Abdulla qodiriy


Bu haqida Abdulla Qodiriy shunday yozadi



Yüklə 64,95 Kb.
səhifə3/5
tarix22.09.2022
ölçüsü64,95 Kb.
#117921
1   2   3   4   5
Abdulla Qodiriyning Hayoti va ijodi.
Milliy g‘oya targiboti, Ekspeditsiya tadqiqot faoliyati va geografiyasi
Bu haqida Abdulla Qodiriy shunday yozadi: 
– Boshida boy oilada tug‘ildimmi yoki kambag‘al oiladami, albatta, bilmadim. Ammo yoshim 7-8 ga yetgach, qornim oshga to‘ymaganidan aniq bildimki, besh jonning tomog‘i faqat 80 yoshli bir chol otamning mehnatidan, 1300 sarjin bog‘ning yozda yetishtirib beradigan hosilidan kelar ekan. Agar bahor yomon kelib, bog‘ mevalari ofatga uchrab qolsa, biz ham ochlikka duch kelib, qishi bilan jovrashib chiqar ekanmiz.
Ehtimol shuning uchun ham Qodiriy asarlarida xalqning och-nahor, og‘ir hayoti nihoyatda ishonarli, tabiiy tasvirlangandir.
Birinchi qadam…
Abdulla Qodiriyning matbuotdagi ilk chiqishi 1913-1914 yillarga to‘g‘ri keladi. Manbalarga ko‘ra, uning birinchi maqolasi 1914 yil 1 aprelda, “Sadoyi Turkiston” gazetasida “Yangi masjid va maktab” sarlavhasi bilan bosilib chiqadi.
Hali yosh yozuvchi ilk ijodini kichik-kichik maqola, xabarlar yozishdan boshlagan.
Ijodiy o‘sish
Qodiriy 1914-1916 yillarda “Baxtsiz kuyov”, “Juvonboz”, “Uloqda”, “Jinlar bazmi” kabi qator jiddiy, badiiy jihatdan pishiq, hatto shu kunlarda ham sevib o‘qiladigan asarlarni yaratdi. Bu asarlarni yozishga ilhomlantirgan omillar xususida adib shunday deydi:
– “Padarkush” pesasi ta’sirida “Baxtsiz kuyov” degan teatr kitobini yozib yuborganimni o‘zim ham payqamay qoldim. Yana shu yilda teatrlarda chiqib turgan hikoya va romanlarga taqlidan “Juvonboz” otliq hikoyani yozib, noshir topilmaganidan o‘zim nashr qilib yubordim. Endi chin musannif bo‘ldimov, deb quvonar edim…
Shu zaylda, zo‘r qudrat bilan milliy adabiyotimiz sari navqiron, ammo juda katta iqtidor, ijodiy potensialga ega millat yozuvchisi shiddat bilan kirib kelmoqda edi.
bdulla Qodiriyning “Mushtum” jurnalida birga faoliyat yuritgan safdoshlaridan biri o‘z xotiralarida adib haqida shunday yozadi: “Abdulla Qodiriy har qanday narsaga tanqidiy nazar bilan qarar, eski xurofot narsalarga g‘oyatda dushman edi. Uning har bir so‘zidan hajviy ifoda anqib turar edi.
U g‘oyatda jasoratli, o‘z so‘zida ustuvor va barqaror, o‘tkir satirik va g‘oyatda zakovatli edi. Kim to‘g‘risida yozadigan bo‘lsa, xuddi o‘sha shaxsning o‘zi bo‘lib ketar edi.
Bu xildagi yozishlar uchun o‘sha tipdagi kishilarning butun ichki sirlaridan xabardor bo‘lish kerak, albatta. Favqulodda zakovatga ega bo‘lgan bu yozuvchi, mazkur tipdagi shaxslar orasida yurib, har birisi bilan alohida suhbatlashishdan sira tortinmagani eski mullalar bilan ham, qimorvoz, bedanavoz chapanilar bilan ham, o‘g‘rilar bilan ham, eshonlar, muridlar, so‘filar, darveshlar, qalandarlar bilan ham, ko‘knori va bangilar bilan ham suhbatlashgan.
U bir maqola yoki hikoyani yozishga o‘tirganda, o‘shani yozib tugatmasdan o‘tirgan yeridan turib ketmas edi. Xalq uning yozgan maqola, asarlarini g‘oyatda sevib o‘qir, asarlari bosilib chiqishini to‘zimsizlanib kutib turishar edi…”.
Oradan yuz yildan ko‘p vaqt o‘tib aytamizki, bu sifatlar bugungi jurnalistlarimiz uchun ham g‘oyat kerakli bo‘lgan zaruriy xislatlardir.
“Mushtum”ning 1924 yildagi 4-sonida Abdulla Qodiriy surati “Feletonlar qiroli Julqunboy kuldirib yig‘latadi, yig‘latib kuldiradi…” izohi bilan bosilib chiqadi. Qodiriyning o‘zi esa feleton, umuman hajviy tanqidga shunday ta’rif beradi: “Turmush bo‘ylab uchquchi burgutdir… hayot sharoitiga yaramagan zaif, qizg‘anchiq manfur, muzir va shuning singari unsurlar unga yemdir”.
“Mushtum”ning 1923 yildagi 2-sonida Abdulla Qodiriyning “Salomnoma” nomli noodatiy yozilgan materiali chop etiladi. Mana o‘sha material:
– Otga qoqqan taqadek, suvdan chiqqan baqadek, bir mirilik chaqadek maorif sho‘rosiga salo-o-om!
– O‘zi chetga buqinib, shaxsiyatga to‘qinib, allakimga cho‘qinib – o‘g‘ri ushlaganga salo-o-om!
– Ko‘ringan yer oq salla, oq bo‘lsa ham bo‘sh kalla, oq-u qora ham mulla – Turkiston ulamolariga salo-o-om!
– Boshlariga soch qo‘ygan, otlarini yosh qo‘ygan, fahsh devni fosh qilgan dumsizlarimizga salo-o-om!
Moskov borib kelibon, minglab joyda qilibon, haftada gap yeyibon, tomga karnay qo‘yibon, xalq qayg‘usini yemayin, maktab ochay demayin, ellik-oltmish qo‘y bergan, sakkiz kunlab to‘y bergan – Turkiston savdogarlariga salo-o-om!
Amma-xolasi havodor, aylanay! Kelin yangasi: Dumbanisa.

Yüklə 64,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə