Iye, butun boshli bir odam tirilib keladi-yu, ovoragarchiligi bormi?
Ey qotil, nega shunday katta azim terakni nobud qilding?
Yozuvda undov so’zlardan keyin vergul qo’yiladi.
Undalmalardan oldin kelganda esa undan keyin vergul qo’yilmaydi.
His- hayajon undovlari.
His – hayajon undovlari kishilarning quvonchi, erkalash-erkalanish, rohatlanish, hayron qolish, norozilik, g’azab-nafrat, og’riq singari hissiyotlarni ifodalaydi.
His- hayajon undovlarining o’zi undov gap bo’lib kelishi yoki gap tarkibida kelib, uni undov gapga aylantirishi mumkin.
Bunday gaplar oxiriga doimo undov qo’yiladi.
Buyruq- xitob undovlari.
Kishilar diqqatini tortish, jonivorlarni haydash, chaqirish va to’xtatish uchun qo’llaniladigan undovlar buyruq-xitob undovlari deyiladi.
Taqlid so’zlar.
Narsalarning tovushiga va holatiga taqlidni bildirgan so’zlar taqlid so’zlar deyiladi.
Taqlid so’zlar nimaga taqlidni bildirishiga ko’ra ikki xil bo’ladiL:
Tovushga taqlid so’zlar;
Holatga taqlid so’zlar.
Misollar:
CHiroq lip-lip etdi.
Namoz g’azabi oshib, dag’-dag’ qaltiray boshladi.
SHu payt gurs-gurs oyoq tovushlari eshitilib, qarindoshlarimiz kela boshladi.
Narsalarning ovoziga taqlidni bildiruvchi so’zlar tovushga taqlid so’zlar deyiladi.
Narsalarning ovoziga taqlidni bildiruvchi so’zlar tovushga taqlid so’zlar deyiladi.
Masalan: g’a- g’a, di- dit.
Narsalarning holatiga taqlidni bildiruvchi so’zlar holatga taqlid so’zlar hisoblanadi.
Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda g’o’ng’ir-g’o’ng’ir ovozdan uyg’onib ketdim.
SHunday bo’lsa ham, vujudini tutgan qalt-qalt titroqni bosib hazilomuz qichqirdi.
Allakim ship-ship qadam bosib, ayvon labiga kelayotganday bo’lardi.
Taqlid so’zlarning tuizilishi va imlosi.
Asosiy qismning aynan takrorlanishidan yoki ayrim tovush o’zgarishi bilan takrorlanishidan hosil bo’lgan taqlid so’zlar takroriy taqlid so’zlar sanaladi.
Masalan: gumbur-gumbur, taq-tuq, chars-churs.
Takroriy taqlid so’zlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
Ifodalanilayotgan
fikrga
so’zlovchining
munosabatini
(ishonch,
gumon,achinish kabi)
bildirgan
so’zlarga modal
so’zlar deyiladi.
Misollar:
Xullas, har kuni buvisi nevarasiga bitta yangi ibratli ertak aytib beradigan bo’libdi.
Avvalo, insonning qalbi go’zal bo’lmog’Ii kerak.
Xayriyat, odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda.
Ularga qarshi kurashish hammamizning burchimiz,albatta.
Modal so’zlarning ma’no turlari.
Modal so’zlar bayon qilinayotgan fikrga so’zlovchining ishonch, gumon, quvonch, afsuslanuvchi munosabatlarni yoki fikrning tartibi, xulosasini bildiradi.
Modal so’zlar gap tarkibida boshqa so’zlardan vergul bilan ajratiladi.
Sof va vazifadosh modal so’zlar.
Modal so’zlar ham sof modal so’zlar va vazifadosh modal so’zlarga bo’linadi.
Faqat modal ma’no uchun xoslangan so’zlar sof modal so’zlar sanaladi: darhaqiqat, haqiqatdan, afsuski, avvalo avvalambor, xullas kabi.
Modal ma’noda ham qo’llangan aftidan, chamasi, balki, umuman, ehtimol, taxminan, shubhasiz singari so’zlar vazifadosh modal so’zlar hisoblanadi.
Modal ma’noda ham qo’llangan aftidan, chamasi, balki, umuman, ehtimol, taxminan, shubhasiz singari so’zlar vazifadosh modal so’zlar hisoblanadi.
Tasdiq va inkor so’zlar.
Ha, xo’p, mayli
singari
so’zlar
tasdiq
so’zlar; yo’q, mutlaqo singari
so’zlar
inkor so’zlar
sanaladi.
Misollar:
Men haq gapni aytyapman.-Ha, mayli, buni hozircha ochiq qoldiramiz.
Ayting-chi, siz bu gaplarga ishonasizmi? – mutlaqo
Mayli, yurtim, kezsang ham dunyo….o’zligingni unutma aslo.