Abu rayxon beruniy asarlarida komil inson tarbiyasiga qarashlar



Yüklə 174,5 Kb.
səhifə1/5
tarix08.05.2023
ölçüsü174,5 Kb.
#126560
  1   2   3   4   5
BOZORBOYEVA NOZIMAXON IBROHIMJON QIZINING 447


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

SIRTQI BO‘LIMI


5111700 – BOSHLANG'ICH TA'LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISH YO‘NALISHI (sirtqi)


4-KURS 447- GURUH TALABASI

BOZORBOYEVA NOZIMAXON IBROHIMJON QIZINING



ABU RAYXON BERUNIY ASARLARIDA KOMIL INSON TARBIYASIGA QARASHLAR”
mavzusidagi



Kafedra mudiri: ______ dots.N.Abdullаyeva
Ilmiy rahbar: _______ __________________
Andijon 2023
MAVZU: ABU RAYXON BERUNIY ASARLARIDA KOMIL INSON TARBIYASIGA QARASHLAR


Reja:



  1. Kirish

  2. Asosiy qism:

1. Abu Rayxon Beruniy hayot yo’li.
2. Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosini o‘rganishning ahamiyati qarashlari.
3. Abu Rayxon Beruniy asarlarida komil inson tarbiyasiga qarashlar
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O'zbek xalq pedagogikasining boy va bebaho xazinasi xalq og'zaki ijodida o'z ifodasini topgan. Xalqimizning asrlar davomida bola tarbiyasi bobida to'plagan tajribalari hamda buyuk mutafakkir allomalarimizning yozib qoldirgan meroslari tashkil etadi.
Mutafakkirlarimiz bola tarbiyasi va uning kamoloti to'g'risida o'z asarlarida to'xtalib, yoshlarni odob-axloqi, jismoniy barkamolligi, aqlan yetuk, mehnatsevarligi hamda vatanparvarlik tarbiyasiga alohida e'tibor berib kelingan. Xususan, bolalarni mehnatga tayyorlash va mehnatsevarlik ko'nikma va malakalarini shakllantirib, barcha tarbiya shahobchalarini tarkib toptirib borishning muhim omili ekanligi ta'kidlab kelingan. Ular mehnatni yuksak baholab, kishilarning bir-birlari bilan qiladigan muomala va munosabatlari ham mehnat orqali yuzaga keladi deydi. Mehnat qilgan kishi doimo o'zgalar mehnatni qadrlay oladi hamda to'g'ri munosabatda bo'ladi deb hisoblashgan.
Beruniy inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo'ladi. Og'ir mehnat sifatida binokor, ko'mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa ilm ahli - olimlar mehnatiga alohida e'tibor berish, hayrixoh bo'lishga chaqiradi, ularni ma'rifat tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga hissa qo'shuvchilar deb, biladi.
Olim bolalarni mehnatga o'rgatish metodlari, yo'llari haqida ham fikr yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshidan mehnatga o'rgatish kerak deydi. Mehnat tarbiyasida o'sha davr tarbiya an'anasiga binoan vorislikka katta ahamiyat beradi.

Yüklə 174,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin