3-mavzu. Bozor muvozanati modellari. Talab va taklif elastikligi



Yüklə 1,31 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/16
tarix04.06.2022
ölçüsü1,31 Mb.
#116610
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
3 mavzu
2 5449425230667711559


3-mavzu. Bozor muvozanati modellari. Talab va taklif elastikligi 
Reja: 
3.1. Talab elastikligi. 
3.2.Taklif elastikligi. 
Faraz qiling Amerikada ba’zi hodisalar benzin narxini oshiradi. Bu dunyoni neft 
bilan ta’minlashga halaqit beradigan o’rta sharqdagi urush, neft talabini oshiradigan 
Xitoy iqtisodiyotidagi portlash yoki Kongress tomonidan joriy qilingan benzinga yangi 
soliqlar bo’lishi mumkin
1
. Qo’shma Shtatlardagi iste’molchilar bunday yuqori narxga 
qanday munosabatda bo’ladi? 
Keng miqyosda bu savolga javob berish oson. Iste’molchilar kamroq sotib 
olishadi. Bu oddiygina talab qonunidir. Lekin siz aniqroq javob xohlashingiz mumkin. 
Benzin iste’moli qanchagacha tushushi mumkin? Bu savolga elastiklik tushunchasidan 
foydalangan holda javob berish mumkin. 
Elastiklik bozordagi o’zgarishlarga qancha sotuvchi va haridorlar javob 
qaytarganliklarini o’lchaydigan birlik. Ba’zi hodisa yoki siyosat bozorga qanday ta’sir 
qilayotganini o’rganayotganda, nafaqat uning ta’sir yo’nalishini, qolaversa ularning 
ko’lamini ham baxslashamiz. Elastiklik ko’plab hollarda foydali hisoblanadi. Biz buni 
bo’lim oxirigacha ko’rib chiqamiz. 
Davom etishdan oldin, siz benzin haqidagi savolning javobiga qiziqayotgandirsiz. 
Ko’plab tadqiqotlar benzin narxlariga iste’molchilarning munosabatini o’rganishgan va 
ular qisqa muddatdan ko’ra uzoq muddatda talab miqdori kam bo’lishini aniqlashgan. 
Benzin narxida 10 % o’sish uning iste’molini bir yildan so’ng 2.5 % ga, besh yildan 
keyin esa 6 % ga tushiradi. Chunki odamlar kamroq mashina haydashadi va yoqilg’i 
tejaydigan mashinalardan foydalanishadi. Bu ikki hodisa talab egri chizig’ida va uning 
elastikligida aks etadi. 
3.1. Talab elastikligi 
Biz 3-bo’limda talab tushunchasini ko’rib chiqqanimizda haridorlar odatda tovar 
narxi pastroq, ularning daromadlari yuqoriroq, o’rin bosuvchi tovarlar narxi balandroq, 
bir birining o’rnini to’ldiruvchi tovarlarning narxi pastroq bo’lganda ko’proq tovar harid 
qilishadi. Bizning tovarlarga bo’lgan talabimiz narxga bog’liq yoki bo’lmasligi 
mumkin. Biz o’zgarish o’lchamiga bog’liq bo’lmagan talab qilingan miqdor ko’chish 
yo’nalishlarini muhokama qilamiz. Bu o’zgaruvchan miqdorlardagi o’zgarishlarga
qancha iste’molchilar javob berishini o’lchash uchun iqtisodchilar elastiklik 
tushunchasidan foydalanishadi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə