Abduraximov Asliddinning Global iqtisodiyot fanidan “valyuta” mavzusi boyicha tayyorlagan prezentatsiyasi



Yüklə 4,61 Kb.
tarix10.12.2023
ölçüsü4,61 Kb.
#139258
valyuta

Abduraximov Asliddinning Global iqtisodiyot fanidan “VALYUTA” mavzusi boyicha tayyorlagan prezentatsiyasi

Valyuta nima?


Valyuta (ital. valuta, lot. valere — qadrlanmoq, qiymat) — 1) mamlakatning pul birligi va uning turi (oltin, kumush, qogʻoz); 2) chet mamlakatlarning xalqaro muomalada qoʻllanuvchi pullari, shuningdek shu mamlakatlarning pul birligida ifodalangan va xalqaro hisobkitoblarda foydalaniladigan kredit va toʻlov hujjatlari (veksellar, cheklar, banknotlar va b.).

Valyuta qachon paydo bolgan?


19-asrgacha koʻpchilik mamlakatlarda kumush Valyuta yoki bimetalizm pul tizimi keng tarqalgan edi. 19-asrdan boshlab, avvalo Angliyada, soʻng boshqa mamlakatlarda oltin Valyuta Qoʻllanila boshladi. 20-asrning 70-yillaridan boshlab, qogʻoz Valyuta yaʼni oltin va kumushga almashtirilmaydigan banknota va qogʻoz pullar foydalanib kelinmoqda

Valyutaning turlari

  • Erkin almashtiriladigan
  • Qisman almashtiriladigan
  • Almashtirilmaydigan

Erkin almashtiriladigan valyuta


har qanday chet el valyutasiga cheklanmagan miqdorda almashtiriladigan, har qanday mamlakatga erkin oʻtkaziladigan valyuta erkin almashtiriladigan valyuta deyiladi

Xalqaro valyuta fondi AQSH dollari, Kanada dollari, Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar Valyutalari, Shveysariya franki, Shvesiya, Yaponiya va boshqa bir qator davlatlarning Valyutalarini har qanday mamlakatlar Valyutasiga erkin almashtiriladigan Valyutaga kiritadi.

Qisman almashtiriladigan valyuta


Valyutalar almashuvi u yoki bu egalar, u yoki bu Valyutalar harakatlari bilan chegaralanadigan valyutalar qisman almashtiriladigan valyutalar deyiladi

Almashtirilmaydigan valyuta


bir mamlakat doirasida amal qiladigan valyutalar almashtirib boʻlmaydigan Valyutalar deyiladi

Valyutalar infilatsiyaga uchrab turadi qadrsizlanadi natijada davlat tomonidan “Devalvatsiya”tadbiri otkaziladi

“Devalvatsiya” bu nima?


Devalvatsiya (de va lot. valeo — qiymat) — milliy pul birligi kursining chet el valyutalari (erkin almashtiriladigan valyutalar, xalqaro hisob birliklari)ga nisbatan pasaytirilishi. Devalvatsiya davlat tomonidan rasmiy ravishda eʼlon qilinadi va qonunchilik asosida amalga oshiriladi. Devalvatsiya mamlakat savdo va toʻlov balansining keskin yomonlashuvi, valyuta rezervining holdan toyishi, xalqaro valyuta bozorlarida milliy valyuta kursining pasayishi bilan bogʻliq holda yuz beradi.

Xalqaro toʻlov muomalasi erkin almashtiriladigan yoki Xalqaro valyuta fondi belgilagan kurs boʻyicha erkin almashtiriladigan Valyutalar bilan bajariladi.

Erkin almashtiriladigan valyutalar

Aqsh dollari

Kanada dollari

Shvetsariya franki

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 4,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin