2- mavzu: mavsumiy va oilaviy marosim folklori namunalari va ularning badiiyati



Yüklə 20,08 Kb.
səhifə1/5
tarix26.11.2023
ölçüsü20,08 Kb.
#134933
  1   2   3   4   5
2- mavzu mavsumiy va oilaviy marosim folklori namunalari va ula-fayllar.org


2- mavzu: mavsumiy va oilaviy marosim folklori namunalari va ularning badiiyati

2- MAVZU: MAVSUMIY VA OILAVIY MAROSIM FOLKLORI NAMUNALARI VA ULARNING BADIIYATI
Reja:

1.Marosim folklori haqida ma’lumot


2. Marosim, bayram, an’ana, urf-odat tushunchalarining o`zaro munosabati va farqli tomonlari.
3. Marosimlarning ijtimoiy – etnografik mohiyati va g`oyaviy-estetik vazifalari
4. Marosim turlari: Mavsumiy marosim,Oilaviy-maishiy, So`z magiyasiga asoslangan marosimlar
5. Bahorgi, yozgi, kuzgi, qishki marosimlar folklori va uning badiyati.
Tayanch tushunchalar: marosim, bayram, an’ana, odat, urf-odat, irim, mentalitet, mavsumiy marosimlar, oilaviy –maishiy marosimlar, to`y folklori, chamanchi, chorqarsak va beshqarsak o`yinlari, jar qo`shig`i, jarchi, nikoh to`yi, yor-yorlar, kelin o`tirsin, kuyov o`tirsin, kelin salom, salomnomaxonlik, kuyov salom, “Antalhodiy”, yig`i, yig`ichi, go`yanda (navhagar), yo`qlovlar,motam allalari, motam yor-yorlari, so`z magiyasi, magiya, gomeopatik magiya, muloqot magiyasi, kontagioz magiyasi, shomon, afsun, duo, kinna, badik, kinnachi, badikxon, avrash, burey-burey, olqish, qarg`ish.


Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. -Т.: “Fan”, 2009.
2.Jo'rayev M. Folklorshunoslikka kirish. O‘quv qo‘llanma. –T. 2008.
3. Safarov O. O‘zbek xalq og'zaki ijodi. -Т.: “Musiqa” nashriyoti, 2010.
4.Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. -Т.: “Mumtoz so‘z”, 2010
5.Jo‘rayev M , Sh. Shomusarov. Ozbek mifologiyasi va arab folklori.T.2001.
6.K.Imomov.O`zbek xalq nasri poetikasi.T. Fan. 2008.
7.N.Mallayev. Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti. T. 2015.
8.Z.Masharipova O`zbek xalq og`zaki ijodi. T. 2008.
Marosim insoniyat madaniyatining eng muhim shakllaridan biri bo`lishi bilan bir qatorda uni rivojlantirishdagi samarali vosita ham hisoblanadi. Marosim xalq san’ati va madaniyati shakllari orasida eng ulkan auditoriyani o`ziga jalb qiladigan ommaviy tadbir hisoblanadi. Marosimlar xalqning eng yaxshi an’analari, odatlari, axloqiy qoidalarini o`zida mujassamlashtirishi, saqlashi va rivojlantirishi jihatidan yoshlarni tarbiyalashda, ularning odobli-axloqli bo`lishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Marosim inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy vaziyatda o`tadigan, o`z ramziy harakatlariga hamda maxsus aytim-qo`shiqlariga ega hayotiy tadbirdir.
Marosimlar kishilarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan ma’naviy hayot qadriyatlari sirasiga kiradi.
Insonga sihat-salomatlik tilash, uning turmushida to`kin-sochinlik, kundalik hayotida omad keltirish yoki inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish, nishonlash maqsadida maxsus o`tkaziladigan, xalq orasida qat`iy an’anaga kirib qolgan hatti-harakatlar majmuidan iborat holda tashkil topgan tadbirmarosim deyiladi. Marosimni o`tkazish paytida ijro etiladigan qo`shiq va aytimlar, o`qiladigan afsun va duolar marosim folklorini tashkil etadi. Ular marosimning verbal qismi sanaladi.
O`zbeklar marosimlarga boy xalqdir. Xalqimizning ijtimoiy-madaniy hayotini marosimlar bilan uzviy bog`liq bo`lgan an’ana, urf-odat va bayramlarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Ular turmushning alohida shakli hamda hayotning tarkibiy qismi sifatidagina namoyon bo`lib qolmaydi, balki har bir xalqning o`ziga xosligi, betakrorligini ifodalovchi milliy mentalitetini, binobarin, xalqning tarixan shakllangan milliy ruhiyatining asosini tashkil etadi, til va territorial yaxlitlik singari uning millat sifatidagi qiyofasini belgilaydi.
Marosimlar biror sababsiz yoki asossiz yuzaga kelmaydi. Ular maxsus uyushtiriladi. Marosimlar etnografik mohiyat kasb etib, xalqning ijtimoiy-madaniy munosabatlarini o`zida aks ettirib turadi. Shu bilan birga ular xalqning qadimiy animistik, totemistik, fetishistik qarashlari hamda zardushtiylik va islomiy e’tiqodlari izlarini o`zida saqlab qolgan. Bu xususiyat hatto tirikchilikning asosiy vositasiga aylangan mehnatga munosabatni ifodalovchi qator an’analar va ularning verbal qismini tashkil etuvchi aytim-qo`shiqlarda ham o`z zuhurotini topgan. Shu xususiyatlari, qolaversa, o`tkazilish vaqti, o`rni, tarzi, tartibi, ijodkorlari, ishtirokchilari tarkibi va vazifalariga ko`ra o`zbek marosim folklorini uchta katta guruhga bo`lib o`rganish mumkin:
1.Mavsumiy marosimlar folklori.
2.Oilaviy – maishiy marosimlar folklori.
3.So`z magiyasiga asoslangan marosimlar folklori.

Yüklə 20,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin