6-Laboratoriya ishi Ishning nomi



Yüklə 492,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix14.03.2022
ölçüsü492,49 Kb.
#114838
  1   2
6-Lab



6-Laboratoriya ishi  

Ishning  nomi:    Darsdan  tashqari  mashg„ulotlarning  me‟yoriy  hujjatlarini 

tayyorlash. 



Ishning  maqsadi:  Darsdan  tashqari  mashg„ulotlarning  me‟yoriy  hujjatlarini 

tayyorlashni o„rganish. 



Ish uchun kerakli  jihozlar: Kompyuter, proyektor  

Ish haqida nazariy ma‟lumot 

Dunyoda  axborot-kommunikatsion  texnologiyalarning  jadal    rivojlanishi    va  

hukumatimimizning    axborot-kommunikatsion    texnologiyalari    sohasida    olib  

borayotgan  izchil  siyosati  maktablarda  informatika  fani  mazmunini  muttasil  

yangilab  borishni  taqozo  etadi. Shu  o„rinda  o„quvchi  egallashi  lozim  bo„lgan  

bilim    va    ko„nikmalarni    belgilab    beruvchi    Davlat    ta`lim    standartlari,  o„quv 

dastur va rejalarining mukammal bo„lishi katta ahamiyatga ega.  

Informatika  fani  bo„yicha  darsdan  tashqari  mashg„ulotlarni  belgilashda 

ularning foydali uslubini ishlab chiqish uchun  darsni tashkil etish va  boshqa turlar 

bilan o„zaro bog„liq bo„lgan  ba‟zi bir umumiy talablar mavjud.  

Informatika  bo„yicha  darslar,  darsdan  tashqari  mashg„ulotlar  va  ixtiyoriy 

darslarini  tashkil  etish  shakllari  va  uslublari  mazmunidagi  izchillik  informatikani 

o„qitish  maqsadlari,  o„quvchilarni  har  tomonlama  rivojlantirish  va  tarbiyalash 

orqali belgilanishi kerak. 

Informatika  bo„yicha  darsdan  tashqari  mashg„ulotlar  maqsad  va  vazifalarini 

e‟tiborga olib, darsdan tashqari mashg„ulotlarlarning mohiyatini aniqlash va tashkil 

etishga xarakterli bo„lgan uslubiy va maxsus prinsiplarini ko„rib chiqamiz. 

Informatikani  o„qitishda  tarixiy  materialdan  foydalanish  prinsipilari 

umumta‟lim  maktablarida  darsdan  tashqari  mashg‟ulotlarda  ishlatish  samarali 

hisoblanadi.   

Informatika bo„yicha faol va natijaviy darsdan tashqari mashg„ulotlardan biri-

bu  to„garakdir.  To„garak  asosida  ixtiyoriylik  prinsipi  yotadi.  Odatda  to„garaklar 

faol  va  iqtidorli  o„quvchilar  uchun  tashkil  etiladi.    Ammo    ba‟zida  bilimi  sayoz  

o„quvchilar  ham  to‟garak(darsdan  tashqari  mashg‟ulotlar)ga  qatnashish  xohishini 

bildiradilar  va  to„garakda  yaxshi  natijalarga  erishadilar.  To„garak  ishini  ikki 

yo„nalishga ajratsa bo„ladi.   

Birinchisi,  asosan,  fikrlashni  rivojlantirishga  va  hisoblash  texnikasi, 

informatikaga bo„lgan boshlang‟ich qiziqishni shakllantirishga yo„naltirilgan.  

Ikkinchisi,  informatika  bo„yicha  bilimlarni  chuqurlashtirish  va  dasturlash 

tillarni o„rganish.  

“Kompyuter  savodxonligi” to„garagini tashkil etishni ko‟rib chiqamiz. 

To„garakning  maqsadi  o„quv  jarayonida  olingan  bilim  va  ko„nikmalarni 

mustahkamlash,  hozirgi  kunda  dolzarb  bo„lgan  mavzularni  o„quvchilarga 

etkazishdan iborat.  

To„garakning  asosiy  vazifalari  o„quvchilarga  zamonaviy  kompyuter 

texnikasining tuzilishi, tarkibi, ishlash mexanizmi va imkoniyatlari, yangi axborot 

texnologiyalarining  jamiyatning  ijtimoiy  va  iqtisodiy  taraqqiyotidagi  muhim 

ahamiyati  va  inson  faoliyatining  turli  jabhalariga  ijobiy  ta`siri  haqida  tasavvur 

hosil qilishdir. 



To„garak ishining mazmuni axborot texnologiyalari, kompyuterda masalalar 

yechish texnologiyalari, axborot texnologiyalarining istiqbollari haqida ma`lumot 

berishdan iborat.   To„garakning  a`zolari aniqlanadi va taqvim-mavzu  rejasi ishlab 

chiqiladi. 



 


Yüklə 492,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin