15-mavzu. Korrektsion pedagogika asoslari. Inklyuziv ta’lim reja



Yüklə 49,36 Kb.
səhifə1/10
tarix02.12.2023
ölçüsü49,36 Kb.
#137033
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
15-MAVZU


15-MAVZU. KORREKTSION PEDAGOGIKA ASOSLARI. INKLYUZIV TA’LIM
Reja:

  1. Korrektsion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog‘i sifatida. Korrektsion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari.

  2. Anomal bolalar va ularning umumiy tavsifi. Aqli zaiflikning psixologik-pedagogik xususiyatlari, uning paydo bo‘lishi sabablari.

  3. Nutqida nuqson bo‘lgan, eshitish, ko‘rish qobiliyati buzilgan va tayanch-harakat apparati buzilgan o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish yo‘llari.

  4. Inklyuziv ta’lim va uning maqsad va vazifalari.

Tayanch tushunchalar: korrektsiya, korrektsion pedagogika, korrektsion pedagogika sohalari, anomaliya, korrektsion pedagogikaning asosiy kategoriyalari, inklyuziya, inklyuziv, inklyuziv ta’lim, integratsiya, resurs, resurs pedagog..
1.Korrektsion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog‘i sifatida. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo‘lgan o‘quvchilarni korrektsion o‘qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug‘ullanadi. Korrektsion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha defectus – nuqson, kamchilik, logos – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o‘qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan sanaladi.
Ilmiy tushuncha sifatida korrektsion pedagogika zamonaviy pedagogika fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar ko‘p vaqt bo‘lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada «defektologiya» tushunchasi qo‘llanib kelingan.
Korrektsion pedagogika (defektologiya) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi:


Pedagogik lug‘atda «korrektsiya» tushunchasi (yunoncha «correctiio» - tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to‘liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o‘tiladi14.


Korrektsion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o‘rtasidagi nomuvofiqlikni yo‘qotish yoki kamaytirishdan iborat.

Yüklə 49,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin