1. Quyidagi qaysi javobda yunon xudolarining xususiyatlari to’g’ri va to’liq tavsiflangan ?



Yüklə 0,61 Mb.
tarix18.05.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#127144
Asosiy 7-may


Tarix
1.Quyidagi qaysi javobda yunon xudolarining xususiyatlari to’g’ri va to’liq tavsiflangan ?
1. Odamlarga o’xshaydi; 2. Qizg’anchiq va shafqatsiz; 3. Kunni bazm-jamshid va ermakbozlikda o’tkazadi; 4. Birbiri bilan tortishadi; 5. Qattiqqo’l va qasoskor; 6. Xohishirodasiga qarshi borganlarni shafqatsiz jazolaydi; 7. Olimp tog’ida yashashadi.
A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 4, 6, 7 C) 4, 5, 6, 7 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
2. Olloqulixon xonligi davrida me’morchilikning qaysi sohasi yuksak choqqiga chiqadi ?
A) Koshinkorlik B) O’ymakorlik C) Parchin D) Pardoz
3.Bolsheviklar totalitar tuzumining muhim belgisi nimadan iborat edi ?
A) partiya va davlat tashkilotlarining birikib ketishi B) joylarda mahalliy hokimiyatlarning tarqatib yuborilishi
C) hokimiyatning partiyaviy rahbarlik asosida shakllanishi D) fuqarolar urushi orqali hokimiyatning egallanishi
4.Qaysi davrga kelib Gʻarbiy turk xoqonligining chegaralari sharqda Oltoy, janubda esa Sind daryosi boʻylariga borib taqaladi ? A) VI asr oxiri B) VII asr I choragi C) VII asr oʻrtalari D) VII asr oxiri
5. Suriya prezidenti Hafiz Asad davrida qanday ishlar amalga oshirildi ?
1. sanoat va qishloq xo‘jaligi rivojlandi, 2. aholi soni ko‘payib, yashash darajasi yaxshilandi. 3. iqtisodda turg‘unlik boshlandi, 4. neft va gaz zaxiralari ishga tushirildi, 5. 4 mln.dan ortiq kishi Suriyani tark etdi , 6.muxolifatdagi sunniylar g’alaba qozondi
A) 1,2,5,6 B) 2,3,5,6 C) 1,2,3,4 D) 4,1,2,3
6. XIX asr oxiri-XX asr boshlaridagi Fransiya siyosiy ahvoli haqidagi quyidagi fikrlarning qaysi biri noto’g’ri ?
A) Ichki siyosiy hayotning o’ziga xos bir xususiyati – bu ko’ppartiyaviylikning qaror topganligi bo’ldi
B) Siyosiy reaksiya ”Dreyfus ishi”dan demokratiyaga qarshi kurashda foydalandi
C) Alfred Dreyfus 1906-yilda to’la oqlandi
D) 1876-yilgi Senatga bo;lgan saylovlarda monarxiya tarafdorlarining qo’li baland keldi.
7. 1991-yil 18-noyabrda qaysi qonunlar qabul qilindi ?
A) «O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»
B) «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi
C) «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar saylov
huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi
D) «O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
to‘g‘risida»gi.
8.Quyidagi qaysi mamlakatda o’rta asrlarda yirik yer egalari ma’lum toifalarga bo’lingan ?
A) Xitoy B) Yaponiya C) Arab xalifaligi D) Usmonlilar davlati
9. Niyozbek qal’asi qayerda joylashgan ?
A) Talas daryosining chap sohilida B) Chirchiq daryosining chap sohilida
C) Norin daryosining o’ng sohilida D) Murg’ob daryosining chap sohilida
10.Quyidagi qaysi atama otliq qo’shinni ifodalash uchun ishlatiladi ?
A) artilleriya B) kavaleriya C) diviziya D) konslager
11. O‘zbekistonni tadrijiy taraqqiyot yo‘liga qaytishiga imkoniyat yaratgan narsa nima ?
A) mustaqillikka erishishi B) xususiylashtirishning tadbiq etilishi
C) tadbirkorlikni rivojlantirilishi D) islohatlarning amalga oshirilishi
12. Angliyada kоnsеrvatоrlar partiyasining asоsiy tayanchi …
A) O`rta sinf vakillari edi B) Qirоl hоkimiyati edi
C) Zamindоrlar va anglikan chеrkоvi edi D) Burjuaziya va ishchilar sinfi edi
13.SSSRda amalga oshirilgan “madaniy inqilob” tadbirlari quyidagi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan ?
1. Savodsizlikni tugatish; 2. Yangi tipdagi sovet maktablari tizimini yaratish; 3. Bolsheviklar nazorati ostida fan, adabiyot va san’atni rivojlantirish; 4. Markscha-lenincha mafkura asosida xalqning turmush madaniyatini oshirish.
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 4
14.Qaysi jangda yunonlar forslarga qaraganda kamsonli boʻlgani uchun fors suvoriylari yetib borolmaydigan qoyatoshlarga oʻrnashib olganlar A) Plateya jangi B) Fermopil jangi C) Salamin jangi D) Marafon jangi
15.Rasmda berilgan tarixiy shaxs haqida bildirilgan to’g’ri ma’lumotni belgilang ?

A) Tan sulolasini asoschisi


B) Xuanxe va Yansze daryolari oralig’idagi hududlarni savdo-sotiq munosabatlariga tortish maqsadida –Buyuk kanal quriladi
C) Min imperiyasiga asos solgan D) Qirol mamlakatning donishmand va iqtidorli hukmdori bo’lgan
16. Qaysi voqeadan keyin Rossiya imperiyasi istilochilik yurishlarining II-bosqichi yakunlandi
A) Amir Muzaffar , Kaufmanning Turkiston generalgubernatorligi yangi chegaralar haqidagi taklifini qabul
qilishi bilan B) Urgut bosib olinishi bilan
C) Kattaqo’rg’on bosib olinishi bilan D) Jo’rabek va Bobobeklarning chekinishi bilan
17.2016 — 2017-yillari bir qator terrorchilik harakatlari amalga oshirilib, oqibatda o’nlab kishilar halok bo’ldi, yuzlab kishilar jabrlandi, mamlakatdagi beqaror ahvolning sababi sifatida mintaqada AQSH olib borayotgan siyosatni ko’rsatdi va AQSH hukumatini o‘z xatolarini tan olishga chaqirdi.Ushbu so’z kim tomonidan aytilgan.
A)Abdulla Abdulla B) Mulla Umar C) Habibiy D) Homid Karzay
18.Movarounnahr va Farg’onani o’ziga bo’ysundirib, mustaqil siyosat yurita boshlagan qoraxoniylar hukmdori kim edi ? A) Nasr Eloqxon B) Horun Bugʻroxon C) Ibrohim Boʻritegin D) Mahmud Eloqxon
19. Sud ishi bo‘yicha shikoyatlar Xiva shahridagi 2 nafar Oliy qozilar tomonidan o‘rganib chiqilgan. Ular kimlar ?
A) Qozi askar va qozi o’rda B) Qozi kalon va qozi o’rda C) Qozi o’rda va qozi D) Muhtasib va qozi kalon
20. Noto’g ’ri hukmni aniqlang.
A) Germaniya natsional-sotsialistik ishchi partiyasining Italiyada paydo bo’lgan fashizmga to’g ’ridan to’gʼri aloqasi bor
B) Rur inqirozidan so‘ng «Daues rejasi»ga reparatsiya va Yevropa qarzlari muammosini hal qilishning yechimi sifatida qaralayotgan edi.
C) Fashizm so‘zi gitlerchilarga nisbatan faqat odat yuzasidan qo‘llaniladi. U dunyodagi deyarli barcha xalqlar tillariga kirgan.
D) Germaniyada italyan tipidagi natsizm emas, fashizm shakllandi.
21. Prezidentning nechanchi yildagi «Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq yuridik institut universitet maqomida qayta tashkil etildi.
A) 2010-yil B) 2009-yil C) 2014-yil D) 2013-yil
22.Quyidagi jadvalda harflar bilan belgilangan kataklar o’rniga mos keluvchi ma’lumotlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.

Asr

O’zbekiston tarixidagi voqea

Jahon tarixidagi voqea

A

Mo’yi Muborak madrasasining qurilishi yakunlangan

Ssuda kapitali,asosan Venadagi yirik banklarda to’plandi

X asr

B

Xitoyda suvni nisbatan baland joylarga chiqaruvchi
moslamalardan keng foydalana boshlandi

XVII asr

Samarqand Registon ansamblining hozirgi qiyofasi shakllandi

C

Ma’lumot: 1) XIX asr; 2) XX asr; 3) Qarluqlar Movarounnahrning shimoliy hududlarni egallagach ,Shosh atrofi va Farg’ona hamda Zarafshon vodiylarga kelib o’rnashganlar 4) Buxoroda Faqihlar madrasasi qurildi; 5) Kontrreformatsiya jarayonida G’arbiy Yevropa katolik va protestant qismlarga bo’linib ketdi; 6) Avstriya va Brandenburg knyazliklarning Germaniyada gegemonlik uchun kurashi ostida o’tdi.


A) a-1; b-4; c-5 B) a-2; b-3; c-6 C) a-1; b-3; c-5 D) a-2; b-4; c-6
23. “Majburiyatlar akti” ga ko`ra…….
1. Xiva xonining Rossiya bilan tinchlik , mustahkam do`stlik munosabatda bo`lishi e`lon qilindi
2. Xiva xoniga Xivaning Rossiya nisbatan dushmanlik harakatlari sodir etmaslik majburiyati yuklandi
3. Xiva xoniga savdo karvonalrining talanishiga yo`l qo`ymaslik majburiyati yuklandi
4. Xiva xoniga Rossiya fuqarolarining shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta`minlsh majburiyati yukandi
A) 1,2,3,4 B) 1,3,4 C) 2,3,4 D) 1,3,4
24.XIX asrda Eron.....................edi.
A) mutlaq monarxiya B) konsitutsiyaviy monarxiya C) parlament respublika D) prezidentlik respublika
25.Oltin O’rdada moʻgʻullar tomonidan aholini roʻyxatga olish tadbiri oʻtkazilgan sanani belgilang ?
A) XIII asr boshlari B) XIII asr o’rtalari C) XIII asr oxiri D) XIV asr boshlari
26. Qachon AQSH boshchiligidagi xalqaro kuchlar Iroq harbiy obyektlarini bombardimon qildi ?
A)1960-1970-y.y. B) 1965-2000-y.y. C) 1970-2000-y.y. D) 1999-2000-y.y.
27.Nechanchi yilda O’zbekistonda “Alpomish” dostonini o’qish taqiqlangan ?
A) 1950-yil B) 1952-yil C) 1955-yil D) 1959-yil
28. Urush yillarida gitlerchilarga qarshi kaolitsiya davlatlarning o’zoro munosabatlariga oid asosiy masalalar
SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya liderlarining uchrashuvida haql qilindi urush davomida shunday uchrashuvlar uchta bo’lib o’tdi bular qayerda va qachon bo’lgan edi ?
A) Berlinda (1943) , Qirim (1945) ,Potsdamda (1944)
B) Tehronda (1943) , Qirim (Yalta)da (1945-yil fevral ),Potsdamda (1945-yil iyul –avgust)
C) Tehronda (1944), Qirim ( 1945 –yil Yanvar ) , Moskvada (1944)
D) Tehronda (1943) ,Qirim (1945) ,Moskva ( 1944-yil fevral)
29.Quyidagi xaritada nechanchi raqam bilan berilgan davlat hududidan yunon alifbosidagi kushon bitiklari topilgan
Surxko’tal yodgorligi joylashgan ?

A) 2 B) 1 C) 3 D) 4
30. Rus qo’shinlarining Xivaga qarshi I-hujumiga kim boshchilik qildi ?
A) Kaufman B) Veryovkin C) Chernyayev D) Abramov


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin