9-sinflar uchun informatika fanidan test savollari. (Ii-chorak)

Yüklə 31,47 Kb.
tarix26.11.2023
ölçüsü31,47 Kb.
#135886
9-sinf test 2 chorak (2)

9-sinflar uchun informatika fanidan test savollari. (II-chorak)

  1. Algoritmlarning qanday turlarini bilasiz?

  1. Chiziqli algoritmlar

  2. Tarmoqlanuvchi algoritmlar

  3. Takrorlanuvchi algoritmlar

  4. Barcha javob to’g’ri

  1. Chiziqli algoritm nima?

  1. Agar hisoblash jarayoni qandaydir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar bo‘yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga

  2. barcha ko‘rsatmalari hech qanday shartsiz, faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarga aytiladi.

  3. biron bir shart tekshirilishi yoki qandaydir parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlarga aytiladi.

  1. Chiziqli tuzilishga ega bo‘lgan algoritmning blok-sxemasi qaysi bloklar yordamida tuziladi?

  1. algoritmni boshlash/tugatish bloki, kiritish/chiqarish bloki

  2. algoritmni boshlash/tugatish bloki, kiritish/chiqarish bloki, muqobil blok

  3. algoritmni boshlash/tugatish bloki, kiritish/chiqarish bloki hamda funksional (operator) bloki

  1. Tarmoqlanuvchi algoritm nima?

  1. Agar hisoblash jarayoni qandaydir berilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar bo‘yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga

  2. barcha ko‘rsatmalari hech qanday shartsiz, faqat ketma-ket bajariladigan jarayonlarga aytiladi.

  3. biron bir shart tekshirilishi yoki qandaydir parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlarga aytiladi.

  1. Biron bir shart tekshirilishi yoki qandaydir parametrning har xil qiymatlari asosida algoritmda takrorlanish yuz beradigan jarayonlarga aytiladi.

  1. Chiziqli algoritmlar

  2. Tarmoqlanuvchi algoritmlar

  3. Takrorlanuvchi algoritmlar

  1. Biror masalani yechish uchun kompyuter tomonidan ijro etilishi lozim bo‘lgan buyruqlarning izchil to‘plami g anima deyiladi?

  1. Kompyuter dasturi

  2. Dasturlash

  3. Dasturchi

  1. Dastur nima?

  1. birоr masalani yеchish uchun kоmpyutеr bajarishi lozim bo‘lgan ko‘rsatmalarning izchil tartibi.

  2. kompyuterda ko‘rish va bajarish mumkin bo‘lgan jarayonlarni nazorat qiluvchi hamda dasturlarni yaratuvchi shaxs.

  3. kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni.

  1. Translyator (tarjimon tili) ning necha turi bor?

  1. 2

  2. 3

  3. 4

  1. Kompilyatorning vazifasi nima?

  1. dasturlash tilida yozilgan dastur kodlarini to‘laligicha o‘qib, mashina kodiga tarjima qiladi va tarjima natijalarini bajariladigan yaxlit bitta faylga yig‘adi.

  2. dasturlash tilida yozilgan kodni bosqichma-bosqich mashina kodiga aylantirib, tahlil qiladi va berilgan buyruqlarni ketma-ketlikda bajaradi

  3. dasturchilar uchun qo‘shimcha funksiyalarga ega bo‘lgan maxsus matn muharriri.

  1. Turli masalalarni yechish, sun’iy intellekt tizimlari uchun mo‘ljallangan dasturlash tili qaysi javobda berilgan?

  1. JavaScript

  2. SCRATCH

  3. Python

  1. Python tilini o‘rganish uchun taqdim etilgan IDE qaysi javobda berilgan?

  1. IDLE (Integrated Development and Learning Environment – integrallashgan dasturlash va o‘rganish muhiti)

  2. IDE (Integrated Development Environment – integrallashgan dasturlash muhiti)

  3. IDL (Integrated Development Learning – integrallashgan dasturlash va o‘rganish muhiti)

  1. Pythonda Interfaol muhit qanday vazifani bajaradi?

  1. dastur kodini kiritish,alohida fayl sifatida saqlash va ishga tushirish muhiti.

  2. dastur kodini kiritish, uni fayl sifatida saqlamasdan turib natijasini ko‘rish muhiti.

  3. dasturlash tili buyruqlari.

  1. Pythonda Dasturlash muhit qanday vazifani bajaradi?

  1. dastur kodini kiritish,alohida fayl sifatida saqlash va ishga tushirish muhiti.

  2. dastur kodini kiritish, uni fayl sifatida saqlamasdan turib natijasini ko‘rish muhiti.

  3. dasturlash tili buyruqlari.

  1. IDLEning interfaol muhiti yana nima deb yuritiladi?

  1. Konsol

  2. Operator

  3. Dasturlash muhiti

  1. Python dasturini kompyuterga o’rnatish uchun qaysi quyida keltirilgan qaysi saytga kirib yuklab olishimiz mumkin?

  1. https://www.python.com/

  2. https://www.python.org/

  3. https://www.python.uz/

  1. Pythonda Doimiy (o‘zgarmas) nima?

  1. o‘z qiymati va turiga ega kattalik, o‘zida qiymatlarni saqlaydigan kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi. O‘zgaruvchining qiymatlari dastur davomida o‘zgarib turishi mumkin.

  2. faqat o‘qish uchun mo‘ljallangan qiymatlarni saqlovchi kompyuter xotirasidagi yacheyka nomi. Doimiylar o‘zgaruvchilar kabi o‘z qiymati va turiga ega.

  3. o‘zgaruvchilar, doimiylar, funksiyalar, protseduralar, modullar, dasturlarning umumiy nomi.

  1. Pythonda O‘zgaruvchi nima?

  1. Pythonda Identifikator nima?

  1. Python dasturlash tilining alifbosi nimalardan iborat?

  1. Katta va kichik lotin harflari va Arab raqamlari

  2. Maxsus belgilar va Xizmatchi so‘zlar

  3. Barcha javoblar to’g’ri

  1. Quyida keltirilgan jumlalardan to’g’rilarini belgilang.

  1. katta va kichik harflar bir-biridan farqlanadi

  2. o‘zgaruvchi nomlarida probellar ishlatish mumkin emas

  3. maxsus buyruq nomlarini ishlatish mumkin

  4. o‘zgaruvchining nomi raqamdan boshlanishi mumkin

  5. –, /, # yoki @ belgilarni ishlatish mumkin emas

  6. o‘zgaruvchi nomida ixtiyoriy harf yoki raqamdan foydalanish mumkin

  1. 1,2,3,5

  2. 1,2,3,4,5,6

  3. 1,2,5,6

  1. Quyidagi dastur natijasini toping.

>>> a = 8
>>> b = a
>>> a = 11
>>> c = a + b
>>> print(c)

  1. 16

  2. 18

  3. 19

  1. Quyida o’zgaruvchi turini aniqlang. res='2500'

print(type(res))

  1. Quyida o’zgaruvchi turini aniqlang. b=45.67

print(type(b))

  1. O‘zgaruvchi qabul qilgan qiymat turini …. funksiyasi yordamida aniqlash mumkin. Nuqtalar o’rniga to’g’ri jumlani tanlang.

  1. print()

  2. input()

  3. type()

Yüklə 31,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin