2-mavzu: uo’TMda huquqiy-me’yoriy hujjatlar kompetensiyaviy yondashuv asosidagi davlat ta’lim standarti haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 109 Kb.
səhifə1/8
tarix28.09.2023
ölçüsü109 Kb.
#129515
  1   2   3   4   5   6   7   8
3-ma\'ruza darsi


2-mavzu: UO’TMda huquqiy-me’yoriy hujjatlar kompetensiyaviy yondashuv asosidagi davlat ta’lim standarti haqida umumiy ma’lumot

Reja


1.Ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari
2. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o’quv
dasturining tuzilishi
3. Foydalaniladigan kompetensiyalarning mazmuni
4. DTS ta’lim mazmuni shakllari, vositalari, usullari


Ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari.

Ta’lim mazmunining birinchi muhim tarkibiy qismi o’quvchilar egallashi zarur bo’lgan bilimlar tizimidir. Bilimlar tizimi deganda bir-biriga uzviy bog’liq bo’lgan til faktlari, tushunchalar, qoidalar, ta’riflartizimi tushuniladi.


Ma’lumki, asrlar davomida insoniyat tomonidan to’planganbarcha ilmini o’rta maktab o’quvchisiga o’rgatishnin giloji va zaruriyati yo’q. Modomiki shunday ekan, demak zarurbilimlarni tanlash eng asosiy masalalardan biri sanaladi.
Bilimlarni tanlashning boshmezoni uningfoydalilik va amalda qo’llanila olish darajasidir. Foydali bilimlar deb bolalarningsavodli yozishini, ijodiy fikrlashi, fikr mahsulini nutq vaziyatiga mos ravishda og’zaki, yozma shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qiladigan, ularning yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalanishi va rivojlanishini ta’minlaydigan bilimlarni tushunamiz.
Ta’lim mazmunining ikkinchi muhim tarkibiy qismini tanlangan ilmiy-nazariy bilimlarga muvofiq keladigan amaliy ko’nikma va malakalartizimi tashkil etadi.
O’quvchilar egallashi lozim bo’lgan amaliyk o’nikmalarning unumdorlik darajasiga ham alohida e’tibor berishga to’g’ri keladi. Ma’lumki, ko’p hollarda mashg’ulotlarida o’quvchilar egallayotgan ko’nikmalar, asosan, foydali amaliy ko’nikmalar birmuncha e’tibordan chetda qoladi. SHuning uchun dastur o’quvchilarni ko’proq foydali amaliy ko’nikmalar bilan qurollantirishga yo’naltirishi lozim.
Ta’lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismi o’quvchilarni ijodiy faoliyatu sullariga o’rgatishdir. Faoliyat qayta xotirlash, qisman ijodiy darajada bo’lishi mumkin.
O’quvchilarning qayta xotirlash faoliyati egallangan bilimlarni qayta eslash, uni xotirada tiklash, o’qituvchi tomonidan ko’rsatilgan yoki darslikda berilgan namunaga qarab bajarishga asoslangan faoliyatdir. O’qituvchisiga ergashish yoki namunaga qarab ishlash bolaning faollik darajasini chegaralaydi. CHunki buholatda o’quvchi izlanishga ehtiyoj sezmaydi. Ayrim pedagogik adabiyotlarda faollikningbuko’rinishi reproduktiv faoliyat deb ham nomlangan.
Faollikning ikkinchi bosqichi qisman izlanuvchanlik faoliyatidir. Bubosqichda o’quvchi ma’lum yordamga asoslangan holda hodisalarining o’xshash va farqli tomonlar iustida o’ylashi va uni aniqlashi, oldin egallangan bilimlarni qisman noma’lum sharoitlarda qo’llashi lozim. O’quvchi zarur yordamni darslik va qo’llanmalardan, o’qituvchining so’zidan yoki bolalarningsuhbatidan olishi mumkin.
Faollikning uchinchi bosqichi ijodiy faoliyatdir. Bubosqichda o’quvchi hech qanday tashqi yordamsiz olgan bilimlarini butunlay yangi sharoitga, amalda qo’llay olishi, faoliyati uchun zarur bo’lgan, lekin unda bo’lmagan bilimlarning manbalarini bilishi, bu manbalardan foydalana olishko’nikmasiga ega bo’lishish sharoit talabiga ko’ra ularni topa olishi va qo’llay olishi talab etiladi.
Faoliyatning birinchi bosqichi qanchalik zarur bo’lmasin, u faqat ikkinchi va uchinchi bosqich talablarini qondirish maqsadigagina xizmat qiladigan bo’lishi shart.
Ta’lim mazmunining to’rtinchi muhim tarkibiy qismi o’qituvchi- o’quvchi o’rtasidagi munosabatlar tizimidir. Bu munosabatlar o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi o’zaro hamkorlikka asoslanmog’i lozim. Ta’lim-mutolaa usuli deduktivdan (qoidadantahlilga, umumiylikdan xususiylikka induktivga, tahlildan qonuniyatga), (xususiylikdan umumiylikka ko’chirilsagina bu hamkorlikka kengyo’l ochiladi.

Yüklə 109 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin