3 Topshiriq
1
.
Areallar deganda nimani tushunasiz?
Biogeografiyaning asosiy ob’ekti flora, fauna va arealdir. Biogeografiya
fanining vazifalari: zamonaviy biogeografiyaning asosiy masalalaridan biri - tabiiy
va antropogen omillar ta’sirida flora va fauna o‘zgarishining xilma-xil sabablarini
va yo‘nalishlarini aniqlashdan iborat.
Areal yer yо‘zidagi floristik, faunistik va biotik oblastlar, balandlik
mintaqalari, dunyo okeanini biogeografik rayonlashtirish va boshqa shunga
о‘xshash kо‘pdan-kо‘p bilimlarni beradi. О‘simlik va hayvonot resurslaridan
oqilona foydalanish tabiiy muvozanatni va muvozanati bо‘lgan ekosistemalar,
landshaftlar holatini yaxshilash masalalarini о‘ganish va tahlil qilish
biogeografiyaning о‘rganish doirasiga kiradi.
Biogeografiya fanining yo‘nalishlarini ikki guruhga ajratish mumkin:
1.
Biogeografik tadqiqotlar yo‘nalishi.
Mazkur yo‘nalish juda turli-tumandir; arealografiya - areallarning
tiplari, ularning tarkibi va paydo bo‘lishi haqidagi ta’limot; floristika
va faunistika – flora va faunaning tur tarkibini qiyosiy jihatdan
o‘rganish; geografik biogeografiya - alohida sistematik birliklarning
(masalan: kaktuslar, vereshatniklar, ilonlar, kemiruvchilar va
boshqalar) tarkalishini o‘rganish; geozoologiya va geobotanika –
landshaftdagi o‘simlik va hayvonlar kompleksini o‘rganish (mazkur
yo‘nalish tadqiqot uslubi sifatida miqdoriy hisoblarni keng qo‘llaydi
turli amaliy tadbirlar uchun asos bo‘la oladi); ekologik va tarixiy
biogeografiya yo‘nalishi (biogeografiyaning mazkur tadqiqot
yo‘nalishlari haqida yuqorida aytib o‘tilgan).
2.
Biogeografiyaning asosiy rivojlanish yo‘nalishlari.
Alohida turlar va birmuncha yirik taksonlarning areallarini o‘rganishni
kelajakda davom ettirish (areallarning hozirgi chegaralarini, ularning
tarkibini, xo‘jalik ahamiyatiga ega kam sonda uchrovchi va yo‘qolib
borayotgan turlar sonining o‘zgarishidagi qonuniyatlar va sabablarni
aniqlash); o‘simlik va hayvonlar guruhining geografiyasini o‘rganish,
ya’ni alohida hududdagi turlar majmuasining mavjudligi va paydo
bo‘lishi qonuniyatlarini, bu majmuaning o‘zgarishiga olib keluvchi
(tur tarkibini, sonini va organizmlar massasini) sabablarini o‘rganish;
kelajakda faunistik komplekslarning hududiy taqsimlanishini aniqlash,
ularning shakllanish yo‘llari va sabablarini, dinamikasini, ichki
tuzilishini, tarkibidagi o‘zgarishlarni va insonning ta’sirini o‘rganish;
tirik organizmlar va landshaftning o‘zaro munosabatlarini o‘rganish.
Dostları ilə paylaş: |