3- mavzu: psixologik eksperimentning asoslari reja


Interpretatsion – tavsiflash metodlari butun bir psixologik tadqiqotda muhim rol o`ynaydi



Yüklə 19,03 Kb.
səhifə2/2
tarix28.07.2022
ölçüsü19,03 Kb.
#117451
1   2
3- mavzu psixologik eksperimentning asoslari reja

Interpretatsion – tavsiflash metodlari butun bir psixologik tadqiqotda muhim rol o`ynaydi.

Bu metodlarni tadqiqotchi tomonidan egallanishi ilmiy programmani muvoffaqiyatini belgilab beradi. Psixologiyada ta’riflash metodining ahamiyati V.A Ganzen monografiyasida aniqroq ta’riflangan.

Psixologik empirik metodlarning yana bir tasnifini ko`rib chiqamiz. Biz tadqiqotchining bilish faoliyati bilan bog‘liq bo`lgan metodlarni ikki asosga bo`lgan edik. Aktivlik – passivlik, mablag‘larning borligi – muqobilchilik.

Psixologik tadqiqotda ob’ekt aktiv bo`lishi mumkin, odam yoki hayvon haqida gap bo`lishidan qat’iy nazar, odam sinaluvchi sifatida tadqiqotchi kabi faoliyat sub’ekti bo`ladi. Empirik psixologik metodlarni tasnifida shu narsani hisobga olish kerak.

Psixologiyada sinaluvchi xulq-atvorining tahlili va tushunishi katta ahamiyatga ega. Tushunish jarayoni qaysidir ma’noda o`lcham jarayoniga qarama - qarshidir. O‘lchashda tadqiqot natijalarini ob’ektlashtirishga harakat qilamiz, tushunishda esa aksincha, sinaluvchining xulq - atvorini xususiy ma’naviy o`lchamlarida qayta ishlanadi.

Barcha psixologik empirik metodlarni ikki o`lchamli kenglikda joylashtirish qulay, qaysi o`qlari psixologik tadqiqotning 2-ta spetsifik belgilarini bildiradi.

Birinchisi – sinaluvchi va tadqiqotchi o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni borligi yoki yo`qligi yoki bu munosabatlarning intensivligi. U klinik eksperimentda eng katta va o`zini-o`zi ko`zatishda eng kamhisoblanadi.

Ikkinchisi protseduralarning ob’ektlashuvi va sub’ektlashuvidir. Bunda eng chetki variant sifatida test olish va boshqa odamni xulq-atvorini uning xatti – harakatini «sezish», empatiya, birga tugashi, shaxsiy interpretatsiyasini «toza» tushunish nazarda tutiladi.

Tadqiqotchi ikkinchi holatda hech qanday narsa ishlatmaydi deb aytish mumkin emas: ular bor, lekin «ichki» - tadqiqotchining shaxsiy malakasi, individual ma’nolari, interpretatsiya priyomlari va boshqalar. Tadqiqotchi o`lchamda ishlatadigan ashyolari tashqi bo`ladigan, boshqacha ham atash mumkin.

Birnchisi koordinata o`qini tashkil qilib «ikkita sub’ekt – bir sub’ekt» yoki «tashqi» dialog – «ichki» dialog.

Ikkinchisi «tashqi» ashyolar – «ichki» ashyolar, yoki «o`lchash interpretatsiyasi» o`qini keltirib chiqaradi. Bu o`qlar bilan tashkil qilingan kvadratlarda asosiy psixologik empirik metodlarni joylashtirsa bo`ladi.

Psixologik eksperiment bu nuqtai nazardan sinaluvchi bilan bo`lgan o`vzaro munosabat, uning xulq - atvorining ob’ektiv registratsiyasi bilan moslashadigan metoddir.


Yüklə 19,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə