2-bosqich 420-gurux talabasi Toshniyozova Faridaning Falsafa fanidan tayyorlagan Mustaqil ish



Yüklə 150,08 Kb.
səhifə1/10
tarix09.02.2022
ölçüsü150,08 Kb.
#114286
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Milliy dinlar





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SURXONDARYO VILOYATI OLIY TA’LIM BO’LIMI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI


Ishtimoiy fanlar fakulteti

2-bosqich 420-gurux talabasi

Toshniyozova Faridaning
Falsafa fanidan tayyorlagan


Mustaqil ish

Milliy dinlar

Milliy dinlar

Reja :


1.Yahudiylikning vujutga kelishi va uning talimoti

2.Veda va Veda dinlari.

3.Konfutsiylik va daosizim.

1.Yahudiylik dinining asoschisi Allohning payg’ambari hazrat Muso alayhissalomdir (mil. avv. 1666-1546 yy.).

Muso alayhissalom Ibrohim alayhiyssalomning o’g’li Ishoq alayhiyssalom, uning o’g’li Ya’qub alayhiyssalom, uning o’g’li Loviy, uning o’g’li Kaaf, uning o’g’li Amram (Imron)ni o’g’li bo’lgan. Horun alayhiyssalom esa Muso alayhiyssalomning akasi hamda yordamchisi bo’lgan.

Ya’qub alayhiyssalomning o’n ikki o’g’lidan to’rtinchisi Yahudo (Iuda) boshchiligidagi qabila ota-bobolari – ibroniylar e’tiqod qilib kelgan yakkayu-yagona xudo–Yahvega sig’inishgan. Iuda so’zi shukur ma’noni beradi. Turli tomonlarga tarqalib ketgan Ya’qub alayhiyssalom o’g’illari bosh bo’lgan qabila ahllari dastlab ya’qubiylar deb atala boshlangan. Yahudiylik (iudaizm) dinining nomi esa qabilaning ilk boshlig’i bo’lgan Yahudo (Iuda) nomidan kelib chiqqan. Keyinchalik bu xalq yahudiylar deb yuritila boshlangan.

Yahudiylikda Yahve nomini tilga olish man etiladi, o’rniga «adonay» (mening parvardigorim) deb o’qiydilar va gapiradilar. «Yahve» so’zining ma’nosi hozirgacha noaniq. Yahve qadimgi ibroniylarning xudolaridan birini nomi bo’lgan, u avval bosh xudo. Keyinchalik bu qabila uni yagona xudo deb e’tiqod qila boshlaganlar.

Yahudiylikning ta’lim berishicha, xudo Yahve Isroil xalqi bilan ikki tomonlama shartnoma – «Ahd» orqali bog’langan bo’lib, shunga ko’ra yahudiylar o’zlarini «Xudo tomonidan tanlab olingan mumtoz xalqmiz, bu ahd bo’yicha xudo Falastin va uning atrofidagi barcha erlarni bizga berishga va’da qilgan» degan e’tiqodda yashab kelganlar va hozir ham shu aqidani mahkam tutib tunmay kurash olib boradilar.




Yüklə 150,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin