40-umumta’lim maktab direktorining



Yüklə 262,5 Kb.
tarix01.01.2022
ölçüsü262,5 Kb.
#106434
40-maktab 23-buyruq bo'yicha




40-umumta’lim maktab direktorining

BUYRUG’I

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 11-martdagi “ Xalq ta’limi muassasalarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq hasharini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 65-sonli, Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2021-yil 11-martdagi 23-sonli va Dehqonobod tuman xalq ta’limi bo’limining 2021-yil 12-martdagi 37-sonli bu‘yruqlarining ijrosi haqida

“Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, hududlarning epidemiologik osoyishtaligini saqlash, sog‘lom turmush tarzi va sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib qilgan holda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlash, shuningdek, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 martdagi 96-F-son farmoyishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 11 martdagi ’‘Xalq ta’limi muassasalarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq hasharini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 65-sonli Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2021-yil 11-martdagi 23-sonli va Dehqonobod tuman xalq ta’limi bo’limining 2021-yil 12-martdagi 37-sonli bo‘yruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:



  1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2021 yil 11 martdagi ’‘Xalq ta’limi muassasalarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq hasharini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 65-sonli Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2021-yil 11-martdagi 23-sonli va Dehqonobod tuman xalq ta’limi bo’limining 2021-yil 12-martdagi 37-sonli bo‘yruqlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

  2. 2021 yil 13 mart kuni umumta’lim maktabida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o‘tkazilsin.

  3. Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  4. Ishchi guruh tomonidan qo‘yidagi tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilsin:

-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 10-maydagi 349-son qaroriga muvofiq umumxalq hasharini tegishli tashkilotlar hududiga mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda o‘tkazilishini nazorat qilish;

-umumxalq hashari doirasida bo‘lmagan boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan, qurilish-ta’ mirlash va qishloq xo‘jaligi ishlariga majburiy jalb etishga qat’iy yoi qo‘yilmagan holda, obodonlashtirish. ko‘kalamzorlashtirish, ish o‘rinlarini tartibga keitirish ishlarini amalga oshirish;

-ushbu targ‘ibot-tashviqot tadbirlarida joylarda ish beruvchilar tomonidan hasharda ko‘zda tntilgan ishlar uchun ishchilami majburiy tarzda jalb etishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik, shunday holatlarga yo‘l qo‘yilgan xodimlarga jazo choralarini kuchaytirish;

-muassasalar hududidagi daraxtlami oqlash va butash, ariqlar, yo‘laklar va sport maydonlarini tartibga keltirish, qurilish va maishiy chiqindilami tashkiliy ravishda to‘plash va alohida belgilangan joylarda olib chiqilishini ta’minlash;

-umumxalq hasharini ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.


  1. Barcha pedagog va ishchi-xizmatchi xodimlarga O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining tumandagi hisob raqamlariga xodimlarning tashabbusi (hohish - istaklari) ga ko‘ra ularning shtat jadvalida belgilangan budjet mablag‘laridan bir kunlik ish haqi o‘tkazilishi tavsiya etilsin.

  2. M MIBDO’ (Y. Poyanov) ushbu buyruqni bir kunlik muddatda umumta’lim maktabi barcha xodimlariga yetkazilishini ta’minlasin.

  3. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.

40-maktab direktori:……………….. U. Xoliqulov.


Yangiqishloq q



2021 yil“12.” Mart

21 -son



40-maktab direktorining

2021 yil “12” mart

21-sonli buyrug;iga



1-ILOVA
40-umumta’lim maktabida 2021-yil 13-mart kuni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi

TARKIBI

1. U. Xoliqulov - Maktab direktori, Rais.

2. Y. Poyanov - MMIBDO’ , kotibi
A’zolar:

3. A. Aliqulov - O’TIBDO’, a‘zo

4. N. Shonazarov - Ruhshunos, a‘zo

5. B. Ostonov - CHQTB rahbari, a‘zo



6. Q. Almardanov - O’qituvchi, a‘zo

7. X. Bo’riyev. - O’qituvchi, a‘zo
Yüklə 262,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin