2-dars. Android Studio-da birinchi ilovani yaratish. Ushbu darsda sizga Android Studio bilan yangi Android ilovasini qanday yaratishni ko'rsataman va ilovadagi ba'zi fayllarni tavsiflab beraman.
Yangi Android ilovangizni yaratish uchun quyidagi amallarni bajarishingiz kerak:
1) Android Studio-ning so'nggi versiyasini o'rnating.
Buni tushuntirib berishni hojati yo'q. "Bir million o'zbek dasturchilari" loyihasidagi sinfxonangizda Android Studio-ni o'rnatish haqida kerakli maslahatlar berilgan.
2) Welcome to Android Studio oynasida Start a new Android Studio project -ni bosing.
Agar sizda allaqachon ilova ochilgan bo'lsa, File > New > New Project -ni tanlang.
3) Select a Project Template oynasida Empty Activity -ni tanlang va Next tugmasini bosing.
Select a Project Template oynasi
4) Configure your project oynasida quyidagilarni bajaring:
- Name maydoniga "Mening birinchi ilovam" deb kiriting.
- Package name maydoniga "com.example.android.meningbirinchiilovam" deb kiriting. (Bu aslida avtomatik ravishda yoziladi, o'zgartirmasangiz ham bo'laveradi. Agar o'zingizning saytingiz bo'lsa teskari tomondan yozib qo'ysangiz ham bo'ladi. Masalan, uz.uzbekcoders.meningbirinchiilovam)
- Agar siz ilovani boshqa papkaga joylashtirmoqchi bo'lsangiz, uning Saqlash (Save) joyini o'zgartiring.
- Language menyusidan Java yoki Kotlin -ni tanlang.
- Minimal SDK maydonida sizning ilovangizni qo'llab-quvvatlaydigan Android-ning eng past versiyasini tanlang. Maslahatim API 15: Android 4.0.3 (IceCreamSandwich) -ni tanlang.
- Agar sizning ilovangiz eski kutubxonani qo'llab-quvvatlashni talab qilsa, Use legacy android.support libraries katakchasiga belgi qo'ying. Hozirgi darsimizda bu shart emas.
- Finish tugmachasini bosing.
Configure Your Project oynasi
Biroz vaqtdan so'ng Android Studio-ning asosiy oynasi paydo bo'ladi.
Android Studio-ning asosiy oynasi Endi eng muhim fayllarni ko'rib chiqamiz. Birinchidan, Project oynasi ochiq ekanligiga ishonch hosil qiling (View > Tool Windows > Project -ni tanlang). Android view-si ushbu oynaning yuqori qismidagi ochiladigan ro'yxatidan tanlangan. Keyin quyidagi fayllarni ko'rishingiz mumkin:
app > java > com.example.android.meningbirinchiilovam > MainActivity Bu asosiy faoliyat (activity). Bu sizning ilovangiz uchun kirish nuqtasi. Ilovangizni yaratishda va ishga tushirishda tizim ushbu Activity-ning nusxasini ishga tushiradi va uning joylashishini yuklaydi.
app > res > layout > activity_main.xml Ushbu XML fayli faoliyatning foydalanuvchi interfeysi (UI) tartibini belgilaydi. Unda "Hello, world!" matni bilan TextView elementi mavjud.
app > manifests > AndroidManifest.xml Manifestli fayl ilovaning asosiy xususiyatlarini tavsiflaydi va uning har bir tarkibiy qismini belgilaydi. Manifest fayli haqida keyingi darslarda ko'proq ma'lumotga ega bo'lasiz.
Gradle Scripts > build.gradle Ushbu nomga ega ikkita fayl mavjud: biri loyiha uchun "Project: Mening birinchi ilovam" va bittasi dastur moduli uchun "Module: app". Har bir modulning o'z build.gradle fayli mavjud, ammo hozirda ushbu loyihada faqat bitta modul(module) mavjud. Bu haqida keyingi darslarimizda yana ma'lumot berib o'taman.
Keyingi darsda ilovani ishga tushirishni o'rgataman va yangi ma'lumotlarni berib boraman.