Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika universiteti



Yüklə 49,38 Kb.
səhifə1/8
tarix23.12.2022
ölçüsü49,38 Kb.
#121734
  1   2   3   4   5   6   7   8
Jismoniy madaniyatda o’quv ishlarini rejalashtirish (5-9 sinflar)




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


ABDULLA QODIRIY NOMLI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIMI
JISMONIY MADANIYAT YO’NALISHI
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan

Jismoniy madaniyatda o’quv ishlarini rejalashtirish (5-9 sinflar)”


mavzusida bajargan



Bajaruvchi: Kurbonova Nilufar Oblakulovna
Ilmiy raxbar: ________________________




MUNDARIJA:
KIRISH ………………………………………………………………………….3
I.BOB.JISMONIY TARBIYA FANI BO`YICHA O`QUV- TARBIYA JARAYONINI REJALASHTIRISH (5-9 SINFLAR)……………………..…5
1.1.Jismoniy tarbiya fani bo`yicha rejalashtirish shartlari………………………...5
1.2.Jismoniy tarbiya darslarida ishlarni rejalashtirish guruhlari……………….8
1.3.Maktab dasturi bo`limini rejalashtirishning uch usuli……………………11
I.BOB.MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR JISMONIY TARBIYASI……..16

1.1.Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi. ……………………………….16

1.2.Darsning tuzilishi va darsga vazifa ko’yish turlari. O’quv kun tartibida

sog’lomlashtirish tadbirlari. Darsning vazifalari va maqsadi…………………… 17

1.3.Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari - o’quv ishlarining asosiy shakli sifatida….21


Xulosa ……………………………………………………………………………24
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………26

KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Kurs ishida jismoniy tarbiyaning o‘quv jarayonida maktab o‘quvchilarining jismoniy holatini baholash tizimlarini takomillashtirish va ulardan foydalanish masalalari muhokama qilinadi. Oxirgi yillarda maktab o‘quvchilarining jismoniy tiklanishi jarayonida jismoniy holatni kuzatish tizimlarini joriy etish va ulardan foydalanishga qiziqish bo‘lganiga qaramay va bolalarning jismoniy holatining pastligini hisobga olgan holda, jismoniy holatni kuzatish tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish davom etmoqda va bu jarayon o‘z navbatida ushbu jarayonlarni modernizatsiyalash yo‘lidagi o‘ta dolzarb muammolarni hal qilish va yechimlarni topishni talab qiladi. Muallif tomonidan o‘tkazilgan eksperiment jarayonida maktab o‘quvchilarining jismoniy holatining axborot ko‘rsatkichlari aniqlanadi va tasdiqlanadi. Muallif tomonidan bolalarning jismoniy holatini nazorat qilishning ko‘rsatkichlarini tartibga solish va aniqlash uchun diagnostika bloki, axborot bloki, multimedia bloki, “Sport maydonchasi“ bloki, “O‘z-o‘zini nazorat qilish kundaligi“ bloki kabi beshta mustaqil blokdan iborat bo‘lgan tizimni kiritildi. Ko‘rsatkichlar boshqaruv tizimining asosini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya jarayonida o‘quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari masalalari ochib berilgan. Jismoniy holatni kuzatish uchun avtomatlashtirilgan tizim taklif etiladi. Tizim modullik bilan ajralib turadi va integral yondashuvga asoslangan
So’nggi vaqtlarda yosh avlodning jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishida an’anaviy va anchadan beri amalda qo’llaniladigan shakllari endi zamonaviy talablarga javob bermasligi va uni yanada samarali shakllarga aylantirish zarurligi tobora ko’proq anglanilmoqda. Shundan kelib chiqib, innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil etishning yangi g’oyalari va yondashuvlarini izlash zarurati tug’iladi.
Harakat samaradorligini oshirishning eng samarali usuli bu jismoniy faollikdir. Jismoniy tarbiyaning mazmuni moddiy, estetik va ma’naviy qadriyatlarning majmuasi bilan ifodalanadi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining natijasi - bu jismoniy tayyorgarlik va ko’nikmalar, qobiliyatlarining mukammallik darajasi, hayotiy kuchlarning yuqori darajada rivojlanishi, sport yutuqlari, axloqiy, estetik, intellektual rivojlanish, sog’lom turmush tarziga yo’naltirishdir.
Umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya va sport ishlarining asosiy maqsad va vazifalari bugungi kunda o’quvci yoshlar o’rtasida jismoniy madaniyatni oshirish, sog’lom turmush tarziga tayyorgarlikni shakllantirish, sport mashg’ulotlariga qiziqishni rivojlantirish, jismoniy mashqlarni muntazam bajarish, axloqiy, hissiy, intellektual, ijtimoiy-madaniy va estetik shaxsiyatni, ijodiy qobiliyat va kognitiv ehtiyojlarni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgandir

Yüklə 49,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin