Alisher Navoiy tavalludiga tadbirlar ssenariysi Buyuk shoir, g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy 1441 yil 9-fevralda tavallud topgan. Yurtimizda ushbu buyuk mutafaakir, davlat arbobi A.Navoiy tavalludiga bag'ishlab, turli kechalar, tadbirlar, Navoiyxonliklar o'tkazib kelinadi. Yurtimizdagi hech bir shaxs ushbu kunnu yodidan chiqarmaydi. Ushbu maqolada siz yurtimizdagi malakali o'qituvchilar, o'z ishining ustalari tomonidan tuzilgan tadbir ssenariylari bilan tanishishishingiz mumkin. G’azal mulkining sultoni , buyuk mutafakkir A.Navoiy tavalludi munosabati bilan o’tkazilgan “ Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi ” nomli kecha dasturi va shu kabi ssenariylar bilan tanishing.
1. G’azal mulkining sultoni , buyuk mutafakkir A.Navoiy tavalludi munosabati bilan o’tkazilgan “ Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi ” nomli kecha dasturi, 2. ALISHER NAVOIY- SO`Z MULKINING SULTONI - TADBIRI 3. “Alisher Navoiy –g‘azal mulkining sultoni” mavzusidagi tadbir ishlanmasi 4. “NAVOIY YODI-ILA YASHAYMIZ MUDOM!” TADBIR SSENARIYSI 5. “AJDODLAR RUHI MANGU BARHAYOT” TADBIR SSENARIYSI 6. NAVOIY ZIYOSI G’azal mulkining sultoni , buyuk mutafakkir A.Navoiy tavalludi munosabati bilan o’tkazilgan “ Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi ” nomli kecha dasturi Kecha o’tkaziladigan joy bayramona bezatilgan bo’lib, sahna to’rida A.Navoiy portreti qo’yilgan, uning bir yonida siyohdon, qalam va ikkinchi tomonida sham qo’yilgan . Sahnada A.Navoiyning “Xazoyinul – maoniy ” asaridagi 4 ta devani, “ Xamsa ”, “Lison ut – tayr ” va bir qancha asarlari, har xil ko’rgazmalar,bukletlar va shiorlar qo’yilgan .
1 – BOSH:Asrlar yangragan,eng jo’shqin ovoz,
Mustaqil bot berdi,sizga sharaf – shon.
Siz bitib tikladingiz she’r,
Xalqingizni doston ayladingiz.
Ham yana forsiy aro,
O’zingizga gulzor tanladingiz.
Xalq uchun tortib stam,
Dillarni dilga bog’ladingiz.
Xushstam ,shirin kalam,
Foniy , Navoiy , Assalom.
2 – BOSH: Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot , yig’ladi o’lim.
Sen deb qurbon bo’ldi boblar,
Ular ketdi,sen qolding tilim !
Belanchaging uzra Qoshqariy,
Kuylab o’tdi qadim navoni.
Va navqiron yaproqlaringa,
Dil qonuni berdi Navoiy.
1 – BOSH: Assalomu alaykum davramiz mehmonlari – u bilimga chanqoq o’quvchilar. Mana bugun biz buyuk o’zbek shoiri mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 574 yilligi munosabati bilan “G’azalxonlik ” kechasi o’tkazmoqdamiz.
2 – BOSH: Alisher Navoiy bobomiz 1441 – yil 9 – fevralda ya’ni hijroy 844 yil ramazon oyining 17 –chisida Xurosonning markazi bo’lgan Hirotda dunyoga kelgan.
Hofizlar xonishida,
G’azal – u rubiyingiz.
Ashoringiz satriga,
Sirdosh bo’lib keldim.