3-ma’ruza: Qizil suvo‘tlar bo‘limi – Rhodophyta. Reja 1



Yüklə 61,5 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2022
ölçüsü61,5 Kb.
#120061
  1   2   3   4   5
3-ma’ruza


3-ma’ruza: Qizil suvo‘tlar bo‘limi – Rhodophyta.
Reja
1.Tallomi va hujayrasining tuzilishi, pigmentlari.
2.Sinflarga bo‘linish asoslari.
3.Bangiyasimonlar - Bangiophyceae va Florideyasimonlar – Florideophyceae sinflari, ularning asosiy vakillari.
Ma’ruza mavzusi bayoni
Qizil suvo‘ttoifalarini xromatofor tarkibida xlorofill "a" va "v" hamda karotinoidlardan (V-karotin, zeaksantin, anteraksantin, kriptoksantin, lyutein, neoksantin) pigmentlar bo‘ladi.
Yuqorida nomlari keltirilgan pigmentlardan tashqari xromatofor tarkibida suvda eriydigan qizil rang beruvchi - fikoeritrin va ko‘k rang beruvchi-fikotsian hamda allofikotsianin pigmentlar ham bo‘ladi. Bu pigmentlarni turli nisbatlarda qo‘shilishidan qizil suvo‘tlarning rangi qizil, pushti va och binafsha rangda bo‘ladi.Xloroplast po‘sti ikkita membranadan iborat bo‘lib, unda tilakoidlar yakka-yakka joylashgan. Tilakoid ustidan fikobisomlar o‘rnashgan. Genofora tarqoq bo‘lib, joylashgan. Ko‘pchilik qizil suvo‘ttoifalari vakillarida xromatofora plastinka yoki tariqsimon shaklda bo‘lib, pirenoidi bo‘lmaydi. Tuban vakillarida xromatofora yulduzsimon va pirenoidga ega fotosintez mahsuloti polisaxaridlardan "bagryan kraxmali" hosil bo‘ladi. Yod ta’sirida qo‘ng‘ir – qizil tusga kiradi. Hosil bo‘lgan zapas modda pirenoid va xromatofora atrofida yig‘ilmasdan, sitoplazmada to‘planadi. Qizil suvo‘ttoifalarining xarakterli belgilaridan biri shuki, ularda aktiv harakat qiladigan xivchinlistadiyalari bo‘lmaydi, bo‘ndan tashqari jinsiy ko‘payish murakkab tuzilgan organlar orqali bo‘ladi. Qizil suvo‘ttoifalari, qo‘ng‘ir suvo‘ttoifalar singari faqat dengizlarda o‘sadi.Qizil suvo‘ttoifalarni tallomi to‘zilishi jihatdan juda ham oddiy: bir hujayrali kokkoid (porfiridium), rizoidlari yordamida substratga birikkan va shoxlangan ipsimon (geterotrixal) vakillari ham uchraydi. Bundan tashqari tallomi, asosan, ipsimon bir, ikki yoki ko‘p qator hujayralardan tuzilgan yoki shoxlangan bo‘lib, ipsimon tallomning uchidagi hujayralarning bo‘linishi hisobiga o‘sadi. Tallomi plastinkasimon (porfira) parenximatik hujayralarini ko‘ndalangiga va eniga bo‘linishi hisobidan o‘sadi.Qizil suvo‘ttoifalarining hujayra po‘sti pektin moddasi aralashgan sellyulozadan iborat. Pektin moddasi ko‘pincha hujayraning bukishiga, tallomni doimo shilliqlanishiga olib keladi. Ba’zan hujayra devorida ohak to‘planadi. Yetuk murakkab (floridiyasimonlar) ajdodi vakillarining hujayrasi bo‘lingan vaqtda, hujayra devorida poralar uchramaydi. Hujayra protoplasti, protoplazma, bitta yoki bir necha yadro va juda ko‘p miqdorda donachasimon yoki lentasimon xromatoforalarga ega. Bangiyasimonlar ajdodining vakillarida yulduzsimon xromatofora bo‘lib, bitta markaziy perinoidga ajralgan.
Jinssiz ko‘payishi sporangiyda bittadan yalang‘och hujayra-monospora yoki to‘rttadan tetraspora hosil qilish vositasida bo‘ladi. Monospora tuban, tetrospora esa yuksak tuzilgan bo‘lib, diploidli sporofit (tetrosporofit) da hosil bo‘ladi. Mono va tetrosporalar yetilgandan so‘ng suvga tushadi, substratga yopishib o‘sib yangi individga aylanadi.
Jinsiy ko‘payishi oogoniya. Bu protsess murakkab tuzilgan jinsiy organlar orqali bo‘ladi. Qizil suvo‘ttoifalarni oogoniyasi karpogon deb ataladi. Floridiyasimon qizil suvo‘ttoifalarining karpogoni ikki qismdan iborat. U ingichka, chiqziq bo‘g‘izli qolibga o‘xshash bo‘lib, osti – qorincha, bo‘yni esa - trixogina deyiladi. Qorincha qismida yadro va xromatoforalari bo‘lib, trixogina rangsiz protoplazma bilan to‘lgan. Anteriydisi bir hujayrali, rangsiz bo‘lib, shoxlarining uchida, ko‘pincha, karpogon yonida, yoki boshqa to‘pda to‘da-to‘da holda o‘rnashadi va uning ichida bittadan sharsimon, harakatsiz erkak gameta - spermasiy hosil bo‘ladi.
Spermatsiy yetilgandan so‘ng, suv oqimi bilan harakat etib, karpogonining trixogina bo‘yinchasiga yopishadi. Shundan so‘ng ularni devori eriydi va spermatsiy yadrosi bilan qo‘shiladi. Karpogoniyni bazal qismi to‘siq bilan o‘ralib, trixoginadan ajraladi, keyin trixogina so‘lib qoladi. Zigota rivojlanib karposporalarga aylanadi.Kartogoniyni rivojlanish usullari qizil suvo‘ttoifalari sistematikasida muhim ahamiyatga ega. Ba’zi qizil suvo‘ttoifalarining zigotasi (urug‘langan karpogon) bo‘linib, harakatsiz spora-karpospora, boshqa bir xil turlarida urug‘langan karpogondan shohlangan iplar - gonimoblastar yetiladi, ularni hujayralaridan karposporangiy rivojlanadi. Har qaysi karposporangiydan bittadan karpospora hosil bo‘ladi. Nihoyat, ko‘pchilik qizil suvo‘ttoifalarning gonimoblastlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri urug‘langan karposporaning qorin qismidan o‘smasdan, qo‘shimcha auksilyar deb ataladigan hujayralardan rivojlanadi. Agar auksilyar hujayralari karpogondan yiroqlashgan bo‘lsa, u vaqtda karpogonning qorin qismidan qo‘shuvchi yoki ooblastem iplar o‘sadi. Bu ipchalar kopulyasiya qilingan yadrodan rivojlanadi; shuning uchun ooblastem ipchalar diploid yadroga ega. Ooblastem ipchalari o‘sib, auksilyar hujayralarga yaqinlashadi va po‘sti eriydi hamda bir-biri bilan qo‘shiladi, lekin o‘larni yadrolari (ooblastem hujayrasi diploid, auksilyar esa gaploidli) qo‘shilmaydi. Auksilyar hujayra qo‘shilgandan so‘ng, ooblastem hujayrasining diploidli yadrosining bo‘linishi tezlashib, undan diploid gonimoblastlar o‘sadi. Ana shu gonimoblastlardan diploidi karposporalar uyumi taraqqiy etadi. Gonimoblastdan karposporalar rivojlanagaligi uchun ularni karposporofit deb ataladi. Karposporalar o‘sib, undan yangi individ yetiladi. Karposporalar yakka joylashmay, ko‘pincha, uyum – sistokarp hosil qiladi.
Qizil suvo‘ttoifalarning ko‘pchilik turlarida nasllar navbatlanish takomillashgan bo‘lib, sporofit naslda tetrospora hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lish oldidan u reduksion bo‘linadi. Tetrasporaning o‘sishidan spermasiy va karpogonlarning qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladigan karposporalar diploid xromosomali bo‘ladi.

Yüklə 61,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin