7-amaliy mashg’ulot. Fosfor va kislorodning allotropiyasi. H



Yüklə 301,11 Kb.
tarix07.11.2022
ölçüsü301,11 Kb.
#119107
7-A.M


7-amaliy mashg’ulot. Fosfor va kislorodning allotropiyasi. H3PO4 ning xossalari. Kislorodning olinishi
Fosfor ham azot singari kimyoviy elementlar davriy sistemasining beshinchi guruhi bosh guruhchasida joylashgan. Tashqi energetik qavatidagi valent elektronlari 3s2 3p3 3d0 energetik qavatchalarda joylashgan va qo‘zg‘algan holatda quyidagicha, ya’ni 3s1 3p3 3d1 5 ta toq elektronlarni hosil qila oladi. Demak, fosfor asosan 3 va 5 valentli birikmalarni hosil qiladi. Fosfor –3, 0, +3, +5 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. Tabiatda, asosan +5 oksidlanish darajasidagi fosfor birikmalari uchraydi.
Tabiatda fosfor. Fosfor kimyoviy jihatdan faol bo‘lganligi sababli tabiatda faqat birikmalar tarzida uchraydi. Fosforit va apatitlar fosforning tabiiy birikmalari. Uning kimyoviy tarkibi Ca3(PO4 )2 . Fosfor tirik organizmlar tarkibida ko‘plab uchraydi va hayot faoliyatida juda muhim omil sanaladi. Oqsillar va nuklein kislotalar fosforli organik birikmalardir. Odam va hayvonlar suyaklarining anorganik tarkibiy qismini asosan Ca3(PO4 )2 tashkil etadi.
Olinishi. Fosfor fosforit yoki apatitdan olinadi. Elektr pechlarida havosiz muhitda fosforit yoki apatit kremniy (IV)-oksidi hamda koks ishtirokida qizdiriladi:
Ca3(PO4)2+2C+3SiO2 →3CaSiO3+2P+5CO
Reaksiya natijasida olingan fosfor bug‘lari maxsus kamerada suv ostida kondensatlanadi. Yig‘ilgan fosforning tarkibi P4 ko‘rinishidagi oq fosfordir. Oq fosfor qorong‘uda shu’lalanadi. Fizik xossalari. Fosfor erkin holda bir necha allotropik shakl o‘zgarishlarni hosil qiladi. Masalan, oq va qizil fosfor. Oq va qizil fosfor tarkibidagi fosfor atomlarining birikish tartibiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Oq fosfor yorug‘lik va harorat ta’sirida qizil fosforga aylanadi. Qizil fosfor esa havosiz joyda oq fosforning bug‘larini hosil qiladi. Bug‘lar kondensatlanib, oq fosforga aylanadi.


Ortofosfat kislota – H3PO4. Ortofosfat kislota rangsiz kristall modda bo‘lib, suvda juda yaxshi eriydi. 42,3°C da suyuqlanadi. Fosfat kislota uch negizli kislota bo‘lganligi sababli uch bosqichda dissotsiatsiyalanadi.

Fosfat kislota dissotsiatsiyalanganda uch xil ion hosil qilganligi uchun uch qator tuzlarni hosil bo‘ladi:
Digidrofosfatlar: NaH2 PO4 , Ca(H2 PO4 )2 .
Gidrofosfatlar: Na2 HPO4 , CaHPO4 .
Fosfatlar: Na3 PO4 , Ca3 (PO4 )2
Ortofosfat kislota, kislotalar uchun xos bo‘lgan barcha umumiy reaksiyalarni beradi.

Ortofosfat kislota tuzlari


Kimyoviy elementlar davriy sistemasining oltinchi guruh bosh guruhchasi (kislorod guruhchasi)da kislorod, oltingugurt, selen, tellur va poloniy elementlari joylashgan (Poloniy radioaktiv element bo‘lganligidan uning xossalarini radiokimyoda batafsil o‘rganiladi). Kislorod guruhchasi elementlarining atom tuzilishi quyidagicha:

Kislorod guruhchasi elementlarining tashqi energetik pog‘onasida oltitadan elektron bor:

Shu sababli bu elementlar o‘zlarining tashqi energetik qavatlarini tugal holatga, ya’ni sakkizta elektronli holatga keltirish uchun ikkita elektron qabul qilib oladi, natijada –2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Kislorod ftorli birikmasi OF2 da +2, vodorod peroksid H2O2 da –1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Qolgan barcha birikmalarda –2 oksidlanish darajasida bo‘ladi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Fosfor nimadan olinadi?

  2. Yig‘ilgan fosforning tarkibi qanday ko’rinishda bo’ladi?

  3. Oq fosfor yorug‘lik va harorat ta’sirida nimaga aylanadi?

  4. Oq va qizil fosforni o’zaro farqlab bering.

Yüklə 301,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin