27sv-20ee guruh talabasi Raxmatullayev Mehriddinjonning



Yüklə 177,44 Kb.
səhifə1/2
tarix17.10.2022
ölçüsü177,44 Kb.
#118359
  1   2
Oʻtkinchi jarayonlar mustaqil ish
Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati

Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi
Navoiy Davlat Konchilik va Texnologiyalar Universiteti
Energomexanika fakulteti Elektr energetikasi kafedrasi
27SV-20EE guruh talabasi Raxmatullayev Mehriddinjonning
Oʻtkinchi jarayonlar, oʻta kuchlanish va izolyatsiya fanidan bajargan ishi

Mustaqil ish
Bajardi: Raxmatullayev M
Qabul qildi: Abdullayev Sh
Mavzu: Sistema statik turgʻunligini oshirishga qo’llaniladigan tadbirlar.
Reja:

  1. Elektr sistemasi

  2. Elektr sistemasining statik turgʻunligi haqida tushuncha

  3. Uni yaxshilash qoʻllaniladigan chora-tadbirlar

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar

Elektr sistema “O‘tkinchi jarayonlar” fanida o‘rganiladigan asosiy


ob’yekt hisoblanadi. Elektr energetika sistemasi - elektr tarmoqlari
yordamida o‘zaro tutashib, umumiy ish rejimiga ega boigan elektr
stansiyalari, nimstansiyalari va iste’molchilari majmuidir.
Elektr sistema (ES) - elektr energetik sistemaning shartli ravishda
ajratilgan elektr qismi bo‘lib, uning elementlari elektr energiyani
ishlab chiqarish (generatsiya qilish), o‘zgartirish, uzatish hamda
ist’emol qilish yagona jarayoni bilan birlashadi. Ushbu elementlami
ikki guruhga bo‘lish mumkin.
Birinchisi, kuch elementlari - elektr energiyani a) ishlab chiqaruvchi (generator, turbinalar); b) o'zgartiruvchi (kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi transformatorlar, to‘g‘irlagichlar, invertorlar); v) uzatuvchi (havo va kabel uzatish liniyalar, tarmoqlar); g) taqsimlovchi (nimstansiyalar, taqsimlovchi punktlar); d) iste’mol qiluvchi (yuklamalar) elementlardir.
Ikkinchisi, boshqarish elementlari - sistema holatini o'zgartiruvchi va boshqaruvchi elementlar (sinxron mashinalami qo‘zg‘atishini avtomatik rostlagichlari, chastota rostlagichlari, relelar, uzgichlar, o‘chirgichlar va h.k).
Elektr sistema ishini o‘rganishda elektr jarayonlarni ko‘rib chiqish va ularga bog'liq bo‘lgan sistema elementlaridagi mexanik jarayonlarda ham to‘xtab o‘tish kerak bo‘ladi. Shu jumladan birlamchi motor (turbina) laridagi va ularning avtomatik rostlagichlaridagi, iste’molchi motorlaridagi jarayonlarda.
Barcha sistema elementlari elektr energiyani ishlab chiqish (ya’ni generatsiya), uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlari umumiyligi bilan bogMangan. Shuningdek sistema holati o‘zgarganda elementlarda umumiy jarayonlar hosil bo‘ladi. Ta’kidlash kerakki, alohida elementlami birlashtiruvchi sistema alohida elementlarda kuzatilmaydigan xususiyatlarga ega bo‘ladi. Sistemada sodir bo‘ladigan jarayonlar uning elementlarida ro‘y beradigan jarayonlardan ancha farq qilishi mumkin. Sistemada mavjud bo‘lgan va har vaqt onida yoki biror vaqt Intervalida uning holatini aniqlovchi jarayonlar majmui sistema rejimi (holati) deb ataladi. Rejim sistema elementlarining bog‘lanish sxemasiga va uning parametrlariga bog‘liq bo‘ladi.
Sistema rejimi miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga ega.

Yüklə 177,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə