1. Uyga vazifa



Yüklə 158,62 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.03.2022
ölçüsü158,62 Kb.
#114958
Topshiriq



1.Uyga  vazifa:  Gazetadan  olingan  quyidagi  gaplarni  ko‘chiring.  So‘zlarning  juft  va 

takroriy shakllarini toping, chiziqcha bilan yozilishi sababini ayting. 

  

1.  Yigitning  ukasi  kelib,  qo‘yarda-qo‘ymay  kasalxonaga  borib  kelishimni  iltimos  qildi.            



2.  Azizlar!  Bir  kuni  kelib  afsus-nadomatning  zaharli  sharobini  ichmaslik  uchun  qo‘lning  kiri 

bo‘lgan mol-mulkni odamdan, insoniy qadr-qiymatdan yuqori qo‘ymaylik. 3. Yakshanba kuni 

birin-ketin,  o‘g‘il-qiz,  nevara-kelinlar  yig‘ila  boshlashdi.  4.  Yaqinda  tumanimizdagi  54  ta 

bolalar bog‘chalarida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi. 5. Yig‘ilishda hayotiy tajribasi va obro‘-e’tibori 

bilan yurtimizda tanilgan keksalar ishtirok etdilar. 6. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov 

majlisda  so‘zlagan  nutqlarida  yigit-qizlarning  oldiga  jamiyatda  munosib  o‘rin  egallash,  o‘z 

aql-zakovati,  kuch-qudratini  to‘la  namoyon  etishdek  mas’uliyatli  vazifani  qo‘ydi.  7.  Тo‘qqiz 

yil  oldin bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalar negadir tez-tez esimga tushadi. 8. Gazetamizda  «Ota-

onamdan olgan saboqlarim», deb nomlangan pand-nasihat tarzidagi rukn ochilsa. 

 («Oila va jamiyat» gazetasidan) 

 

2.Uyga vazifa: 



Berilgan xalq hikmatlarini o‘qing. Yosh olim Najmiddining har bir 

javoblarini izohlab bering.Chiziqcha va tirening farqini ayting. 

 

YOSH DONISHMAND 

O‘zga  mamlakatlardagi  ne-ne  madrasalarda  ta’lim  olib,  vataniga  qaytgan 

Najmiddinni  podshoh  boshliq  saroy  ahli  mudarrislikka  tayinlashdan  oldin  sinovdan 

o‘tkazishdi: 

— Ayting-chi, ey o‘qimishli zot, dunyoda eng jasur inson kim? 

— Farzandi himoyasiga bel bog‘lagan ayol, — javob berdi yosh olim.  

— Dunyoda eng sertashvish odam kim?  

— Farzandi kelajagi uchun kuyib-pishadigan ona! 

 — Olamda eng go‘zal mavjudotni aytib bera olasizmi? 

 — Bolasini erkalatayotgan ayoldan go‘zalroq mavjudot yo‘q.  

— Eng hayotbaxsh qudrat egasi kim?  

— Avval Olloh, so‘ng ayol... 

Shoh maxsus farmon bilan Najmiddinni bosh vazir etib tayinladi. 



 

 

Yüklə 158,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin