15 –Мавзу. Aholini himoyalash vositalari, ularga ko’rsatmalar va qo’llanilishi. Qisman va to’liq sanitariya tozalash haqida tushuncha. Degazatsiya, dezaktivatsiya, dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya o’tkazish



Yüklə 40,52 Kb.
səhifə1/6
tarix05.12.2023
ölçüsü40,52 Kb.
#138352
  1   2   3   4   5   6
15мавзу тиббий билим


15 –Мавзу.Aholini himoyalash vositalari, ularga ko’rsatmalar va qo’llanilishi. Qisman va to’liq sanitariya tozalash haqida tushuncha. Degazatsiya, dezaktivatsiya, dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya o’tkazish.
Umumiy og‘riqsizlantirish deganda sun’iy vositalarni qo‘llash yo‘li bilan markaziy nerv sistemasini chuqur tormozlantirish tushuniladi. Bunda es-hush, sezuvchanlikning hamma turlari birin-ketin yo‘qoladi, skelet muskullari bo‘shashadi va reflekslar so‘nadi. Narkoz vaqtida uzunchoq miya funksiyasi (nafas, tomirlarni harakatlantiruvchi markazlar) saqlanib qoladi. Narkotik moddalar ta’siri bundan ham kuchaytirilganda, bu markazlar ishining buzilishi odamning o‘limiga sabab bo‘ladi.
Narkoz turlari. Narkotik moddani kiritish yo‘llariga ko‘ra, ingalatsiyali va ingalatsiyasiz umumiy og‘riqsizlantirish farq qilinadi. Ingalatsiyali narkoz deb, narkotik modda nafas yo‘llari orqali yuboriladigan umumiy og‘riqsizlantirish turiga aytiladi. Ingalatsiyasiz narkozlarga vena ichi, to‘g‘ri ichak, teri osti turlari kiradi. Narkotik uyquning chuqurligiga ko‘ra narkoz yuzaki va chuqur bo‘lishi mumkin. Bitta narkotik modda yuboriladimi yoki ularning aralash- masimi, shunga ko‘ra quyidagilar farq qilinadi: bitta modda beriladigan sof narkoz (azot (I) — oksidi, efir, ftoratan va bosh- qalar). Moddalarning aralashmasi qo‘llaniladigan narkoz — aralash narkoz deyiladi, faqat narkotik moddalar emas, balki ularni yuborish yo‘llari ham kombinatsiya qilinadigan narkoz — kombinatsiyali narkoz, deyiladi. Ko‘pincha narkozning bir turi bazis (asosiy) narkoz sifatida qilinadi, so‘ngra boshqa narkotik modda bilan davom ettiriladi.
Ingalatsiyali narkoz. Narkozning bu turiga turli xil narkotik moddalar (efir, ftoratan, xlor etil va boshqalar) yoki gazlar (azot (I)-oksid, siklopropan va boshqalar)ni nafasga olish (inga- latsiya) yo‘li bilan erishiladi. Ingalatsiya uchun quyidagi moddalar keng qo‘llanilmoqda.
Suyuq narkotiklar. Efir (aetherpro narcosis) — o‘ziga xos hidi achishtiruvchi ta’mi bo‘lgan rangsiz tiniq suyuqlik. Oson alanga- lanadi. Efirning havo bilan aralashgan bug‘lari portlashi mumkin. Efirning sifati quyidagi usullar yordamida sinab ko‘riladi:

  1. Filtr qog‘ozidan bug‘langandan so‘ng hidi qolmasligi kerak.

  2. Oynadan bug‘latilgandan so‘ng nordon reaksiya beradigan cho‘kma qolmasligi kerak (eritilganda ko‘k lakmus qog‘ozni qizartiradi). Zarg‘aldoq rangli shisha flakonlarda 100 ml.dan chiqariladi. O‘tdan uzoqda, yorug‘lik tushmaydigan joyda saqlanadi.

Xloroform (Chloroformium)—tiniq rangsiz suyuqlik. Yorug‘da parchalanadi. Organizmdan, asosan, siydik bilan chiqariladi. Sofligini sinash:

  1. Filtr qog‘ozidan bug‘langanda hidi qolmasligi kerak.




  1. Ko‘k lakmus qog‘oz botirilganda xloroform uni qizartirmasligi kerak. Zarg‘aldoq rangli shisha flakonlarda 50 ml.dan chiqariladi, salqin joyda saqlanadi.

Ftoratan (Phtorotanum) — yoqimli hidga ega bo‘lgan rangsiz suyuqlik. Alangalanmaydi va portlamaydi. Efirdan birmuncha kuchli biroq toksini bor. Bemor 1—2 daqiqa ichida hushidan ketadi, narkotik holat tezda yuz beradi. Ko‘pincha azot (I)-oksid bilan birga qo‘llaniladi. Zarg‘aldoq rangli flakonlarda chiqariladi.
Pentran (Pentran), metoksifluran. Ingalan o‘ziga xos meva hidi keladigan tiniq suyuqlik, alangalanmaydi va portlamaydi. Narkotik faoliyati jihatidan efir va xloroformdan ustunlik qiladi. 0,5— 0,8 hajm foizini nafasga olish ro‘yirost analgeziyani keltirib chiqaradi. Narkoz apparatlarining rezina detallariga shimilib qolish va keyin qayta diffuziyalanish xossasiga ega, shunga ko‘ra operatsiya tugashidan 10—20 daqiqa oldin anestetik uzib qo‘yiladi. To‘q rangli zich bekitiladigan idishlarda saqlanadi.
Trixlor etilen (Trichloraethylenum) — trilen, narkogen—rangsiz o‘ziga xos hidli tiniq uchuvchan suyuqlik. Kuchli narkotik ta’siriga ega. 0,4—0,7 % hajm foiz konsentratsiyasida analgeziya hosil qiladi. 2—3 hajm foizi narkotik ta’sir beradi. Qisqa muddatli operatsiyalarda analgeziya uchun qo‘llaniladi. Germetik bekitilgan idishda, yorug‘lik tushmaydigan salqin joyda saqlanadi.

Yüklə 40,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin