Ahmad Yassaviyning hayoti Tasavvuf ta’limoti rivojida Ahmad Yassaviyning tutgan o`rni Islom dunyosida Ahmad Yassaviy haqida



Yüklə 89 Kb.
səhifə1/2
tarix16.07.2023
ölçüsü89 Kb.
#128534
  1   2
AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI




MAVZU: AHMAD YASSAVIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI
REJA:

  1. Ahmad Yassaviyning hayoti

  2. Tasavvuf ta’limoti rivojida Ahmad Yassaviyning tutgan o`rni

  3. Islom dunyosida Ahmad Yassaviy haqida

  4. Ahmad yassaviyning pedagogik qarashlari

O`rta Osiyo muzofotida birinchi vujudga kelgan yirik so’fiylik oqimi yassaviylikdir. Yassaviya tariqatining asoschisi turkistonlik Axmad Yassaviydir (1103- 1166). Yassaviy Yassi (Turkiston) shaxrida ruxoniy oilasida tug`ilgan. Uning otasi Ibroxim Yassi Sayram shaxrida uzoq yil shayxlik qilgan va ko`p muridlarga ega bo`lgan. Otasi Shayx Ibrohimdan etti yoshida etim qolgan.


Yassaviy dastlab Sayramda Baxouddin al-Isfijobiydan, so’ngra O’trorda yassida masghur turk mashoyixi Arslonbob qo’lida an’anaviy islom ilmlaridan saboq oladi. Arslonbob vafotidan so’ng u Buxoroga borib mashhur mutassavvuf Yusuf Hamadoniy qo’lida o’qiydi. Qaytib kelib Yassida o’z g`oyalarini targ`ib etadi. Uning tarjimai holini Abdurauf Fitrat o’zining “Ahmad Yassaviy” maqolasida shunday ta’riflaydi: “Xijriy beshinchi asrda Eroning Xamadon shaxrida yakin bir urunda tugilgan Yusuf Xamadoniy degan bir odam diniy ilmlarni urganib katta shuxrat egasi bulgan tasavvufga berilgan edi mana shu mulla mutasavvuf Marv Buxoro Samarqand shaxarlarida xonaqoxlar qurub shayxlik qila boshlaydi bizning Axmad Yassaviy mana shul Yusuf Xamadoniy muridi-uchunchi xalifasidir. Axmad Yassaviy bir rivoyatga ko’ra Yassi shahrida bir rivoyatga ko’ra Sayramda tug`ulgan. Uning qachon tug`ulgani malum emas biroq vafotining hijriy 562 da bo’lgoni hamda «Devoni hikmat » dagi shu:
To`rt yuz yildan keyin chiqib ummat bo’lg`oy,
Necha yillar yurib xalqqa xizmat qilg`oy,baytini nazarda tutub har holda uning hijriy to’rtinchi asrning ikkinchi yarmida tug`ulganiga hukm qilish mumkindir.
Yassaviyning otasi shayx Ibroxim isimli eshon bo’lgan u yoshligida o’lgan. Yatim qolgon Yassaviy u zamoning mashhur shayxlaridan Arislonbobdan olg`on. Arislonbob o’lgandan keyin bizning Yassaviy pir izlab Buxoroga kelgan Yusuf Xamadoniyga uchrab shunga murid bo’lgan u o’lgandan so’ng Buxoroda uning uchunchi xalifasi bo’lib shayxlik qilgan. Bir ozdan sung Buxoro shayxligini Yusuf Hamadoniyning to’rtinchi xalifasi bulgan Abduxolik Gijduvoniyga topshirib o’zi yassiga qaytgan . Onda dala xalqidan ko’p murid yig`ib xonaqoh ochib shayxlik qilgan. Yassaviy fors adabiyoti vazn va uslubda xalq adabiyoti uslubida adabiyotlar yozgani mana shul Yassiga qaytib, dala xalqidan muridlar to’laganidan keyin boshlangon bo’lsa kerak. Yassaviy oltmish uch yoshga kirgach xonaqohda yer osti- bir chillaxona qazdirib shunga kirgan va dunyodan aloqasini kesgan kabi ko’rinib shayxlikni davom etdirgan xamda shunda o’lgan. Vafoti hijriy 562- yildadir
Buyuk mutafakkir va faylasuf Yassaviy turk dunyosidagi birinchi tariqatning va turkiy tasavvuf she’riyatining asoschisidir.
Islom dunyosining “shayxul mashoyixi” Xo’ja Ahmad Yassaviy haqida mustaqillikdan so’ng hadiksiramay gapiradigan va yozadigan bo’ldik. Sobiq sho’rolar hukumati davrida uning nomi “klerikal adabiyot namoyondasi”, “reaksion diniy adabiyot vakili” kabi sifatlar bilan qoralanib kelindi. Yassaviy haqida yozgan kishi, albatta, sho’rolar mafkurasi nuqtai-nazaridan turib uni qoralashi, u haqda zarracha bo’lsin ijobiy fikr bildirmasligi lozim edi. Faqat mustaqillikdan keyingina Ahmad Yassaviy ijodiga , asarlariga xolis ko’z bilan qarash boshlandi. Uning ta’limoti, hikmatlari, sulukiga bo’lgan qiziqish tobora kuchayib bordi. Millat qalbidan undan faxrlanish tuyg`usi uyg`ondi. Nufuzli YuNESKO tashkiloti 1993 yilni “Yassaviy yili” deb e’lon qildi.
XX asrning boshlarida Yassaviy haqidagi qator maqolalar chop etilgan. Ufada chiqadigan “Sho’ro” jurnalining 1915 yil 24-sonida Ahmad Sardorning “Hazrat Xo’ja Ahmad Yassaviy” sarlovhali maqolasi chop etilgan. Unda adibning hayoti va ijodiga oid qisqagina ma’lumot berilgan va uning turk tilining mavqeini ko’tarishdagi xizmatlariga yuksak baho berilgan2.
1922 yilga kelib Abdurahmon Sa’diyning “Yassaviy kim edi” nomli maqolasi “Inqilob” jurnalining 2-sonida nashr etiladi. Muallif Yassaviyning tatar tili va adabiyoti taraqqiyotidagi roliga e’tibor qaratgan.
Abdurauf Fitrat ham Yassaviyni o’rganishga alohida e’tibor bilan qaragan. U “Ahmad Yassaviy” va “Yassaviy maktabi shoirlari to’g`risida tekshirishlar” nomli maqolalarini 20 asrning 20- yillarida yozgan edi.
Yassaviy xalq boshiga ko’p qiyinchiliklar va musibatlar yog’dirilgan davrlarda yashab ijod qildi. U turk hukmronlari-qoraxoniylar bilan qoraxitoylar o’rtasidagi urushlar va ularning daxshtli oqibatlarini ko’rgan,she’rlarida bu fojialarga munosabatlarini bildirgan.
‘’Nokas, xasis, bediyonat’’ zolimlar hokim bo’lgan jamiyatdagi shavqatsizlik va ma’naviy aynishlar baxsida Yassaviy hikmatlaridan birida mana nima degan:

Na onada rahm qoldi, na otada,


Og’o ini bir-biriga mojoroda
Musulmonlar da’vo qilur, ichar boda,
Mastlig’ bilan qarindoshdan tondi ko’rung1
Uning «Hikmatlar devoni» ham diniy, tassavufiy, badiiy asardir.

Yassaviy ta'limoti turkiy tilda yozilgani uning "Devoni hikmat" asarida bayon etilgan bo`lib, u ko’chmanchi va o’troq turkiy xalqlar O`rtasida sufiylik ta'limotini targ`ib etishda muhim ahamiyat kasb etgan. Uning ta'biricha, baxtsizlikka, chidamlilikka, ogir xayotga urgangan odam haqiqiy sufiy bula oladi va Xudo vasliga erishadi; bu dunyo bevafodir. Yassaviy goyalari O`rta Osiyoning turli shaharlarida uning shogirdlari tomonidan keng targib kilindi. Shulardan biri Sulaymon Bokirgoniy bo`lib (vafoti 1192 yilda) u uzining turkiy tilda yozilgan "Boqirg`on", "Oxir zamon" asarlarida asosan sufizm, yassaviylikni targ’ib qilgan.


Yassaviy o’z hayotida «fano yo’li»ga amal qildi va bunga yetishish uchun Muhammad Mustafo yo’lini tanladi. U payg`ambarimizning «faqirlik faxrimdir» qudsiy kalimalarini o’zining hayotiy shiori deb bilib, unga amal qildi. Yassaviy faqirlik yo’liga to’rt yoshida kirib, umr bo’yi kishilarni bu yo’lga da’vat etdi.
Yassaviy tariqat va shariatni o’zaro vositalarini qo’yidagicha bayon etadi.
Har kim qilsa tariqatni davosini,
Avval qadam shariatga qo’ymoq kerak.
Shariatning ishlarini ado qilib,
Andin so’ngra bu davoni qilmoq kerak.
Ammo tariqat yo’li og`ir va mashaqqatli ekanligini eslatib Yassaviy yozadi:
Shariatdan murod yo’lga kirmoq,

Tariqatdan murod- nafsdan kechmoq,


Haqiqatdan murod –jondank kechmoq.
Jondan kechmay ishq sharobin ichsa bo’lmas.

Madomiki, shunday ekan, demak tariqat va haqiqat botiiny poklanishning zaruriy ehtiyoji, shariat darajasi qoniqtirmaydigan, jondan kechib ishq sharobini ichishga tayyor turgan alohida shaxslarni tanlagan yo’lidir.


Ta’limot mazmun-mohiyatidan qo’yidagi talqin kelib chiqadi:
Shariat-ravshan bilingan narsalardir, nishondir, hurmatdir. Tariqat- qidirilgan narsalar, bayondir xizmatdir. Haqiqat –ko’rish uchun kurashish ayondir, hikmatdir.
Tasavvuf tarixida «Sulton-ul-orifin» - oriflar sultoni nomini olgan Ahmad Yassaviy haqiqatan orif insondir. Boyazid Bistomiy yozganidek, «oriflik Xudoni tanimoqdur». Shugina emas, Yassaviy «oriflar sultoni»dir, ya’ni Haqni taniganlar yetakchisidir.
Hazrat Alisher Navoiy Ahmad Yassaviy to’g`risida «Turkiston mulkining Shayx-ul-mashshoyixidur», «Turkiston ahlining qiblai duosidur», - deb yozganlar. Yassaviya tariqatining ta’sir doirasi Turkiston chegarasidan chiqib, Kichik Osiyo, Turkiya, Eron, Kavkaz, Sharkiy Turkiston, Volgabo’yi xalqlari orasida keng yoyildi
Tasavvufda adolatparvarlik, kamtarlik fazilatlari ulug`lanadi. Buyuk tariqat asoschisi Qul Xo`ja Ahmad Yassaviy Haq vasliga yetolmagani sababini yaxshi anglaydi va Ollohga bosh egadi, inson har qancha buyuk bo`lsa ham, lekin Olloh amri oldida ojizdir, deydi u.

Oltmish uchga yoshim yetdi, o`tdim g`ofil,

Haq amrini mahkam tutmay o`zim johil,

Ro`za, namoz qazo qilib bo`ldim koxil,

Yomon izlab, yaxshilardin kechdim mano.
Yassaviy bu o`rinda g`aflat bosib, johillikdan suyet bo`ldim, demoqchi.
G`aflat muddati hayotining 63 yili. Johilligiga sabab Olloh amridan kechish: dindan oldingi davr - joxiliya deb atalgan.
Tanikli olim Hamidulla Karamatovning «Qur’on va o`zbek adabiyoti» nomli risolasida Axmad Yassaviyning hikmatlari tahlil kilinib, Ollohga yetkazuvchi «muhabbatning jomin ichmay, axli ayol, xonumondin tugal kechmay», «shayton g`olib, jon berarda shoshdim mano», kabi satrlari sharxlanadi.

Tasavvufda haqiqiy sevgi - Olloh sevgisi yangi pedagogik tafakkurning asosiy tarkibidir.


Qur’onda shunday deyiladi: «Ayting (ey xabibim)»: «Agar Ollohni sevsangizlar, menga (ya’ni Rasululloxga) ergashingizlar, shunda Olloh sizlarni sevgaydir...» («Oli Imron», 31).
Jonim qudrati qo`lida bo`lgan Ollohga qasamki, jannatga kira olmaysizlar, toki mo`min bo`lmaguncha; mo`min bo`la olmaysizlar, toki bir-birlaringizni yaxshi ko`rmaguncha, deyiladi hadisda.
Professor As’ad Jushon xazratlarining «Muvaffaqiyat yo`lida sevgining kuchi» asarida (tarjimon Mirza Kenjabek) Islomning asl mohiyati ezgulik va mexr-muhabbat ekanligi uqtirilgan, qanday qilib Ollohning sevimli bandasi bo`lish yo`llari, ma’naviy kamolot asoslari bayon etilgan.
Tasavvuf — bu muhabbatdir. Muhabbat yo`li esa muvaffaqiyat yo`lidir.
Sevgilarning eng oldinda keladigani, eng keraklisi, eng go`zali, eng yuksagi Olloh sevgisidir, chunki Olloh eng go`zal sifatlar mo’jizakori, ijodkori, san’atkori, bajaruvchisi va xolikdir! Inson yaxshiroq va teranroq o`ylasa, o`zi sevgan barcha go`zalliklarning ortida mulkning mutloq sohibi, butun olamlarning Robbisi - Parvardigori-Zul-jaloli val-jamol hazratlarini ko`rgay.
Yangi pedagogik tafakkur - bu Olloh muhabbatidir. Olloh muhabbati esa banda uchun har turli xayrning, yaxshiligu go`zallikning asl bosh manbai, bitmas-tuganmas shavq, zavk va kuch-quvvat omili. Olloh sevgisiga erishgan qul avliyo bo`lgay, olim bo`lgay, komil bo`lgay, xayrli inson, xayrli farzand bo`lgay, xayrli ota-ona, xayrli qo`shni va xayrli do`st bo`lgay.
Olloh sevgisiga erishmagan qul esa bemaza bo`ladi, qurs-qo`pol bo`ladi, buzg`unchi, osiy bo`ladi, fojir, zararli bo`ladi.
Muxammad As’ad Jushon muhabbat ham bir ibodatdir, do`stlik, birodarlik ham bir ibodatdir, odatdagi ibodatlarning eng asli va savoblisidir, deydi. Ikki inson birodar bo`lsa, Olloh taolo martabasi pastroq bo`lganini o`sha birodari martabasi darajasiga ko`taradi.
Bu islomdir, butun umring sening, ibodat xoliga kelgay, Xudo deb qilganing har ish va niyating ham sening, ibodatdir.
Sevib, sen, faqat do`stlik bilan dillarni obod et. Agar Olloh, uchun sevsang, sen, muhabbat xam ibodatdir!
Ishq bo`lmasa, ikki jahon bulmasun, deydi Mir Alisher Navoiy hazratlari.
Har ne qilsang, oshiq qilgil, Parvardigor, deydi Yassaviy. Bundan tashqari, yangi pedagogik tafakkurda faqirlik maqomi asosiy o`rin tutadi. Buni biz Yassaviyning «Faqirnoma» asarida bayon etilganini ko`ramiz. «Faqirnoma»da qul Xo`ja Axmad Yassaviy tasavvufdagi tariqat sulukini bayon qiladi, bu Payg`ambarimiz (s.a.v)ning «Al-faqru-faxri», «faqirlik-faxrimdir», degan hadisiga asoslangan. Faqirlikda qanoat, sabr-tokqat qilmok kerak.
Yassaviy faqirlik mavzuini Payg`ambarimiz hadislariga bog`lab rivojlantirdi.
Ota-onalaridan yetim qolgan Payg`ambarimiz amakilarining dushmanligidan kochib, Madinaga xijrat qiladilar. G`oliblik tuzini tatib, islom dinini rivojlantiradilar, yetim-yesir, kambag`allar boshini silab, Ollohga va insonlarga habib bo`ladilar va shunday ezgu amallar orqali Ollohga erishadilar. Xudoga yaqinlashuv esa tasavvufning asosiy maqsadi ekanligi, Yassaviy shunga erishish uchun o`z umrini bag`ishlagan. Ammo bu nafsoniy maqsad emas, balki mavjudotga mehr-muruvvat etmoq timsolidir. Shu bois insoniy fazilatlar burjini (yangi pedagogik tafakkurni) Yassaviy kuyidagicha tushunadi:
Oqil ersang g`ariblarning ko`nglin ovla,

Mustafodek elni kezib tim kovla.

Boshqa bir hikmatida allomaning bu fikri yanada rivojlantirilgan:

G`arib faqir yetimlarni Rasul so`rdi,

O`shal tuni me’roj chiqib diydor ko`rdi.

Qaytib tushib garib yetim izlab yurdi,

Gariblarning izin izlab tuydim mano .

Qur’oni karimda tarannum etiladigan umuminsoniy qadriyatlardan biri yetim-yesirlarga raxm qilishdir. Buning dolzarbligi shundaki, hozir boy-badavlat yashayotganlar ham kambag`allarga, yetimlarga, yolg`iz qolganlarga yordam berishi kerak.


Turkiy tasavvuf ilmining asoschisi Qul Xuja Ahmad Yassaviyning «Faqirnoma»si, hikmatlari o`zining ramziyligi, majoz san’ati va so`z xazinasiga boyligi tufayli umuminsoniy qadriyatlarimizga, alalxusus, islom va pirovardida jahon madaniyatiga ulkan hissa qo`shib, turli falsafiy oqimlarning shakllanishini taqozo etdi. Yassaviy hikmatlari turkiyzabon milliy qadriyatlarimizga keng o`rin berib, sanoqsiz muridlar qalbidan joy olib kelmoqda.
Tasavvufda nafsni tiyish, ishq, haqiqat - asosiy mavzudir. Islom dinida so`fiylik oqimi, darveshlar Payg`ambar davridayoq yuzaga kelgan. Sufiylar shariat qoidalarini o`rganib, bu bilan cheklanmay, yana ma’rifat va haqiqatga, Haqqa yetishga intilganlar. Umuminsoniy qadriyatlarlan biri — taqvoga sufiylar katta ahamiyat berganlar. Zuxud va taqvo ko`ngilni foniy dunyo gunohlaridan: g`araz, ta’nalardan tozalash va Xudo buyurganiga amal qilib, Olloh, ma’n etgan ishlardan saqlanish demakdir. Bizning fikrimizcha, ilohiy ishq har qanday g`arazli manfaatlardan xoli bo`lishi zarur.

Tasavvuf ta’limotiga ko`ra, borliqdagi barcha xilqatlarda, xususan, odamzodda ham ilohiy zarralar bor. Sufiyning maqsadi — ko`ngildagi iloxiy zarralarni, uzoq va mashaqqatli poklanish yo`lidan borib, yana Ollohga qaytarishdan iboratdir. Ishqning bir nechta turlari, bizning fikrimizchaquyidagilardir:

1. Haqiqiy ishq, ya’ni odamnnng Ollohga bo`lgan ishqi.

2. Majoziy ishq, ya’ni odamning odamga bo`lgan ishqi.

3. Odamning borliqqa, bor go`zal mavjudotga bulgan ishqi.

Bularning majmuasi - ilohiy ishqdir. Bu ishq hayotda juda kamdan-kam odamga, mingtadan bittaga muyassar bo`ladi. Bu yo`lda poklik va vafodorlik talab qilinadi. Vafosizda ishq bo`lmaydi. Olloh taolo vafosizga ishq bermaydi. Oshiq odamning dardi- kuchli bo`ladi. «Ishqsizlarning ham joni yo`q, ham imoni yo`q».


Ishq dardini talab qildim, darmoni yo`q,
Ishq yo`lida jon berganning armoni yo`q.
Ishk yo`lida jon bermasa imkoni yo`q.
Har ne qilsang, oshiq qilgil, Parvardigor!
-deydi Qul Xo`ja Ahmad Yassaviy.
Bu mavzuni davom ettirib, Navoiy hazratlari «Hayratul abror» asarining X1-bobida yurak nidosining aks sadosini shunday ta’riflaydi:
Bulmasa ishq ikki jahon bo`lmasun ,
Ikki jahon demaki, jon bo`lmasun.
Xulosa qilib aytganda, ilohiy ishq shafqat ko`ngli pok, Olloh yo`lida beg`araz jasoratlar ko`rsatuvchi valiy odamlarga nasib etadi. Ishq egasi ko`nglini sonsiz illatlardan tozalashi darkor. Buning uchun odam o`zi bilan o`zi (boshqa bilan emas) muttasil olishmog`i kerak, nafs, g`araz, kibru havo, ta’magirlik ajdarlarini yengmog`i zarur. O`ziga tanqidiy nazar bilan qarab, o`ziga qat’iy ta’nayu dashnomlar berib turmog`i shart.
Ahmad Yassaviy 1041 yilda Saryom (Sayram) qishlog'ida Shayx Ibrohim xonadonida tug'iladi. Yetti yoshida otasidan, so'ng onasidan yetim qoladi. U Arslonbob nomli inson qo'lida hamda aksariyat tolibi ilmlar kabi Buxoroda tarbiya va tahsil oladi. U yerda mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini o'rganib, so'ng Turkistonga qaytadi va o'z tariqatiga asos soladi. U so'fiylik g'oyalari, shuningdek, o'z tariqati asoslarini targ'ib etishda she'rlaridan foydalanadi. Islom dini aqidalari va o'z asoslagan g'oyalarni she'riy tarzda bayon etish asosida keng omma orasiga kirib boradi. Yassaviy hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy asoslari to'g'ridan-to'g'ri "Qur'on" g'oyalari va payg'ambar Muhammad Alayhis-salom hadislari negizida shakllanadi.
Ahmad Yassaviy hikmatlarida payg'ambar Muhammad Alayhis-salom ta'limotida ulug'langan ma'naviy-axloqiy xislatlar - muruvvat, saxovat, qanoat va rostgo'ylik targ'ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilarni faqat Allohga tobe bo'lishga undaydi. Uning hikmatlarida pand-nasihat asosiy o'rin tutadi. Ularning barchasida so'fiylik tariqatining amollari - haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da'vat etuvchi g'oyalar o'z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina insonda axloqida ko'zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo'llaridan biri sifatida e'tirof etiladi.
Ahmad Yassaviy hikmatlarida payg'ambar Muhammad Alayhissalom ta'limotida ulug'langan ma'naviy-axloqiy xislatlar - muruvvat, saxovat, qanoat va rostgo'ylik targ'ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilarni faqat Allohga tobe bo'lishga undaydi. Uning hikmatlarida pand-nasihat asosiy o'rin tutadi. Ularning barchasida so'fiylik tariqatining amollari - haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da'vat etuvchi g'oyalar o'z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina insonda axloqida ko'zga tashlanuvchi
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo'llaridan biri sifatida e'tirof etiladi.
Zero, tasavvuf-nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs - ochko'zlik, o'g'rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. SHuning uchun qanoat Ahmad Yassaviyning hayotiy shiori sanaladi. Oziga qanoat qilish, shukronalik, halol luqma yeyish orqali inson Haq bilan "ko'risha" oladi, nafsga mute bo'lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchraydi. Xususan:
Nafsdan kechib, qanoatni pesha qilg'on, Har kim topsa, rozi bo'lib, bo'yi sung'on Yaxshilarga xizmat qilib duo olg'on, Andoq oshiq mahshar kuni armoni yo'q. Jondin kechmay hu-hu degan bari yolg'on, Jondin kechmay hu-hu degan bari yolg'on, Bu gumrohdin so'rmang savol, yo'lda qolgan, Haqni topgan o'zi pinhon, so'zi pinhon Ul sababdan oltmish uchda kirdim yerga. Banda bo'lsang mehnat tortg'il g'ofil odam, Oqil ersang g'animatdur senga shul dam Omonatdir aziz joning yurma beg'am, Eshitib o'qib yerga kirdi qul Xoja Ahmad.
Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma'naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlik, razolat hukm surgan joyda, ma'rifat bo'lmagan o'lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o'tadi.
Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma'naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlik, razolat hukm surgan joyda, ma'rifat bo'lmagan o'lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o'tadi.
Ahmad Yassaviy hikmatlarida Haqqa yetish yo'lini targ'ib qilar ekan, insonni jaholat botqog'idan xalos qilish lozimligiga urg'u beradi. U "Shariatda orif-biloh bo'lishni, tariqatda voqif-asror bo'lishni, haqiqatda komil-mukammal bo'lishni, ma'rifatda daryoyi ummon bo'lishni talab qiladi"
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, Ahmad Yassaviy tomonidan ilgari surilgan g'oyalar insonni yomon illat, nafs balosidan voz kechishga undaydi. Yomon illatlar va nafs balosidan xalos bo'lish insonni ruhiy va jismoniy komillik sari yetaklaydi.
Ahmad Yassaviy o’zi tug’ilgan yurtini “Ul muborak Turkiston” dеb tilga oladi. U ota-onadan juda erta еtim qoladi. Otasi shayx Ibrohim vafot etgach, bobosi Arslonbobo (Arslonbob) ham ota ham ustoz o’rnida uni tarbiyalab voyaga еtkazadi. Ahmad Yassaviyning ota-bobolari sulolasi Muhummad Xanafiyga borib taqaladi. Bobosining maslahati bilan u Buxoroga borib Xo’ja Yusuf Hamadoniy ilmu saboqlaridan bahramand bo’ladi. Bu paytda Ahmad 23 yoshda bo’lgan. U o’z ustozining eng ishonchli va e'tiborli xalifalaridan biri edi. Sharqshunos olim Orif Usmonning ma'lumotlariga qaraganda, Abdulxoliq G’ijduvoniy kunlardan bir kuni Yusuf Hamadoniydan shogirdlarining taqdiri haqida so’zlab bеrishni iltimos qilgan. Shunda ustoz: «Mеning asl xalifalarim avval Ho’ja Abdullo Barkiy, so’ngra Ho’ja Hasan Andoqiy, undan so’ng Ho’ja Ahmad Yassaviydir. Ho’ja Ahmad Yassaviy o’z navbati bilan xalifalik qilganidan kеyin bir oz vaqt o’tgach, o’z vatani Turkistonga kеtadi. So’ngra uning o’rniga sеn xalifalik qilasan»[1] dеgan ekan. Kеyingi voqеalarning rivoji ustoz Yusuf Hamadoniy aytganidеk kеchroq Buxorodan o’z yurti Yassiga qaytgan Ahmad shag`arda madrasa va honaqo qurdirib o’z atrofiga juda ko’plab yangi shogirdlar to’plagan. U ana shu shogirdlari orqali o’zi asos solgan «Yassaviya» tariqatini Turkiston va Shosh atrofidagi viloyatlarga tarqata boshlagan.
Ahmad Yassaviy tarbiyalab еtishtirgan shogirdlar Mansur bobo (Arslonboboning o’g’li), Abul Malik Oto Tosh Ho’ja (Zangi boboning otasi), Hakim Oto (Sulaymon Boqirgoniy), Zangi Oto va boshqalardir.
Movarounnahrda XII asrdan so’ng «Yassaviya» tariqatidan ikki yirik tariqat paydo bo’lgan. Birinchisi — «Naqshbandiya», ikkinchisi — «Bеktoshiya». «Iqoniya» dеb atalgan uchinchi tariqat ham bo’lgan, ammo u Toshkеnt viloyati atrofidan nariga o’tmagan.
Tasavvufdagi boshqa tariqatlarda bo’lgani singari «Yassaviya» tariqatining ham o’ziga xos qat'iy qoidalari (odoblari) bor. Bu qoidalar kuyidagilarni o’z ichiga oladi: I. Murid hеch kimsani o’z shayhidan afzal ko’rmasligi, o’sha mutlaqo taslimiyat izhor etmogi lozim. 2. Murid shunchalik zukko va idrokli bo’lishi kеrakki, to o’z shayining barcha Rimuz va ishoralarini mukammal anglay bilsin. 3. Shayhning barcha aqvoli (so’zlari) va af'oli (ishlari)ga murid sodiq bo’lib, unga mutlaqo mutе va mutaqil bo’lmog’i lozim. 4. Murid o’z murshidi (piri) ning barcha topshiriqlarini chustu choloklik (chaqqonlik) ila va sidqidildan bajarib, uni hamisha rozi kilib yurmog’i zarur. 5. Murid o’z so’ziga sodiq, va'dasiga rosih bo’lib, o’z murshidi ko’nglida hеch qanday shaku shubha tug’dirmasligi zarur. 6. Murid, o’z va'dasiga vafodor va so’zida ustivor turishi kеrak 7. Murid o’z ixtiyoridagi barcha molu mulkini, butun boru yug’ini o’z shayxiga ilsor etmoq uchun doimo tayyor turmog’i lozim. 8. Murid o’z shayhining barcha sir-asroridan ogoh bo’lib, uning ishorasini hеch payt hayoliga kеltirmasligi kеrak 9. Murid o’z shayhining barcha takliflarini nazarda tutmog’i, uning mushkulotini oson qilmog’i, pandu nasixatlarini bajo kеltirmog’i shart. 10. Murid olloh visoli uchun o’z shayhi yo’lida bugun moli va jonini nisor etmoqqa tayyor turishi, uning do’stiga- do’st, dushmaniga dushman bo’lib yashamog’i shart.
Ahmad («Rasoil»da) inson ko’kragida bеsh gumbaz borligini aytadi: 1. Qalb yoki ko’ngil (chap emchakdan ikki enlik pastda; 2. Ruh (ung emchakdan ikki enlik pastda); 3. Sirr qalbning yo`qorisida; 4. Dafni, ya'ni maxfiylik gunbazi; 5. Ixfo, ya'ni ezgulik gumbazi.
Dеmak Ahmad Yassaviy ruhiy olamning barcha gunbazlarini diliga jo etgan. Endi uning haq-taolo bilan muloqot qilishiga kundalik ikir-chikir tashvishlar halal bеrolmaydi»[2]- dеydi Nasafiy.
Ahmad Yassaviyning juda chuqur va boy mazmunga ega bo’lgan «Dеvoni hikmat»ida mutafakkirning so’fiylik- falsafiy dunyoqarashi o’zining butun borligi bilan o’quvchi diqqatini rom etadi.
Donishmand fikricha, «Haqning so’zini emas, o’zini bilish» asosiy masaladir. Shuning uchun u bu dunyo rohatini qidiradigan so’fiy - so’fiy emas, toat-ibodat qilib, xalollik va poklikni targ’ib etib, dunyoning g’am-g’ussasini chеkib, xalq tashvishi bilan yashagan insongina haqiqiy so’fiylar, dеydi.
Asarning boshdan oxiriga qadar ulug’vor insoniy fazilatlar: oddiylik kamtarinlik mеhr-muhabbat, ishq, sadoqat, haqiqat, adolat, hurfikrlilik insonni insondan ayirmaslik kabi masalalar falsafiy nuqtai nazardan tashviqot qilindi. Va aksincha, yomonlik nodonlik joxillik adolatsizlik haqsizlik sadovatsizlik mol-parastlik kabi illatlar tanqid qilinadi. Bunday fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar insof, diyonatga chaqiriladi.
Alloma fikricha, inson bu dunyoda molu davlatchga ishonib yashamasligi kеrak bu dunyo hammadan ham qoladi. Shu bois insonlar bir-birlariga yaxshilik qilishlari, haqni ko’z oldilariga kеltirib o’zgalar moli-davlatiga xasadgo’ylik qilmasdan yashashlari lozim:
Bеshak biliig, bu dunyo barcha xalqdan o’taro,
Inonmagii molingga, bir kun qo’ldan kеtaro.
Ota-ona, qarindosh keyin kеtti, fikr qil,
To’rt oyoqli chubin ot bir kun sеnga еtaro.
Dunyo uchun g’am yеma, haqdin o’zgani dеma,
Kishi molini yеma, sirot uzra tutaro.
Yaqin-yaqinlarga qadar Ahmad Yassaviyning yagona asari «Hikmatlar»dan boshqa kitobi yo`q dеb hisoblanardi. «Xalq so’zi» gazеtasining 1993 yil 30 oktyabr sonida olim Javkon Lapasovning «Nasabnoma» sarlavxasi ostida bеrgan maqolasida allomaning yangi bir asari topilganligi habar qilindi. «Nasabnoma»da Ahmad Yassaviyning xayoti, faoliyati va nasl-nasabiga oid qimmatli ma'lumotlar bеrilgan.
Xullas, Payg’ambarimizning faqirlik fahrimdir, dеgan muborak hadislariga asoslangan va uz tariqat yo’liga sodiq bo’lgan Hoja Ahmad Yassaviy hazrat Mir Alishеr Navoiy yozganlaridеk «Shohu gado aning irodat va ixlosi istoni»da bosh qo’yadigan maqomga erishdi. Ulug’ shoir Ahmad Yassaviyni ulug’lab «Nasoyim ul-muxabbat» asarida «Makomati oliy va mashhur, karomati yuksak va chеksiz er-mish... Imom Yusuf Hamadoniyning ashobidindur» dеganlar... Istaymizki, Ahmad Yassaviy kabi ulug’ allomalar ruhi millatimiz va xalqimizning istiqboldagi yo’lida madadkor bo’lgay.

Yüklə 89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin