Ahmad Yassaviy (1166- yil vafot etgan)



Yüklə 25,64 Kb.
tarix03.01.2023
ölçüsü25,64 Kb.
#121941
Adabiyot Ahmad Yassaviy


Ahmad Yassaviy
(1166- yil vafot etgan)
Ahmad Yassaviyning hayoti haqida ma'lumotlar yetarli emaslining «Hikmatlar»i va ba'zi tarixiy-adabiy manbalar-dagi izoh va ma'lumotlargina mavjud. Adib Yassi shahrida (Turkiston) ruhoniy oilasida tug'ilgan. Otasi Ibrohim Turkistonning taniqli shayxlaridan bo'lgan. Onasi esa Qorasoch momo nomi bilan mashhur edi.
Ahmadning yoshligi og'ir kechgan. Otasi juda yoshligida vafot etgan.
Yetti yoshda Arslon bobo izlab topdi, Har sir ko'rib parda birla bukib yopdi, —
misralari ana shu mashaqqatli hayotiga ishoradir. Ayni paytda bu misralar mazmunida Ahmad Yassaviyning Arslon boboday yirik mutasavvuf olim qo'lida tarbiyalanganligi haqida ham dalolat bor. Boshqa bir o'rinda: «Yetti yoshda Arslon bobog'a qildim salom», deb yozgan edi u. So'ng adib Buxoroga borib Yusuf Hamadoniy qo'lida tahsil oladi.
Ahmad Yassaviy tasavvuf ilmini shu qadar yuqori dara-jada egallaydiki, xalq orasida «Madinada Muhammad, Turkistonda Xoja Ahmad» degan naql paydo bo'ladi. Ahmad Yassaviy 1166- yilda vafot etgan. Uning shuhrati adib vafo-tidan keyin ham pasaymagan. Amir Temur unga alohida e'tibor bilan qaragani ma'lum. U 1395—1397- yillarda Turkistonda Ahmad Yassaviyning eski qabri o'rnida yangidan muhtasham maqbara qurdirgan. Bu maqbara hozir ham mavjud.
Ahmad Yassaviyning yoshi haqida har xil ma'lumotlar yetib kelgan. Uning o'zi bir o'rinda:
Oltmish uchga yoshim yetdi, o'tdim g'ofil, Haq amrini mahkam tutmay o'zim johil. Ro'za-namoz qazo qilib bo'ldim kohil, Yomon izlab, yaxshilardan kechdim mano, —
deb yozadi. Boshqa o'rinlarda yoshi yuz yigirmaga yetgani haqida ham qaydlar mavjud.
«Hikmatlar» Ahmad Yassaviy merosini jamlagan asar-laridir. Ularda 240 ga yaqin she'r bor. Ular xalq orasida «Devoni hikmat» nomi bilan mashhur. «Hikmatlar»ga «Qul Xoja Ahmad», «Xoja Ahmad Yassaviy», «Ahmad ibn Ibrohim», «Sulton Xoja Ahmad Yassaviy», «Yassaviy miskin Ahmad», «Miskin Yassaviy», «Xoja Ahmad», «Ahmad», «Ahmadiy», «Qul Ahmad», «Miskin Ahmad» kabi taxalluslar qo'yilgan.
Ahmad Yassaviy mutasavvuf shoir. Bu tasavvuf tariqatiga mansublikni bildiradi. Tasavvufdagi to'rt asosiy bosqich — shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqatmohiyatini she'riy misralariga singdirgan Ahmad Yassaviy shu yo'nalishda katta shuhrat qozondi. Bu bejiz emas. Adib tasavvufni inson ma'naviyatini yuksaltiruvchi muhim omil sifatida biladi. Bundan maqsad insoniyatni to'g'ri yo'lga da'vat etishdir. To'g'ri yo'l haqiqatni anglashga olib kelmog'i kerak. Haqiqatni anglash o'zlikni bilishdir. Bunga erishmoq uchun kishi din ahkomlarini qattiq tutmog'i, xudoga muhabbat paydo qila bilmog'i, butun kuch va vujudini shu yo'lga qarata olmog'i kerak.
Ahmad Yassaviy she'riyatidagi obrazlar tuzilishi ham tasavvuf ta'limoti bilan, ham og'zaki ijod an'analari bilan chambarchas bog'lanib ketgan. Masalan, she'rlarda uchrov-chi pir, darvesh, oshiq, obid, oqil, zohid, ishq, tolib, ummat, rasul, shayton, iymon kabi obrazlar bevosita tasav­vuf bilan bog'lansa, yo'l, rabot, karvon, o'q kabilar og'zaki ijod an'analari bilan aloqador holda yuzaga kelgan.
Nafs haqida gapirar ekan, Yassaviy uni insonning kamolotiga xalaqit beradigan yovuz va yaramas kuch sifatida baholaydi. Unga «shum» sifatining berilishi bejiz emas. Shuningdek, «nafsi bad», «nafs yo'li», «nafsi ilgi» singari ifodalar shoir fikrini yorqinlashtiradi. Adib to'g'ridan to'g'ri nafsni tepkil, nafsdan kech deya targ'ib qiladi. Nafsning domiga ilinish insonni qanchalik yer bilan yakson qilishini juda yorqin ifodalarda ko'rsatib beradi:
Nafsingni sen boqib tursang, nelar demas, Zori qilsang, olloh sari bo'ron so'nmas. Qo'lg'a olsang yobon qushdek qo'lg'a qo'nmas, Qo'lg'a olib, tun uyqusin qilg'il bezor.
Yoki:
Nafs yo'lig'a kirgan kishi rasvo bo'lur, Yo'ldan ozib, toyib, to'zib gumroh bo'lur. Yotsa, qo'psa shayton bilan hamroh bo'lur, Nafsni tepkil, nafsni tepkil, ey badkirdor.
Ahmad Yassaviy she'riyatining keng tarqalishi va xalq orasida sevib o'qilishining asosiy sabablaridan bin uning xalq og'zaki ijodiga nihoyatda yaqinligidadir. Hikmatlar, asosan, to'rtlik va murabba' shaklida yaratilgan.
Nafsdin kechib, qanoatni pesha qilg'on, Har kim tepsa, rozi bo'lib bo'yunsung'on, Yaxshilarga xizmat qilib, duo olg'on, Andak oshiq mahshar kuni armoni yo'q.
Yoki:
Rohat tashlab, jon mehnatim xushlag'anlar, Saharlarda jonin qiynab ishlag'anlar, Hay-u havas, moumonni tashlag'anlar Chin oshiqdir, hargiz oni yolg'oni yo'q.
Ko'rinib turibdiki, har ikki to'rtlik ham a-a-a-b shaklida ,qofiyalangan. Dastlabki to'rtlikdagina qofiyalar faqat qo'shim-chalar (-g'on) takrori tufayligina hosil bo'lgan. Ulardagi o'zak so'zlar (qil-, sun-, ol-) o'zaro ohangdosh emas. Bu narsa og'zaki ijod uchun xosdir. Keyingi to'rtlikda esa o'zak so'zlar (xush-, ish-, tash-) o'zaro ohangdosh bo'lib kelmoqda. Ularga qo'shilgan qo'shimchalar ohangdoshlikni yanada kuchaytiradi. .
Qofiyada mavj'ud bo'lgan ohangdoshlikni she'rning boshqa qismlarida takrorlash ham og'zaki ijod an'analaridan hisoblanadi. Ahmad Yassaviy bu an'analardan nihoyatda unumli foydalanadi.
Ishqqa tushdung, o'tqa tushdung, kuyib o'lding, Parvonadek jondin kechib axgar bo'ldung. Dardga to'ldung, g'amga so'Idung, telba bo'ldung, Ishq dardini so'rsang hargiz darmoni yo'q.
So'zlar takrori ham she'riyatdagi ohangdoshlikni nihoyat­da kuchaytirishi mumkinligini Ahmad Yassaviy ijodida ko'plab kuzatish mumkin:
Zohid bo'lma, obid bo'lma, oshiq boig'il, Mehnat tortib ishq yo'lida sodiq bo'lg'il, Nafsni tepib, dargohiga loyiq bo'ig'il, Ishqsizlarni imoni yo'q, ham joni yo'q.
So'zlar takrori silsilasida radifning alohida o'rni bor. Radif qofiyadan keyin takrorlanib keluvchi so'zlardir. Ahmad Yassaviyning ijodida ko'pincha bu bir so'zdan iborat. Yuqoridagi misralarda aynan shunday bo'lgan. Murabba'larning dastlabki bandi a-b-d-b shaklida qofiyalangan bo'lishi mumkin:


Vodarig'o, nechuk qilg'um g'ariblig'da,
G'ariblig'da g'urbat ichra qoldim mano.
Xuroson-u, Shom-u Iroq niyat qilub,
G'ariblig'ni ko'p qadrini bildim mano.
Ular orasida a-a-b-a shakli ko'p uchraydi:
Haq kunlari darveshlar haqiqatni bilmishlar,
Haqqa oshiq bo'lg'onlar haq yo'lig'a kirmishlar.
Haq yo'lig'a kirgonlar, olloh teyu yurgonlar,
Eranlar izin izlab, mamlakatdin kechmishlar.
«Hikmatlar»da masnaviy shakli ham uchraydi:
Mani hikmatlarim dono eshitsun,
So'zum doston qilub maqsudg'a yetsun.
Meni hikmatlarim bir piri komil,
Qayubandaxudog'abo'lsamoyil...


Ahmad Yassaviy she'riyatini og'zaki ijodga yaqinlashtirgan omillardan yana biri ularning barmoq vaznida yaratganligidir. Ular, asosan, 11 yoki 12 bo'g'inli barmoqdan tashkil topgan.



Ahmad Yassaviy
Bajardi: _____________________
Tekshirdi: ___________________


CHIRCHIQ 2015
Yüklə 25,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin