2-mavzu. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Reja


shundan dalolat beradi. Saylovga oid hujjatlar saylovga doir 11 million nusxada



Yüklə 207,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix13.05.2022
ölçüsü207,56 Kb.
#115867
1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu
Nano o’lchamli yupqa qatlamlarning tuzilishi Nano o’lchamli yupq, talaba-varaqasi-303211100431, Nutq o‘stirish måtodikasi, Determinantlar va ularning yechish usullari, 3032100372, Mustaqil ta`lim mavzulari, WkupbPNPf64kpuGEkPqYLOATR8FL2FoRVcypCUPY, mantiqiy mashiqlar zarina, ingilis tili mustaqil ish
shundan dalolat beradi. Saylovga oid hujjatlar saylovga doir 11 million nusxada 

byulliten tayyorlandi. Nomzodlarning saylovoldi dasturlari aks ettirgan 301 ming 

nusxa plakatlar, 40 ming nusxada saylovchilarga murojaatnomalar chop etildi.  

Saylov  muqobillik  asosida  o'tdi.  Prezidentlikka  O'zbekiston  XDP  va 

O'zbekiston  kasaba  uyushmalari  federasiyasidan  I.A.  Karimov  va  «Erk» 

demokratik  partiyasi  vakili  Saloy  Madaminov  (Muhammad  Solih)  o'z 

nomzodlarini  qo'ydilar.  Saylov  natijalariga  ko'ra,  saylovda  ishtirok  etganlarning 

86,5% i  (8,514,136 kishi)  Islom  Karimov  uchun, 12,3  %  i  (1,220,474  kishi  )  esa, 

Saloy Madaminov uchun ovoz berdilar. Markaziy saylov komissiyasi «O'zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  saylov  to'g'risida»gi  qonunning  35  -  moddasiga  asosan 

Islom  Abdug'aniyevich  Karimovning  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

lavozimiga saylangan, deb qaror qildi. Saylov adolatli va qonuniy o'tkazilganligini 

MDH  mamlakatlari, shuningdek  AQSH, Turkiya  va  Malayziyadan  kelgan  betaraf 

kuzatuvchilar ham e'tirof etishdi.  

Respublikamiz  siyosiy  jihatdan  mustaqillikni  qo'lga  kiritgan  ekan,  albatta, 

davlat  ramzlariga  ham    ega  bo'lmog'i  kerak  edi.  Shu  nazarda  tutilib,  1991  yil  18 

noyabrda  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining  VIII  sessiyasida 

«O'zbekiston  Respublikasining  davlat  bayrog'i  to'g'risida»  qonun  qabul  qilindi. 

Davlat  ramzlaridan  biri  bo'lgan  bayroq  tariximiz,  ajdodlarimiz  ruhini,  milliy  va 

ma'naviy  urf  odatlarimizni  o'zida  aks  ettirish  kerak  edi  va  shunday  bayroqqa  ega 

bo'ldik.  

«Bayroqdagi havorang zangori somon va musaffo suv ramzi. 




 

Moviy  rang  -lojuvard-  Sharqda  azaldan  qadrlangan.  Amir  Temur  ham  o'z 



bayrog'iga shu rangni tanlagan.  

Oq rang - tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat yo'lining oq  va 

beg'ubor bo'lishi uchun yaxshi niyat ifodasi.  

Qizil chiziqlar- bu har bir tirik jonning tomiri, unda jo'sh urib turgan hayotiy 

kuch, tiriklik ramzi. 

Yashil  rang  -  O'zbekistonning  sahovatli  va  tabarruk  tuprog'i,  go'zal  tabiatni 

timsoli.  

Yarim oy - o'zbek xalqining ko'p asrlik an'analariga mos keldi. Yarim oy va 

yulduzlar musaffo osmon va tinchlikning ifodasidir.  

12 ta yulduz tasviri  - qadimdan mukammallik, barkamollik timsoli» (Bayroq 

to'rtburchak  bo'lib,  uzunligi  250  sm,  kengligi  125  sm.  Moviy  yashil  va  oq 

ranglarning  har  birining  eni  40  sm  dan.  Kizil  hoshiyalarning  eni  har  biri  2,5  sm. 

dan).  

1992 yil 2 iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida 

«O'zbekiston  Respublikasi  davlat  gerbi  to'g'risida»  qonun  qabul  qilindi. 

«O'zbekiston  Respublikasining  davlat  gerbi  dumaloq  ko'rinishiga  ega  bo'lib,  bu 

shaklning so'l tomoni bug'doy boshoqlaridan, o'ng tomoni esa, chanoqlari ochilgan 

g'o'za  shohlaridan  iborat  chambarga  o'ralgan,  uzoqdagi  tog'lar  va  daryolar 

manzarasida  gullagan  vodiy  uzra  quyosh  zarrin  nurlarini  sochib  turadi.  Gerbning 

yuqori  qismida  esa  O'zbekistonning  ozodligi  ramzi  sifatida  sakkizburchak  yulduz 

uning  ichki  qismida  esa  yarim  oy  va  yulduz,  markazida  -  baxt  va  erksevarlik 

ramzi-qanotlarini  yozgan  xumo  qushi  tasvirlangan.  Gerbning  pastki  qismida 

O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  bayrog'ini  ifoda  etuvchi  chambar  tasmasiga  

«O'zbekiston» deb yozib qo'yilgan.  

O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko'rinishda: xumo qushi  va 

daryolar - kumush rangida: quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O'zbekiston» 

yozuvi oltin rangda: g'o'za shohlari va barglari, tog'lar va vodiylar  - yashil rangda: 

chanoqlardagi paxta -  oq rangda: tasma va O'zbekiston Respublikasi bayrog'ining 

ranglarini  aks  ettiruvchi  uch  xil  rangda:  sakkizburchak-  oltin  zarhal  bilan 

hoshiyalangan  holda  havo  rangda:  yarim  oy  va  yulduzlar  -  oltin  rangda 

tasvirlangan»  

Davlat mustaqilligining yana bir muhim ramzi «O'zbekiston Respublikasining 

davlat  madhiyasi  to'g'risida»  gi  qonun  O'zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Kengashining  1992  yil  12  dekabrda  bo'lib  o'tgan  XI  sessiyasida  qabul  qilindi. 




 

Mavjud  variantlardan  Abdulla  Oripov  va  Mutal  Burxonovlarning  varianti  qabul 



qilindi:  

   


           Serquyosh ho'r o'lkam, elga baxt najot 

   


Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh mehribon.  

   


Yashnagay to abad ilmu fan ijod,  

   


Shuhrating porlasin toki bor jahon!  


Yüklə 207,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə