir. Ushbu ta’lim mehribon va rahmli bo‘lgan Alloh taolo tomonidan ayollarga bo‘lgan izzat-ikrom namunasi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Ayollarga bo‘lgan ikromning namunalaridan yana biri shuki, ushbu surada ayollar va erkaklar lafzlarining teng miqdorda keltirilganidir. 

2. Farobiy bilimidan ma’rifatli yetuk odamning obrazini tasvirlar ekan, bunday deydi: «Har kimki ilm xikmatni o’rganmagan desa, uni yoshligidan boshlasin, sog’ – salomatligi yaxshi bo’lsin, yaxshi ahloq va odobi bo’lsin, so’zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlangan bo’lsin, barcha qonun – qoidalarni bilsin, bilimdan va notiq bo’lsin, ilmli va dono kishilarni xurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol – dunyosini ayamasin, barcha real moddiy narsalar to’g’risida bilimga ega bo’lsin».

Bu fikrlardan Farobiyning ta’lim – tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy – axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi.




Yüklə 19,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə