4-mavzu: Ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy hujjatlar Reja



Yüklə 33,47 Kb.
səhifə1/5
tarix05.10.2023
ölçüsü33,47 Kb.
#129724
  1   2   3   4   5
4 mavzu MTITEM


4-mavzu: Ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy hujjatlar


Reja:

  1. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari

  2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha qarorlari

  3. Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi joriy hujjatlari va ularda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish yo‘llari



O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Respublika “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatсhilik markazini tashkil etish to'g'risida
1. O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda, istiqlol yo'lida buyuk davlat barpo etishda ma'naviyat va ma'rifat omillarini hisobga olgan holda umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg'unligiga asoslangan fuqarolik jamiyati qurish borasidagi fikr-mulohazalarni va takliflarni e'tiborga olib, respublika “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazi tashkil etilsin.
2. Markazning samarali faoliyati va o'z maqsadi yo'lidagi vazifalarni izchil bajarishi uchun, milliy tafakkurni rivojlantirish, ma'naviyat va ma'rifatni yanada kamol toptirishga ko'maklashish niyatida, unga 6-8 bosma taboq hajmida “Tafakkur” nomli jurnalni chop etish, noshirlik ishlarini yuritish huquqi berilsin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari markazni va uning joylardagi tarkibiy tuzilmalarini tashkil etish bo'yicha zarur chora-tadbirlarni ko'rsinlar.
4. Moliya vazirligi (B.Hamidov) va boshqa tegishli tashkilotlar markazni hamda jurnal tahririyatini asosiy faoliyati uchun zarur bo'lgan mablag', ashyo jihozlar bilan ta'minlasinlar.
5. Vazirlar Mahkamasi “Ma'naviyat va ma'rifat” markazining ishlariga tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida o'z qarorini qabul qilsin.
6. Toshkent shahar hokimligi (A.Fozilbekov) markazni va uning jurnali tahririyatini Toshkent shahri, Otaturk ko'chasidagi 24-binoga joylashtirish.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.KARIMOV
Toshkent shahri, 1994 yil 23 aprel'
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori
Respublika “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatсhilik markazining faoliyаtini
tashkil etish to'g'risida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazini tashkil etish to'g'risida” 1994 yil 23 apreldagi Farmonining bajarilishini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi


Q A R O R Q I L A D I:
1. Belgilab qo'yilsinki, respublika “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazi keng omma bilan hamkorlikda ishlovchi, davlat byudjetidan mablag'lar bilan ta'minlanish bilan bir qatorda xo'jalik hisobida ham ish yurituvchi ijtimoiy tashkilotdir.
Respublika “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazi tizimining tuzilishi va Markaz Kengashining tarkibi tasdiqlansin.
Respublika “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazining Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo'limlarini moliyaviy ta'minlash va ular tomonidan barcha xildagi tarbiyaviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazish xarajatlari tegishlicha mahalliy byudjetlar va xo'jalik faoliyatidan tushgan daromadlar hisobidan qoplanishi qayd qilinsin.
2. Respublika “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazi devoni va uning quyi bo'limlarining tuzilishi va shtatlari jadvali (texnik xodimlar bundan mustasno) tasdiqlansin.
Markazga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan rahbar boshchilik qilishi belgilab qo'yilsin. Markaz rahbariga Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ikkita, jumladan bitta jamoatchilik asosida ishlaydigan o'rinbosarlarga ega bo'lishga ruxsat berilsin.
Respublika “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazining xodimlari moddiy-maishiy, tibbiy ta'minot jihatidan respublika vazirliklarining tegishli toifadagi xodimlariga tenglashtirilsin.
3. Markazning asosiy vazifasi va faoliyat yo'nalishlari quyidagilardan iboratligi e'tiborga olinsin:
- sotsiologik tadqiqotlar, so'rovlar o'tkazish orqali o'zbek xalqining boy ma'naviy-madaniy merosi, sharqona va umuminsoniy qadriyatlar asosida mamlakat, millat kelajagini belgilaydigan ilg'or g'oyalarni yuzaga chiqarish hamda hayotga tatbiq etish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
- jamiyatdagi sog'lom kuchlar – yuksak iste'dod va tafakkur sohiblarining aqliy – ijodiy salohiyatini Vatan istiqboli sari yo'naltirish;
- millatlararo do'stlik, hamjihatlikning ahamiyatini, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlashni, mintaqamizda, yashayotgan millatlarning madaniy, ma'rifiy, ma'naviy taraqqiyot ildizlari mushtarakligini targ'ib qilish;
- madaniy-ma'rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy taraqqiyot yo'nalishlari bilan bog'liq omillari, milliy davlatchilik qadriyatlarini o'rganish va targ'ib qilish;
- jahoniy, umumbashariy, boyliklarga ega bo'lish maqsadida mamlakatdagi va dunyodagi xilma-xil mafkura, e'tiqod, g'oyalarni o'rganish, sog'lom dunyoqarashni hamda siyosiy madaniyatni shakllantirishda ishtirok etish;
- jamoat birlashmalari, ilmiy, ijodiy muassasa va tashkilotlarning, ommaviy axborot vositalarining o'zaro samarali hamkorligiga ko'maklashish;
- ma'naviy-ma'rifiy masalalarga doir ma'ruzalar, anjumanlar, suhbatlar o'tkazish.
4. O'zbekiston ziyolilari ilmiy-ma'rifiy uyushmasi II navbatdan tashqari qurultoyining mazkur uyushmani tugatilgan deb hisoblash, uyushma hamda uning tarkibidagi tashkilotlar, korxonalar va muassasalar ixtiyoridagi pul mablag'lari, ko'chmas mulklarni Markaz ixtiyoriga berish va Markazni uyushma mol-mulkining qonuniy vorisi deb e'lon qilish haqidagi qarori ma'lumot uchun qabul qilinsin.
5. Moliya vazirligi (B.Hamidov):
1994 yilning iyun' oyidan boshlab Markazni hamda “Tafakkur” jurnali tahririyatini ularning asosiy faoliyati uchun zarur bo'lgan mablag' bilan ta'minlasin va har yili byudjetni shakllantirishda tegishli mablag' ajratilishini nazarda tutsin;
Markaz joylashgan: Otaturk ko'chasidagi 24-binoni ta'mirlash harajatlarini taqdim qilingan haqiqiy hisob-kitoblar asosida qoplansin;
Markazga va uning tahririyatiga xizmat ko'rsatish uchun 3 ta yengil avtomobil' saqlashga limit ajratsin.
6. Moddiy-texnika ta'minoti masalalarini zudlik bilan hal qilish hamda Markaz va uning joylardagi bo'linmalarining normal faoliyati uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida:
Markaz huzurida o'zbek xalqi madaniy merosi namunalarini to'plash, ilmiy tahlil qilish va ommalashtirish bilan shug'ullanadigan xo'jalik hisobida ishlovchi video-fotostudiya tuzilsin. To'plangan video, audio, foto materiallar asosida madaniy meros fondi tashkil etilsin.
Fan va texnika davlat qo'mitasi 1995 yildan boshlab “Ma'naviyat va ma'rifat” markazining sotsiologik tadqiqotlar tematikasini tanlov orqali mablag' bilan ta'minlanuvchi ishlar ro'yxatiga kiritsin;
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi va Fanlar Akademiyasi o'quv yurtlari professoro'qituvchilarining va olimlarining Markaz o'tkazadigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda keng ishtirok etishini ta'minlasinlar;
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddat ichida Markazning joylardagi bo'limlariga belgilangan tartibda amaldagi normalarga muvofiq xizmat xonalari, mebel', jihozlar ajratsinlar, telefonlar o'rnatib bersinlar;
Toshkent shahar hokimligi (A.Fozilbekov) Toshkent shahri Otaturk ko'chasidagi 24-binoni bir haftalik muddatda Markazga to'la bo'shatib berib, shuningdek uni ikki oy muddat ichida ta'mirlashni ta'minlasin;
“Sharq” kontserni Markazning bir yilga to'rt marta chiqadigan “Tafakkur” jurnalini o'z vaqtida chop etish va noshirlik faoliyatini yuritish bilan bog'liq barcha ishlarini bajarsin;
Madaniyat ishlari vazirligi markaz huzurida shahar kutubxonasining bo'limini tashkil etsin;
Davlat matbuot qo'mitasi respublika “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazini nashr nusxalari majburiy yuboriladigan tashkilotlar ro'yxatiga kiritsin. Har yili markaz xodimlari tayyorlagan ilmiy-tadqiqot ishlari, tavsiyanomalarni nashr etishni nashriyotlarning rejasiga kiritish choralarini ko'rsin;
O'zbekiston Teleradiokompaniyasi belgilangan ko'rsatuvlar va eshittirishlar soatlari doirasida Markaz uchun alohida efir vaqti ajratishni nazarda tutsin;
“Toshshaharyo'lovchitrans” uyushmasi ajratilgan limitga muvofiq markazga avtotransport xizmati ko'rsatsin;
Aloqa vazirligi belgilangan tartibda Markaz va “Tafakkur” jurnali uchun xizmat telefonlari, shu jumladan, hukumat ATSidan telefon va boshqa aloqa vositalari o'rnatib bersin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining o'rinbosari M.Qoraboev zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I.KARIMOV
Toshkent sh., 1994 yil 8 iyun' № 288

Yüklə 33,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin