6 tarix 1-5 mavzular



Yüklə 41 Kb.
tarix11.01.2023
ölçüsü41 Kb.
#122151
6 tarix 1 bob yangi darlik asosida


6 tarix 1-5 mavzular
1. Quyidagilardan Teshiktosh (Surxon vohasi) g`ori
bilan bog`liq to`g`ri ma`lumotlarni aniqlang.
1) So`nggi paleolit davriga oid hisoblanib, eng qadimgi rasmlar topilgan; 2) O`rta paleolit davriga oid hisoblanadi; 3) Ushbu qadimiy g`or Toshkent hududidan topib o`rganilgan; 4) Ushbu g`or Bo`ysun tog`larida joylashgan bo`lib, qoplon va kiyik suyak qoldiqlari topilgan; 5) 8-9-yashar kromonyon bola suyak qoldiqlari o`rganilgan; 6) Ushbu g`ordan topib tekshirilgan neandertal bolaning suyak qoldiqlari eng mashhur topilmadir
A) 1,3,4,6 B) 2,4,6 C) 1,3,5 D) 2,3,4
2. Quyidagilarni tahlil qilib, nuqtalar o`rniga mos
mantiqan keluvchi javobni toping.
1) Altamir – Ispaniya
2) Obishir – Farg`ona
3) Boshqirdiston - . . . ;
4) Qo`shilish - . . . ;
A)Rossiya, Surxondaryo B) Ispaniya, Toshkent
C) Germaniya, Xorazm D) Rossiya, Toshkent
3. Berilgan voqealardan qaysi biri boshqalariga
nisbatan oldinroq yuz bergan?
A) Buyuk Muzlik davri boshlandi
B) Odamlar ishlab chiqaruvchi xo`jalikka o`ta
boshlashdi
C) Insoniyat o`z rivojida yana bir pog`onaga yuksaldi
D) O`rta Osiyoning janubida sun`iy sug`orishga
asoslangan dehqonchilik vujudga keldi
4. Quyidagilardan qaysi biri Bronza davri manzilgohi
hisoblanmaydi?
A) Zamonbobo B) Zarautsoy
C) Sopollitepa D) Jarqo`ton
5. Quyidagi keltirilgan ma`lumotlar (voqealar)……ga
aloqador?
- Sun`iy sug`orish tizimiga o`tilishi,
- Misdan ishlangan mehnat qurollarining kashf etilishi,
- Ko`p xonali uylar qurila boshlanishi.
- Ilk shahar va davlatlarning vujudga kelishi
A) Bronza davri B) Neolit davri
C) Eneolit davri D) Mezolit davri
6. Quyidagilardan Bronza davriga oid Jarqo`ton
manzilgohi haqida keltirilgan ma`lumotlardan
nomuvofiqini belgilang.
1) Surxondaryo vohasining Muzrabot tumanidan
topilgan bo`lib, mil.avv. 3-ming yillik oxirlari – 2-ming
yillikka oid; 2) Bronza davriga oid shahar ko`rishiga
ega qal`a bo`lib, uning ichi va atrofida jamoa a`zolari
bo`lmish hunarmand va dehqonlarning uylari
joylashgan; 3) Olov va suvga sig`inish e`tiqodi bilan
bog`liq ibodatxona qoldiqlari topilgan; 4) Zarafshon
daryosi havzasidan topib, o`rganilgan; 5) Ushbu
manzilgohda dastlabki odamlar uzuklar yasay
boshlagan; 6) Taxminan 4 ming yil oldin odamlar u
yerda manzilgohlar qurishgan.
A) 1,4,5 B) 2,3,6 C) 1,3,5 D) 2,4,6
7. Temir asrida O`rta Osiyo jamiyatining asosini qaysi
ijtimoiy tuzum tashkil qilgan?
A) Qabila B) Ibtidoiy to`da
C) Katta patriarxal oila D) Qabila ittifoqi
8. Odamlar qaysi davrda g`ildirakni kashf etadilar?
A) Bronza B) Neolit C) Mezolit D) Eneolit
9. Quyidagi keltirilganlardan qaysilarda davr – voqea - asri mos ravishda berilgan?
1) Eneolit – sun`iy sug`orish tizimi – mil.avv 4-3-ming
yillik boshlari
2) Mezolit – Ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik bilan
shug`ullana boshlandi – mil.avv. 12-7-ming yillik
3) Neolit – tolalardan toqima tayyorlana boshlandi –
mi.avv. 6-4-ming yillik
4) So`ggi paleolit – boshpana qurish – mil.avv. 100-40-ming yillik
5) Eneolit – xom g`ishtdan ko`p xonali uylar – mi.avv.
4-3-ming yillik o`rtalari
A) 1,2,3,5 B) 2,3,4 C) 2,3,5 D) 1,3,4
10. Sanab o`tilgan ixtirolar(tarixiy obida, voqea)ni
kashf etilish davriga ko`ra, to`g`ri xronologik ketma-
ketlikda ko`rsatilgan javobni toping.
1) Uzuklar; 2)Ilon tasviri tushirilgan tosh tumor;
3) Tosh gurzi; 4)Qo`shilish; 5)Teshiktosh; 6) Doimiy
turar joylar qurilishi
A) 5,1,4,6,2,3 B) 5,1,4,2,6,3
C) 4,5,1,6,2,3 C) 1,2,3,4,5,6
11. «Animizm» atamasining izohi qaysi javobda to`g`ri berilgan?
A) Odamlar guruhi jamoasining biror hayvon yoki
o`simlik turi bilan qarindoshlik aloqasiga ishonish
B) Odamni o`rab turgan muhitdagi har bir
narsaning joni va ruhi borligiga ishonish
C) Qadimgi odamlarning u yoki bu buyumlar omad
keltirishiga yoxud balo-qazoni daf qilishiga ishonish
D) Sehrgarlik, jodu yo`li bilan atorf-muhitga ta`sir
o`tkazish
12. Quyidagi ma`lumotlar qaysi tosh davri haqida
ekanligini aniqlang.
“Ushbu davrda ko`plab voqealar ro`y berdi. Bu davrda toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o`zgardi. Odamning aqliy qobiliyati va tashqi qiyofasi ham o`zgarib bordi. Insoniyat o`z rivojida yana bir pog`onaga yuksaldi. Odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlar – urug` jamoalariga birlashdi.”
A) O`rta tosh davri
B) Yangi tosh davri
C) So`nggi qadimgi tosh davri
D) Ilk qadimgi tosh davri
13. O`zlashtiruvchi xo`jalikka kiruvchi sohalar berilgan javobni aniqlang.
A) Dehqonchilik B) Baliqchilik
C) Hunarmandchilik D) Chorvachilik
14. Odamlar toshga ishlov berishni oldin ma`lum
bo`lmagan usullari – silliqlash va parmalashni amalda
qo`llay boshlagan davr ixtirolari to`g`ri ko`rsatilgan
javobni aniqlang.
A) Uzuklar
B) Hayvon terisidan kiyim-kechak tayyorlash
C) Ilk naqshlar – yaproq va gullar bilan sopollarni
bezash
D) tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash
15. Quyidagi bandlar mazmuniga oid yakuniy hukmni aniqlang.
I. Odamlar misdan foydalanishni o`rganib olishlari bilan neolit davri oxiriga yetdi.
II. Mezolit davri boshlarida odamlar hayvonlarni qo`lga o`rgata boshladilar .
III. Dastlabki qoya tasvirlarini arxeologning qizalog`i kashf qilgan.
A) I – to`gri, II – to`g`ri, III – noto`g`ri
B) I – to`gri, II – noto`g`ri, III – noto`g`ri
C) I – to`gri, II – noto`g`ri, III – to`g`ri
D) I – noto`gri, II – to`g`ri, III – noto`g`ri
16. Butun Jahon bo`yicha qoyatosh rasmlari (a),
yurtimizdan qoyatosh rasmlari (b) topilgan g`orlarga
oid davrlarni to`g`ri moslashtiring?
A) Mezolit-a, So`nggi paleolit-b
B)So`nggi paleolit-a, Mezolit-b.
C)Neolit-a, Bronza-b
D)Bronza-a, Neolit-b.
17. Quyidagi tarixiy jarayonlarning qaysilari davrlarga
bo'lganda ma’lum bir davrning so'nggi bosqichlarida
yuz bergan?
1) o'q yoyning kashf etilishi;
2) turar joylar qurishning boshlanishi;
3) hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi;
4) misdan foydalanishning boshlanishi;
5) ancha takomillashgan mehnat qurollarining vujudga
kelishi;
6) xom g'ishtdan ko'p xonali uylarning qurilishi;
7) kulolchilik va to'quvchilikning kashf etilishi.
A) 2, 3, 6 B) 1, 5, 7
C) 3, 4 D) faqat 4
18. O`rta tosh davri qaysi yillarni o`z ichiga oladi?
A)100-40 ming yillik B)1 mln-100 ming yillik
C)12-7 ming yillik D)40-12 ming yillik
19. “Qadimgi odamlarning suyak qoldiqlarini
tekshirib, ularning tashqi qiyofasini tiklaydilar va
rivojlanishini o`rganadilar......” ushbu ta`rifga mos
keladigan atamani aniqlang?
A)Arxeologlar B)Lingvistlar
C)Etnograflar D)Antropologlar
20. Surxon vohasida o`rta paleolit, bronza davrining
madaniy yodgorliklari mavjud.
A) To`g`ri B) Noto`g`ri
Yüklə 41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin