3-Mavzu: Kaykovusning “Qobusnoma” asari va juvonmardlik tarbiyasi reja



Yüklə 138,76 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix23.02.2022
ölçüsü138,76 Kb.
#114640
3-Amaliy (1)



3-Mavzu:Kaykovusning “Qobusnoma” asari va juvonmardlik tarbiyasi 

REJA: 

1. 


Kaykovusning “Qobusnoma”asarining yaratilishi va tuzilishi. 

2. 


Asarda ilgari surilgan ta'lim-tarbiya va ahloq masalalari. 

3. 


“Qobusnoma”  asarida  barkamol  inson  tarbiyasida  qo`llaniladigan  metod  va  usullarning 

ifodalanishi. 

4. 

Javonmardlik tarbiyasi. 



5. 

“Qobusnoma”  asari  ilk  pandnoma  sifatida    yoshlarni  hayotga,  amaliy  faoliyatga 

tayyorlashdagi ahamiyati. 

 

Darsning    maqsadi:  Kaykovusning  “Qobusnoma”  asarining  yaratilishi,asarda  ilgari 

surilgan  ta'limiy  ahloqiy  masalalar,barkamol  inson  tarbiyasida  qo`llaniladigan  metod  va  usullar 

haqida tushuncha berish. 

 Darsdagi  asosiy  tushunchalar:  ”Pandnoma”,  ”ta'limiy-axloqiy  asar”,  ”pandnomai 

muluk”, adolat, davlat, aql ramzi, javonmardlik. 

 

Darsning  umumiy  metodlari:  og`zaki  bayon  qilish,  ko`rgazmalilik,  interfaol  metodlar, 

nazorat va o`z-o`zini nazorat. 



Talabalarga  qo`yiladigan  umumiy  talablar:  Qo`shimcha  adabiyotlarni  tahlil  qilish, 

konspektlash, ijodiy izlanuvchanlik, faol ishtirok, qo`yilgan muammolarni og`zaki bayon etish. 



O`qituvchiga  qo`yiladigan  talablar:  a)  talabalarni  jalb  etish;  b)  didaktik  maqsadni 

tushuntirish;  v)  faollashtiradigan  bilim  va  ko`nikmalarni  Rag`batlantirish;  g)  Aniq  reaktsiya 

paydo  qiluvchi  o`quv  materiallariga  yo`naltirish;  d)  talabalar  reaktsiyasini  rag`batlantirish,  ye) 

talabalar harakatini baholash. 

Dars  jarayonida  har  ikkala  tomondan  (o`qituvchi  va  talaba)  quyidagilarga  alohida  e'tibor 

beriladi:  Kerakli  bilimlarni    yetkazish  va  o`zlashtirish,  reproduktiv  darajadagi  ko`nikmalarni 

shakllantirish- qabul qilish, faoliyatni yaxlitligicha va qismlarga bo`lib ko`rsatish, ko`nikmalarni 

soddalashtirgan  sharoitda  berish-o`zlashtirish,  uzluksiz  qaytuvchan  aloqa  va  ijodiy 

mustahkamlashga  asoslangan  mustaqil  ishni  tashkil  etish,  izlanuvchan  yaratuvchanlik  fazasiga 

o`tish,  muammoli  vaziyatlar  yaratish,  imitatsion  modellash,  talabalarning  o`z  faoliyatini  o`zlari 

tahlil qilishi. 

Ta'lim  standarti  va  dasturiga  asosan  mavzu  mazmunini  ochishda  quyidgilarga  alohida 

e'tibor  beriladi:  Ming  yillarga  yaqin  davrdvn  beri  xalqni  ,  yoshlarni  hayotga,  amaliy  faoliyatga 

tayyorlashda  qo`llanma  bo`lib  kelayotgan  “qobusnoma”  asarining  muallifi  Unsurul  oliy 

Kaykovus  gilon  qabilasidan  bo`lgan.  Kaykovusning  o`z  ta'kidlaganidek,  butun  bir  asar  oxirigi 

bobida  ta'rif  berilgan  javonmardlik  tarbiyasiga  bag`ishlangan.  Kaykovus”...barcha  fikr  va 

tushunchalarim  sening  uchun  kitobga  yozdim  va  har  bir  ilm,har  hunar  va  har  peshakim  bilur 

edim,hammasini  qirq  to`rt  bobda  bayon  edim.”-deyish  bilan  har  bir  yoshning  aqliy,ahloqiy 




,jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog`langan holda kamolga yetkaztsh yo`llari va 

usullarini  bayon  etgan.  Kitobda  javonmardlar  egallashi  zarur    bo`lgan  quyidagi  yo`nalishlarda 

ta'lim-tarbiya  berish  nazariyasi  tutilgan:Kaykovus  bilim  haqida,hunar  va  turli  kasb  egalari 

haqida,turmush  va  xulq  odob  haqida,jismoniy  yetuklik  haqida.  Kaykovusning  “qobusnoma” 

asarida yoshlar tarbiyasida-javonmardlik talablaridan eng muximi –bu yuksak axloqlilik tarbiyasi 

ekanligii  keltiriladi.  Yoshlarda  insonga  nisbatan  insoniy  munosabatda  bo`lish,  adolatlilik, 

samimiylilik, saxiylik, mardlik kabi xislatlarni tarkib toptirini istaydi va shuningdek,doim yaxshi 

kishilar  bilan  xamkor  bo`lishni,  kishining  o`zi  ham  ezgu,  yaxshi  ishlar  qilib  yashsa,  yaxshi 

natijaga erishishi mumkinligini ta'kidlaydi. 

ADABIYOTLAR 

1. 


I.A.Karimov Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. «Muloqot» jurnali. 1998 yil, 5-soni. 

2. 


I.A.Karimov Manaviy yuksalishi yo`lida. Tosh.O`zb.  1998 y 

3. 


Kaykovus  «Qobusnoma» 2-nashr «Istiqlol».1994 y. 

4. 


Mirtursunov Z.F.O`zbek xalq pedagogikasi. T. Fan. 

5. 


Rajabov S. R. Tarbiya va o’qitish haqida klassik ta’limot. T. «Fan» 1971 yil. 

6. 


O`zbek pedagogikasi tarixi. (prof. A.Zunnunov taxr.ostida)T.O`qituvchi 1997y 

7. 


Hasanboev J, Hasanboeva O, X.Hamidov “Pedagogika tarixi”T. O`qituvchi.1997y 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Yüklə 138,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin