10-Mavzu: Asliyatga qaytish. Umr – ulug’ sinov, imkoniyat. (4 soat) Reja



Yüklə 61,53 Kb.
səhifə1/8
tarix09.05.2022
ölçüsü61,53 Kb.
#115662
  1   2   3   4   5   6   7   8
10-mavzu


10-Mavzu: Asliyatga qaytish. Umr – ulug’ sinov, imkoniyat. (4 soat)

Reja:

1. Umr fasllari ta’rifi. Ikki dunyo saodatiga erishish. Boshqa insonlar ila sabr-toqat bilan yashash. “Kengga keng – torga – tor dunyo”. Umr mazmuni.

2. Insonparvarlikning ulug’ daholari umr mazmuni haqida.

3.Globallashuv jarayonlarining insoniy tuyg’ularga salbiy ta’siri va uning oqibatlari. Egoizm va individualizm. Odam savdosi. Bir jinslar o’rtasida nikoh.

4. Global Islom va yer sayyorasi. Oxirzamon nishonalari. Nafosat yo’llari.

1.Inson umri cheklangan. U ma’lum yillar, malum oylar, kunlar, soatlar, daqiqalar, boringki, malum lahzalardan iborat. Shunday ekan, utayotgan har bir onimizning qadriga etmasak, vaqt hamisha bizning zararimizga ishlaydi. Mashhur tobeinlardan Hasan Basriy hazratlari: “Ey odam bolasi, sen malum kunlardan iboratdirsan. Sen uchun bir kuning ketishi bir qisming, bir bulaging ketishi demakdir”, degan ekanlar.
Vaqt musulmonlar hayotida eng ahamiyatli masalalardan biridir. Vaqt hayot demakdir. Utayotgan har daqiqa-yu soniya, soat, kun, inson umrining ulchovidir. Vaqt shunday mablagki, uni ertangi kunga gamlab quyish mumkin emas. Quroni Karimda vaqtning bebaho va qadriga etish lozim bulgan ulug nemat ekaniga oshkora yoki zimdan dalolat qiluvchi kuplab ishoralar bor. Alloh taolo vaqtning bulaklari va ajralmas qismi bulmish kecha va kunduzga qasam ichadi. Tongga, choshgoh vaqtiga qasamyod qiladi. Masalan, Layl (tun) surasida “Borliqni uz zulmati bilan urab kelayotgan kechaga qasam”, Zuho surasida “Choshgoh vaqtiga qasam”, deya marhamat qiladi. Gohida esa tugridan-tugri vaqt-zamonga qasamyod qilib, “Zamonga qasamki, inson zoti ziyondadir”, deydi.

Mufassirlar suziga kura, Alloh taolo o’z bandalari va makhluqotlaridan biri bilan qasam ichsa, bu qasam ichilayotgan u yoki bu mavjudotning buyukligiga va qadri balandligiga ishora qilish bilan bir qatorda qasamdan sung aytiladigan narsaning ham yuksak ahamiyatga molik ekanligini bildiradi.
Paygambar alayhis-salom sunnatlarida ham vaqt qiymati alohida takidlanadi. Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Paygambarimiz sallallohu alayhi va sallam marhamat qilib dedilar: “Banda qiyomat kuni turt narsadan suralmaguncha, bir qadam ham oldinga siljiy olmaydi. Bu savollardan birinchisi – umrini nima bilan utkazgani, ikkinchisi – yoshlik davrida nima bilan mashgul bulgani, uchinchisi – mol-dunyoni qay yusinda (halol yul bilanmi yoki harom yul bilanmi) topgani va nimalarga sarflagani, turtinchisi – urgangan ilmiga qanday amal qilgani (haqida suraladi)” 


Yüklə 61,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin