3- mavzu. Tovar birjasi – zamonaviy bozor faoliyatining asosiy omilidir. Reja:
3.1. Birja bu bozor elementi
3.2. Bozor iqtisodi rivojida birjaning roli
3.3. Tovar birjalari klassifikatsiyasi tamoyillari
3.1. Birja bu bozor elementi
Kundalik hayotimizda ishbilarmon, tadbirkor, pul, milliy valyuta, bank, soliq kabi tushunchalar iboralarni tez- tez eshitib turamiz, bu so‘zlar, so‘z birikmalari borgan sari so‘z boyiligimizning ajralmas qismiga aylanmoqda.
Mamlakatimiz 1991yil mutaqillikka erishgach, jahon tajribasini rad etmagan xolda ijtimoiy taraqqiyotning o‘zinga xos va o‘ziga mos yo‘lini ishlab chiqdi hamda shu yo‘ldan bozor iqtisodiyoti sari yo‘l tutdi.
Respublikamizda bozor munosabatlariga o‘tishning mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov rahbarligida belgilangan quyidagi nazariy asoslari va mezonlari aniqlandi:
iqtisodni mafkuradan xoli bo‘lishi va uning siyosatdan ustuvorligi;
davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;
qonunlar va ularga rioya qilish ustuvorligi;
xalq manfaatlariga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni yurgizish;
bozor iqtisodiyotiga asta - sekin, bosqichma - bosqich o‘tib borish.
Bozorda tovar ayriboshlashning mohiyatini pul vositasi bilan ifoda etuvchi va bozorni boshqarib turuvchi ob‘ektiv iqtisodiy qonunlar bozor qonunlari deb yuritiladi. Bular jumlasiga:
Talab va taklif qonuni;
Pul muomalasi qonuni kiradi.
Bu qonunlar bozor munosabatlari soxasida amal qiladigan qonunlardir. Ular ob‘ektiv tarzda amal qiladi. Bozorda talab oshsa, narxni ham oshiradilar, agar pasaysa, narxni ham tushiradilar.
Bozor munosabatlariga o‘tish ishlab chiqarish vositalarini, barcha tovarlarni iste‘molchilarga bozor orqali erkin narxlarda sotish imkoniyatini yaratdi. Endi ushbu aloqalar ulgurji savdo bozorida tovar birjalari orqali amalga oshiriladi. Bu yerda ommaviy bir xildagi tovarlar (pahta, don, metall va boshqa) erkin narxlarda, naqd pulsiz, korxonalarning bankdagi maxsus hisob raqami orqali hisob-kitob yuritish yo‘li bilan sotiladi.
Tovar birjalari ham o‘zida, raqobat, talab, taklif, baho, narx kabi bozor mexanizmlarini mujassamlashtiradi. Birja bir tarafdan tovar sotish ilinjida bo‘lgan
sotuvchi tomon, ikkinchi tomondan o‘z talabini qondirish uchun
|
harakat qilayotgan
|
xaridor uchrashadigan joy bo‘lib, ular har ikkalasi ham
|
mustaqil xo‘jalik
|
sub‘ektlaridirlar. Oldi - sotdi jarayoni vositachi dalol – broker, diler, treyderlar orqali amalga oshiriladi. Birjada ham xuddi boshqa bozorda bo‘lgani kabi tovar narxi talab va taklif bilan bevosita bog‘liqdir.
Agar ishlab chiqaruvchi birjaga yangi, sifati yaxshilangan tovar olib kelsa, u o‘z moliga yuqori narx o‘rnatish huquqiga egadir. Bu xolda birja qatnashchilari ham ijobiy yondoshsalar ishlab chiqaruvchi olgan foyda o‘rtacha tarmoq foydasi ko‘rsatkichidan yuqori bo‘ladi. Bu o‘z navbatida boshqa ishlab chiqaruvchilarni
ishlab chiqarishni
|
katta
|
foyda keltiruvchi tovarni ishlab chiqarishga
|
qayta
|
jihozlashga undaydi.
|
Bu
|
xolda tadbirkorlar ko‘proq xaridorlarni jalb
|
qilish
|
maqsadida tovar narxini bir oz pastroq belgilaydi. Vaqt o‘tishi bilan yuqorida zikr
etilgan tovarga bo‘lgan extiyoj qondiriladi, bozor boyiydi- to‘yinadi, narxlar ma‘lum bir joyda to‘xtaydi. Agarda yangi tovar ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini sota olmasa, tovar kutilgan talab bilan quvvatlanmasa, tovar narxi asta – sekin pastga, birjadagi barcha mavjud partiya mollari sotib bo‘lingunga qadar tushib boradi.
Dostları ilə paylaş: |