31-sonli ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabning boshlang`ich sinf o`qituvchisi onajon saidjonovaning 2015-2016 O`quv yilining I -yarim yillikda qilgan ishlari hisoboti



Yüklə 1,23 Mb.
tarix03.05.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#126267
hisobot 3-Д синф




41- maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi Kuralova Nargiza Yuldashevnaning 2022-2023-o’quv yilining 1-choragida qilingan ishlar bo’yicha
HISOBOT
Men Kuralova Nargiza Yuldashevna 41- umumiy o’rta ta’lim maktabida boshlang’ich sinf o’qituvchisi bo’lib ishlab kelmoqdaman . Ma’lumotim oliy. 2022 -2023-o`quv yilida 3- “D” sinfiga rahbarlik qilish bilan birga shu sinfda ona tili va o’qish savodxonligi, matematika, tabiiy fan, tarbiya, texnologiya, tasviriy san’at fanlaridan dars mashg’ulotlarini olib bormoqdaman.Sinfimda 33 nafar o`quvchi bo`lib,shundan 20 nafari qiz bolalarni tashkil qiladi.
O’quvchilarim bilan birgalikda o’quv yilini Mustaqilligimizning 31-yilligiga bag’ishlab, ochiq dars o’tkazish bilan boshladik. Darsda o’quvchilarim she’r, Vatan haqida qo’shiqlar aytishdi.O’IBDO’ Tuychiyeva M.R. darsimizni yuqori ball bilan baholadilar. Sentabr oyi Boshlang’ich ta’lim fan oyligida sinfimiz bilan faol ishtirok etdik. Matematika fanidan “Uch xonali sonlar” mavzusida, ona tili va o’qish savodxonligidan “ Navoiyning bolalagi” mavzusida ochiq dars o’tdim. Darsda ustozlar tashrif buyurishdi.

Ustoz otangday ulug’” mavzusida ochiq sinf soati o’tkazdim. Sinf soatida ustozni ulug’lovchi she’r va qo’shiqlar ayttirildi.”O’zbek tili- Davlat tili” mavzusida tadbir o’tkazdim.Tadbirga ota-onalar va buvijonlar ham taklif etildi.




Birinchi chorak yakuni bo’yicha sinf majlisi o’tkazilib, ota-onalarni farzandlarining choraklik baholari bilan tanishtirdim.
2-masala “Tarbiyada otaning roli ” mavzusi bo’lib, bunda otalar oilaning ustuni ekanligi , farzand tarbiyasiga jiddiy qarash kerakligi aytildi. Otalar darslarga tashrif buyurib , farzandlarining mashg’ulotlarda qanday qatnashishi, o’qishlari va tarbiyasi bilan qiziqishlari mumkinligini aytdim.


O’quvchilarim sport to’garagining shashka bo’yicha musobaqalarida faol ishtirok etishdi.


Ustoz – bola qalbiga ezgulik urug`ini qadaydigan bog`bon. Bog’bon niholga qanchalik mehrini berib o’stirsa, uning mevasi shunchalik shirin bo’ladi. Shunday ekan O`zbekistonimiz kelajagi bo`lmish yosh avlodga bor kuch- g’ayratim va mehrimni ayamasdan ta`lim-tarbiya berib kelmoqdaman.


Sinf rahbari: Kuralova N.Y.
Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin