5- mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish



Yüklə 235,32 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix18.05.2022
ölçüsü235,32 Kb.
#115990
5-мавзу амалий



5- mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish 
Tashkilotlar tushunchasi va ularning tavsifi.Tashkilotning yashash davri. 
Tashkilotlarning ichki muhit. Tashkilotlarning tashqi muhiti. Tashkilot ichki va tashqi 
muhitining omillari va o‘zgaruvchanligi. Tashkilotlar faoliyatini turkumlashtirish. 
Tashkiliy tuzilmalarning turlari. Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi. Mehnatni gorizontal 
bo‘linishi. Mehnatni vertikal taqsimlanishi. To‘g‘ri chiziqli tuzilma. Boshqaruvning 
vazifaviy tuzilishi. To‘g‘ri chiziqli vazifaviy tuzilma. Boshqaruvning to‘g‘ri chiziqli - 
shtabli tuzilmasi. Boshqaruvning matritsa tuzilmasi. Divizional (yoki bo‘limli) tashkiliy 
tuzilma. Mahsulotli tashkiliy tuzilma. Mintaqaviy tashkiliy tuzilma. Iste’molchiga 
qaratilgan tashkiliy tuzilma. Boshqaruvning kombinasiyalashtirilgan tuzilmasi. Asosiy 
tashkiliy-xuquqiy shakllar. Ma’suliyati cheklangan jamiyat. Ko‘shimcha ma’suliyatga ega 
jamiyat. Aksiyadorlik (hissadorlik) jamiyati. Shoʻba va bog‘liq jamiyatlar. Davlat unitar 
korxonalari. Notijorat tashkilotlar. Matlubot kooperativi. Kartel.Sindikat. Trest. Konsern. 
Konsorsium. Sanoat xoldinglari. Tadbirkorlar uyushmalari. Virtual korporasiya. 
Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar. Tarmoqli tashkilotlar. 
Tashkilotlarning yangi turlari. Tashkilotlarni strategik boshqarish. Strategik boshqaruv 
tuzilmasi. Strategik maqsadlarini belgilash. Strategiyani tanlash. Tashkiliy o‘zgarishlarni 
boshqarish. Tashkiliy o‘zgarishlarni amalga oshirish modellari. Boshqaruvning 
samaradorligi. 
TOPSHIRIQLAR. Mavzuga oid qo‘shimcha adabiyotlar, internet materiallaridan 
foydalanib mavzuni mustahkamlash. Mamlakatimizda xorijda faoliyat olib borayotgan 
kompaniya va firmalarda marketing dasturi ishlab chiqish va uni amalga oshirish 
jarayonlari haqida ma’lumotlar to‘plash, o‘rganish va tahlil qilish. 
VAZIFA. «QANDAY?» IYeRARXIK DIAGRAMMASI - muammo to‘g‘risida 
umumiy tasavvurlarni olishga, uning yechimini topish usul va vositalarini topishga imkon 
beruvchi mantiqiy savollar zanjiridan iborat.
Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. 
«Qanday?» diagrammasini tuzish bo‘yicha o‘quv topshirig‘iga
yo‘riqnoma 

«Qanday?» diagrammasini tuzishdan avval, siz quyidagilarni bilishingiz kerak: 
ko‘p hollarda Sizga muammolar hal etishda «Nima qilish kerak?» haqida o‘ylashga 
hojat bo‘lmaydi. Muammo yechimini topish uchun asosan «Buni qanday qilish 
kerak?» qabilida bo‘ladi. «Qanday?» - muammoni hal etishda asosiy savol 
hisoblanadi. 
1. Doira chizing va uning ichiga yechilishi lozim bo‘lgan muammoni yozing. 
2. Ketma-ket ravishda «Qanday?» savolini qo‘ying va shu savolga javob bering. Shu tartibda 
savollarni ketma-ket berib boravering va javoblarni o‘ylab o‘tirmasdan, solishtirmasdan, 
baholamasdan, tez-tez yozishda davom eting. 
Maslahat va tavsiyalar: 
3. Yangi g‘oyalarni grafik ko‘rinishda qayd etishni o‘zingiz hal eting: daraxt yoki kaskad 
ko‘rinishida, yuqoridan pastga yoki chapdan o‘ngga. Eng muhimi esda tuting: nisbatan 


ko‘p miqdordagi foydali g‘oyalar va muammo yechimlarini topishga imkon beradigan 
usul eng maqbul usul hisoblanadi. 
Agarda siz muammoni yechimini topish uchun to‘g‘ri savollar bersangiz va uning 
rivojlanish yo‘nalishini namoyon bo‘lishida ishonchni saqlasangiz, diagramma, siz har 
qanday muammoni amaliy jihatdan yechimini topishingizni kafolatlaydi 
Ushbu innovasion ta’lim texnologiyasi asosida mavzuga oid ikki-uchta tushunchalarni 
solishtirish va tahlil qilish. 
Nazorat va mulohaza uchun savollar. 
1. Tashkilotlar tushunchasi. 
2. Tashkilotning yashash davri deganda nimani tushunasiz?
3. Tashkilotlarning ichki va tashqi muhitini tavsiflang.
4. Tashkilot ichki va tashqi muhitining omillarini aytib bering.
5. Tashkiliy tuzilmalarning turlarini sanab bering.
6. Mehnatni vertikal taqsimlanishi. 
7. To‘g‘ri chiziqli tuzilmaning boshqaruvdagi o‘rnini yoriting.
8. Boshqaruvning vazifaviy tuzilishini ayting. 

Yüklə 235,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin