10-maruza. Mahsulot sifatini boshqarish tizimlari



Yüklə 40,19 Kb.
tarix08.10.2023
ölçüsü40,19 Kb.
#129815
10-maruza

10-maruza.

Mahsulot sifatini boshqarish tizimlari.


Reja:

  1. Mahsulot sifatini boshqarish bo’iicha asosiy tushunchalar

  2. Sifatni boshqarish nazariyasi



Tayanch so’z va iboralar: mahsulot, mahsulot sifati, mashinsozlik mahsuloti, sifatni ta’minlash, sifat tannarxi, raqobatdoshlik, menejment, segment.

Maxsulot ishlab chiqarilgandan so’ng sifatni boshqarish to’Hrisida gap bo’lishi mumkin emas, sifat ta’minlash ishlab chiqarish jarayonidir– bu zamonaviy sifatni boshqaruvining asosida quyidagi tushunchasidir. Shu bilan birga, ishlab chikarishning tayyorlashda, sifatni ta’minlashga karatilgan chora-tadbirlar qabul etish va o’tkazish xam o’ta muximdir.


Maxsulot sifatiga juda ko’p tasodifiy, maxalliy va subyektiv omillar ta’sir etadi. Ush bu omillarning ta’sirini oldini olish uchun xam sifatni boshqarish tizimi kerak – bir qator tasodifiy, yakka xolda vaqti-vaqti qabul kilinadigan chora-tadbirlar emas, balki maxsulot yaratish jarayoniga uning yuqori sifatini ta’minlash maksadida doimiy ta’sir etuvchi chora-tadbirlar majmuasi kerak.
«Boshqarish» iborasini maxsulot sifatiga oid qo’llaganda, maxsulot sifatini doimiy nazorat kilish, uni belgilovchi shartlar va omillarga maqsadga muvofiq ta’sir etish yo’llari bilan maxsulot sifatini loyixalashtirish, ishlab chiqarish va foydalanishda uning zarur darajada o’rnatilishini, ta’minlashini va saqlanishini tushunmoq lozim (2-i chizma).
Maxsulot sifatini boshkarish – bu optimal sifatli maxsulotni yaratish va uni to’la-to’qis foydalanishini ta’minlovchi omillar va sharoitlartga doimiy, rejalashtirilgan va aniq maqsadli ta’sir etish jarayonidir.
Sifatni boshkarishning asosiy tushunchalari va atamalari bu – tizim, atrof-muxit, maqsad, dastur va boshkalardir.
Tizimlar boshqaruvchi va boshqariladigan bo’lishi mumkin. Boshqariladigan tizim bu- tashkilotlarning boshqaruvining xar-xil darajasidir.
Boshqaruv tizimi sifat menejmentini yaratadi va ta’minlaydi.
Korxonalarda maxsulot sifatini boshkarish operasiyalari injener-texnik, tashkiliy –texnolog, nazorat, transport, ombor va boshka jarayonlarning o’zaro boHliqligi majmuasini tashkil etuvchi tartib doirasida olib boriladi.
Maxsulot sifatini boshqarish jarayoni quyidagi operasiyalardan iboratdir:
maxsulot sifati darajasini belgilash, maxsulot sifatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar hamda ishlab chikarish jarayoni xolati to’Hrisidagi axborotlarni yigish va ularni o’rganish; maxsulot sifatini boshqarish to’Hrisida qaror qabul qilish va obyektga ta’sir ko’rsatishga tayyorlanish, boshqaruv buyruqlarini berish, boshqarish natijasida maxsulot sifatining o’zgarish xaqidagi axborotlarni yiHish va taxlil qilish.
Sifatni ta’minlash yo’lida birinchi qadam bo’lib, maqsadlarni aniqlash hisoblanadi. Bu strategik qadam o’z ichiga extiyojlarni aniqlash va bu extiyojlarni qondirishga mo’ljallangan maxsulot parametrlarini ishlab chiqishni oladi. Bunda sifat standartlarini yozma shaklda ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Korxonalarda sifat uchun javobgarlik odatda sifat nazorati bo’limi deb ataluvchi alohida bo’limga yuklatilgan bo’lib, bu yondoshish qisman nazoratning mustaqilligi prinsipiga asoslanadi, ya’ni sifatni baholash vakolatlari ishlab chikarish bilan boqliq bo’lmagan bo’linmada mujassamlashgan.
Xozirgi kunda ilqor tajribalar bu masalaga yangicha yondoshishini majbur etmoqda. Masalan, Yaponiyada sifatni ta’minlash bo’yicha javobgarlikni ko’p qismi an’anaviy holda ishlab chikarishdagi ishchilarga yuklatilgan. Sifatni ta’minlash masalalari bo’yicha tayyorgarlikni yaponlar ishlab chikarishdagi ishchilarni professional tayyorlash dasturiga kiritganlar va ishchilarga o’z ishi sifatini nazorat qilishni yuklatganlar.
Sifat nazorati ishida uni ta’minlashning umumiy rejasi ishlab chiqilgandan keyingi qadam bo’lib sifatni o’lchashni tashkil etish hisoblanadi. Maxsulot sifati albatta o’lchanishi mumkin bo’lishi kerak.
Korxona faoliyatining yakuniy muvafaqqiyati funksional sifat va konstruksiya (loyixa) sifatiga boHliqligiga qaramasdan, ishlab chiqarishni boshqaruvchilari ko’proq sifatni texnik shartlariga mosligini ta’minlashga e’tibor qiladilar – bu korxona boshqaruvining asosiy xatolaridan biri bo’lishi mumkin.
Maxsulot sifati juda ko’p omillar ta’siri ostida shakllanadi.
Birinchi navbatda maxsulotlar sifati ular tayyorlanadigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar sifatiga bevosita boHliqdir. Shu sababli, korxonalar qabul qilinayotgan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar sifatini qat’iy nazorat qilishlari talab qilinadi.
Maxsulotlar sifati jihatlariga: tarkibi, tuzilishi, chidamliligi, o’lchamlari, xavfsizligi va boshqalarga qo’yilgan umumiy talablar va standartlar darajasi ham ularning raqobatdoshligini oshirishining zarur omilidir. Standartlar va texnik shartlar fan-texnika taraqqiyotining yutuqlari va ilHor tajribalari (benchmarking) hisobga olgan holda qayta ko’rib turilishi muhimdir.
Maxsulot sifati ko’p jihatdan ishlab chikarishni tashkil etish darajasi va usullariga ham boHlikdir. Avtomobilsozlikda ommaviy va katta seriyalab ishlab chikarishda qo’llaniladigan oqimli va partiyalab ishlab chiqarish usullari buyumlarga ishlov berish ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalardan foydalanish, maxsulotlar qismini standartlashtirish va unifikasiyalash, ishlab chikarishda keng miqyosda avtomatlashtirish va robotlashtirish darajasi orqali tayyor maxsulotning sifat jihatlariga ta’sir ko’rsatadi.
Maxsulot sifatiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan eng muhim omil – bu ishlab chiqarish texnologiyasi va texnika darajasi. IlHor texnika va texnologiya maxsulot sitfatini oshirish bilan birga mehnat unumdorligini oshirish orqali iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilaydi. Bu narsa maxsulot tannarxini pasaytirish hisobiga narxlarni tushirish va maxsulot raqobatdoshliligini oshirish imkonini beradi.
Xar kanday ilg’or texnika va ishlab chiqarish texnologiyasi ham insonlar ishtirokisiz maxsulot sifatini ta’minlab bera olmaydi – inson, ishchi, xodim – sifat muamosini kalitidir. Ishlab chiqarishning texnologik jarayoni intizomiga rioya qilish, o’z vaqtida zaruriy jarayonlarni amalga oshirish, uskunalar xolatini doimiy kuzatib borish sifatni ta’minlashda korxona xodimlaridan yetarli malaka, ma’suliyat, va bilim talab etadi. Shu sababli, xodimlarning malakasini va umumiy bilimlar darajasini oshirib borish zarur.
Sifat zanjirida xom-ashyo, materiallar va tayyor maxsulotlarni saqlash, yuklash, jo’natish va o’rnatish talablariga javob berishni ta’minlash xam katta ahamiyatga ega.
Korxonada maxsulot sifatini boshqarish tizimini xolati, nazorat qilish mexanizminiing takomillashtirish, xodimlarni sifat uchun raHbatlantirish kabi ishlab chiqarish texnologiyasi omillar maxsulot sifatini zaruriy jixatlarini ta’minlashga ta’sir ko’rsatadi.
Maxsulot sifatini kompleks boshqarish tizimi tuzilishi, tarkibi, miqyosi va vazifalari korxonaning xajmi, ixtisoslashtirish va kooperasiyalash darajasi, tayyorlanayotgan maxsulot xususiyatlari bilan belgilanadi. Ushbu tizim umumiy maqsadga va sifatli boshkarishning ko’p poHonali tuzilishiga ega (tarmoq, korxona, boshkarma, bo’lim, sex, uchastka, brigada).

Tarmoq



Korxona



Maxsulot turi



Maxsulot guruxi


Maxsulot

13-chi chizma. Sifat darajasi


Sifatni boshkarish o’z ichiga maxsulotni attestasiyadan o’tkazish, xodimlarni moddiy va ma’naviy raHbatlantirish, maxsulotlar sifatini nazorat qilishni tashkil etish va nazorat usullarini oladi.
Sifatni boshkarish ishlab chikarishni tayyorlashdan oldin – bozor o’rganish va loyixalashtirish bosichida boshlanadi, ishlab chikarish, sotish va maxsulot xizmat ko’rsatish muddati davomida amalga oshiriladi.
Takrorlash uchun savollar:

  1. Sifat ko’rsatkichi tushunchasi?

  2. Konstruksiya sifatiga ta’sir etuvchi omillar?

  3. Korxonada sifatni boshqarish o’z ichiga nimalarni oladi?

Yüklə 40,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin