6-ma’ruza.
O‘lchashlarning sifat me’zonlari hamda o‘lchash vositalarining metrologik
xususiyatlari.
Reja:
1.
O‘lchash jarayonidagi sifat me’zonlari.
2.
O‘lchash xatoliklari, ularning turlari.
3.
O‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari.
1. O‘lchash jarayonidagi sifat me’zonlari.
Har bir narsani sifati bo‘lganligi kabi o‘lchashlarning
sifati va uning
mezonlari mavjud. Bu mezonlar o‘lchashlardagi asosiy tavsiflarni ifodalaydi.
O‘lchash
sifati
aniqlik, ishonchlilik, to‘g‘rilik, yaqinlilik va qaytari-
zuvchanlik,
xuddi shunday yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolik o‘lchami bilan
tavsiflanadi.
O‘lchash aniqligi
deganda olingan natijalar o‘lchanayotgan
kattalikning
chinakam qiymatiga yaqinligini ko‘rsatadigan o‘lchash sifati tushuniladi.
Miqdor
jihatdan aniqlik nisbiy xatolik moduliga teskari tarzda baholanadi. Masalan,
o‘lchash xatoligi 10
-3
bo‘lsa, uning aniqligi 10
3
bo‘ladi.
O‘lchash ishonchliligi
– o‘lchash natijalariga ishonch darajasini belgilovchi
mezon hisoblanadi va o‘lchanayotgan kattalikning chinakam qiymati (miqdori)
belgilangan chegaralardaligi ehtimolligi bilan tavsiflanadi.
Ushbu ehtimollik
ishonchli (ishonch ehtimolligi) deyiladi.
O‘lchash to‘g‘riligi
– o‘lchash natijalaridagi muntazam xatoliklarning nolga
yaqinligini ko‘rsatadigan o‘lchash sifati.
O‘lchash natijalarining yaqinliligi
– bir xil sharoitda o‘tkazilgan o‘lchash
natijalarining bir-biriga yaqinligini ko‘rsatadigan o‘lchash sifati. O‘lchash
natijalarining yaqinligi o‘lchash natijasiga tasodifiy xatoliklarning ta’sirini aks
ettiradi.