1-seminar Boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni 10, 100, 1000 ichida raqamlashga o‘rgatishda ko‘rgazmalilikdan va didaktik o‘yinlardan foydalanish



Yüklə 23,31 Kb.
tarix27.03.2023
ölçüsü23,31 Kb.
#124400
MoM 1-seminar


1-seminar
Boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni 10, 100, 1000 ichida raqamlashga o‘rgatishda ko‘rgazmalilikdan va didaktik o‘yinlardan foydalanish
Reja:
1. Boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni o‘qitish metodikasi
2. 10, 100, 1000 ichida raqamlashga o‘rgatishda ko‘rgazmalilikdan foydalanish
3. Didaktik materiallaridan foydalanish

Raqamlash metodikasi natural sonlar va nol haqidagi ma’lumotlarni o‘nlik, yuzlik, minglik, ko‘p xonali sonlar konsentrlari bo‘yicha kiritishni nazarda tutadi. Matematika dasturi o‘z ichiga avvalo natural sonlar bilan to‘rt arifmetik amal bajarishni oladi. Bu matematikaning yadrosini tashkil qiladi. Shu bilan birga algebra va geometriyaning asosiy tushunchalari, asosiy miqdorlar kiritilgan, ular arifmetik amallar bilan zaruriy o‘rinda qo‘shib o‘qitiladi.


N0 ni raqamlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlang‘ich matematika kursi asosini tashkil qiladi. Unga ko‘ra algebra va geometriya elementlari o‘qitiladi. Dasturda natural sonlar va nol haqidagi ma’lumotlarni asta-sekin o‘nlik, yuzlik, minglik va ko‘p xonali sonlar konsentrlari (takroriy) kiritish nazarda tutiladi. Bu o‘nlik sanoq tizimining xususiyalari bilan, og‘izaki va yozma raqamlashni takror-takror qo‘llash orqali beriladi.
l-o‘nlikni raqamlashda 1-10 sonlarini sanash, raqamlarni aytish, ketma-ketligini, katta-kichikligini o‘zlashtirish nazarda tutiladi. 1- 120 o‘nlik bilan nol soni ham birga o‘rgatiladi. Uni bo‘sh to‘plamning xarkteristikasi sifatida berilgan. Raqamlash davomida 11-20, keyin 21-100 ichida sonlarni raqamlash qaraladi.
1-,2-, .... o‘nliklarni hosil qilish, birgalikda o‘nliklarni, ya‘ni o‘nli sanoq tizimining mohiyati tushuntiriladi. Keyingi sinflarda l00 ichida, 1000 ichida va ko‘р xonali sonlar og‘izaki va yozma raqamlash, arifmetik amallar bajarish, komponentlarning nomlarini o‘rgatishlar amalga oshiriladi.


Topshiriq:

  1. Nomanfiy butun sonlarni raqamlashga o‘rgatishda ko‘rgazmalilik va didaktik o‘yinlardan foydalanib prezentatsiya yaratish.

  2. “100 va 1000 ichida raqamlashga o‘rgatishˮ mavzusiga bir soatlik dars rejasini tuzish



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Axmedov M. va boshqalar.Matematika 4-sinf uchun darslik.

Mánaviyat-márifat-Toshkent 2003 yil.14.b.t

  1. Jumaev M.E Matematika óqitish metodikasidan praktikum.

OTM uchun darslik-Toshkent.,”Óqituvchi”, 2004 yil.20 b.t
3.Jumaev M.E. Boshlanǵich sinflarda matematika oqitish metodikası.Oliy óquv yurtlari uchun darslik –Toshkent., “Fan va texnologıya”,2005 yil. 20 b.t
4. Jumaev M.E. Boshlanǵich sinflarda matematika oqitish metodikasıdan laboratorıya mashǵulotlari. OTM uchun darslik-Toshkent “Yangi asr avlodi ”, 2006 yil.20 b.t
5.Jumaev M.E. va boshqalar.Matematika.OTM ning Pedagogika psixologıya fakulteti talabalari uchun dárslik-Toshkent., “Moliya Iqtisod”,2008 yil. 28 b.t.

Yüklə 23,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin