Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/60
tarix23.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#117181
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
KOMPYUTER LINGVISTIKASIDAN UNIVERSAL QO‘LLANMA
1111, 03-107-45, Programma-NIRM-GPRDNO, 474-483, 744 (1), d41d8cd98f1655438180, Dars ishlanma, hisoboti (adabiyotshunoslik), 6- семинар маш (2)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI 
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND 
 DAVLAT UNIVERSITETI 
 
 
D.B.O‘RINBAYEVA 
 
KOMPYUTER LINGVISTIKASIDAN 
UNIVERSAL 
QO‘LLANMA 
5220100 – bakalavriat yo‘nalishi o‘zbek filologiyasi mutaxassisligi
bo‘yicha ta’lim oluvchilar uchun qo‘llanma 
SAMARQAND -2016 



D.B.O‘rinbayeva. Kompyuter lingvistikasidan universal qo‘llanma.
– Samarqand, 2016. – 88 bet. 
Ushbu qo‘llanma kompyuter lingvistikasi kursidan bakalavr yo‘nalishida ta’lim 
oluvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda kompyuter lingvistikasi kursining 
tuzilishi va qonun-qoidalari yangi o‘quv dasturi asosida atroflicha va to‘laqonli 
yoritilgan. 
Qo‘llanma zamonaviy kompyuter lingvistikasi masalalari bilan qiziquvchi 
barcha kitobxonlar ommasi uchun qimmatli manba bo‘ladi, degan umiddamiz. 
Ma’sul muharrir: f.f.d., prof. S.Karimov
Taqrizchilar: dots. A.Bobonorov 
© D.O‘rinboyeva, 2016 



SO‘Z BOSHI 
Fan va texnikaning ko‘pgina yutuqlari, jumladan, kosmik fazoning, aqliy va 
jismoniy mehnat jarayonlarining avtomatlashtirilishi, “insonsiz” ishlab chiqarishning 
tashkil etilishi kompyuter bilan bog‘liq bo‘lib qoldi. Bundan tashqari, XXI axborot 
asrida ma’lumotlarni qabul qilish, saqlash va eng qulay tarzda boshqalarga yetkazib 
berish, bir tildan ikkinchi tilga tez va ishonchli tarjima qilish, til o‘rgatish, o‘qitishni 
yengillashtirish, baholash, matnlarni tahrirlash kabi masalalar barchaning diqqatini 
tortadi. Bugungu kunda ushbu masalalarni hal etishda ham kompyuterning 
imkoniyatlari ahamiyatlidir. 
“Kompyuter lingvistikasi” (KL) fani amaliy tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, 
muammoli sohalarda tabiiy tilni modellashtirish, shuningdek, tilshunoslikda va unga 
aloqador fanlarda tilning kompyuter modellarini yaratish uchun ma’lumotlarni qayta 
ishlash va kompyuter texnologiyalarini tashkillashtirish dasturlarini qo‘llashga 
mo‘ljallangandir. Xususan, tilning kompyuter yordamida modellashtirilishi 
informatika yoki dasturlash nazariyasi kabi fanlarning o‘rganish ob’ekti sifatida 
qaralishi ham mumkin, ammo u to‘lasincha amaliy tilshunoslikning bir bo‘limi 
hisoblanadi. Demak, KL umuman tilshunoslikning barcha sathlarini kompyuter tiliga 
moslash, matnlarni avtomatlashtirish oid barcha masalalarni o‘rganadigan fandir. 
KL fani qanday muhim masalalarni hal qiladi? 
KLning quyidagi muammolari mavjud: 
- mukammal alifbo va yozuvni shakllantirish, taraqqiy ettirish (ushbu masala 
tilshunoslikda amalgam oshirilgan). Bu uch bosqichni qamrab oladi: yozuv; 
nashriyotchilik; kompyuterlashtirish; 
- og‘zaki nutqning transkripsiya tizimi, o‘zlashma so‘zlarning transliteratsiyasi 
tizimini shakllantirish; 
- avtomatik lug‘at, tezauruslarni tuzish; 
- ilmiy-texnik atamalarning standartlashtilishi; 
- avtomatik tasrjima tizimini ishlab chiqish; 
- til o‘rgatish va o‘rganish tizimini shakllantirish; 
- avtomatik nutqni sintez va qabul qilish; 
- matnni avtomatik qayta ishlash metodi; 
- axborot izlash sistemasini avtomatlashtirish; 
- avtomatik annotasiya, referatlash va tarjima qilish metodlarini ishlab chiqish; 
- avtomatik boshqaruv tizimini lingvistik ta’minoti; 
- ko‘zi ojizlar uchun avtomatik yozuv tizimini shakllantirish; 
- stenografiya tizimini shakllantirish; 
- diskurs (matn) analizi. 
Sanab o‘tilgan muammolar har qancha muhim bo‘lmasin, uni ushbu qollanmada 
to‘la bayon qilib bo‘lmaydi. 
Bakalavr talabalar ushbu fanni o‘rganish davrida, «Kompyuter lingvistikasi» 
sohasida davlat ta’lim standartlarida belgilangan asosiy bilimlarga ega bo‘ladilar. 
E’tiboringizga havola qilinayotgan ushbu qo‘llanma bakalavr talabalarning 
«Kompyuter lingvistikasi» fanini chuqurroq egallash, dastlabki ma’lumotlarning 
yangi pillapoyasiga qadam qo‘yishiga mo‘ljallangan. 




Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə