Alqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi


II bob. O’zbekiston Respublikasining valyuta siyosati va uni takomillashtirish



Yüklə 91,48 Kb.
səhifə9/9
tarix14.04.2022
ölçüsü91,48 Kb.
#115295
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Alqaro valyuta tizimining shakllanishi va rivojlanishi
Reference-401201100830
II bob. O’zbekiston Respublikasining valyuta siyosati va uni takomillashtirish

2.1. Valyutani tartibga solishning xorij tajribasi

Valyuta cheklovlari valyuta siyosatining shakllaridan biri sifatida muntazam ravishda ishlatiladi. Valyuta cheklovlari - bu, rezident va norezidentlarning valyuta hamda boshqa valyuta qimmatliklari bilan operatsiyalarini qonunchilik yoki ma'muriy jihatdan taqiqlash, limitlash va cheklashdir. Valyuta cheklovlari rezident va norezidentlar valyuta operatsiyalarini tekshirish orqali valyuta qonunchiligiga rioya etilishini ta'minlaydigan valyuta nazoratining tarkibiy qismidir. Valyuta cheklanishlari mavjudligida valyuta nazorati jarayonida lisenziya va ruxsatnomalarning bor-yo’qligi, rezidentlar tomonidan milliy valyuta bozorida xorijiy valyutalarning sotilishi bilan bog’liq talablarning bajarilishi, xorijiy valyutadagi to’lovlarning asoslanganligi, valyuta operatsiyalari bo’yicha hisobni yuritish hamda hisobotning sifati tekshiriladi. Valyuta cheklovlari mavjudligida valyuta nazorati funksiyalari odatda Markaziy bankka yuklatiladi, ayrim davlatlarda esa buning uchun maxsus organlar tashkil etiladi (masalan, Fransiyada ikkinchi jahon urushidan so’ng).

Valyuta siyosatining turli-tumanligi sifatidagi valyuta cheklovlari quyidagi maqsadlarni ko’zlaydi: 1) to’lov balansini birxillashtirish; 2)valyuta kursini qo’llab quvvatlash; 3)joriy strategik vazifalarni bajarish uchun valyuta qimmatliklarining davlat qo’lida to’planuvi. Valyuta cheklanishlari o’zining kamsitish xarakteri bilan ajralib turadi, chunki valyuta qimmatliklarini, mayda va o’rta tadbirkorlar hisobiga, ularni xorijiy valyutalar olishi uchun qiyinchiliklar tug’dirgan holda, davlat hamda yirik korxonalar foydasiga qayta taqsimlanishiga ko’maklashadi. Shu sababli monopollashmagan sektor valyuta cheklanishlari kiritilishiga odatda qarshi chiqadi. Valyuta cheklanishlari odatda hamkor savdogarlarga nisbatan qo’llaniladigan tazyiq va kamsitish siyosatining tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Ushbularni qo’llanilishida siyosiy sabablar katta rol o’ynaydi.

Yetakchi mamlakatlar boshqa davlatlarga tazyiq o’tkazish maqsadida valyuta blokadasidan foydalanadilar. Valyuta blokadasi - bu, boshqa davlatga nisbatan bir yoki bir nechta mamlakatlarning bir tomonlama valyuta cheklovlari shaklidagi iqtisodiy jazo choralaridir. Ushbu bir tomonlama cheklovlar davlatning valyuta-iqtisodiy mavqeiga putur yetkazish va ma'lum bir talablarni bajarishga majbur qilish maqsadida unga o’z valyuta qimmatliklaridan foydalanishga to’sqinlik qiladi. Valyuta blokadasining mohiyati xorijiy banklarda saqlanayotgan ushbu davlat valyuta qimmatliklarini muzlatib qo’yish va kamsituvchi valyuta cheklovlari qo’llanilishidan iboratdir. Ikkinchi jahon urushi davrida va urushdan so’ng Buyuk Britaniya sterling zonasi davlatlarining xorijiy valyuta (asosan funt sterling) saqlanayotgan bank hisobvaraqlarini muzlatgan. Ushbu hisob varaqlardagi mablag’lar faqat zikr etilgan valyuta guruhi a'zosi bo’lmish davlatlar orasidagi hisob-kitoblarda ishlatilishi mumkin edi. 1950-yillarning boshida Angliya-eron neft kompaniyasining milliylashtirilishi munosabati bilan Angliya banki eron uchun funt sterlinglarni AQSh dollarlariga almashtirilishini to’xtatdi va Italiya hamda Yaponiya davlatlariga ushbu mamlakat bilan funt sterlinglarda hisob-kitoblarni olib bormaslikka tavsiyalar berdi. 1956 yilda Sues kanalining milliylashtirilishiga javoban Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiya banklari Misrga qarshi, uning valyuta hisobvaraqlarini muzlatgan holda, valyuta blokadasini tashkil qildilar. Chilida 1971 yilda davlat boshiga Xalq birligi hukumatining kelishidan so’ng amerika banklari xorijiy valyutadagi barcha Chili avuarlarini muzlatib qo’ydilar va kredit blokadasini tashkil qildilar.

1979 yilning noyabridagi Amerika-eron mojarosi davrida amerikalik garovga olingan shaxslarni bo’shatishni talab etgan holda, AQSh eron bank avuarlarini (12 mlrd. dollar) muzlatib qo’ydi va ayrim zayomlarni bekor qildi. 1982 yildagi Folklend mojarosi davrida Buyuk Britaniya tomonidan Argentina valyuta aktivlari muzlatilgan. Natijada Argentina ham Buyuk Britaniyadan ibrat olgan holda o'xshash javob choralarini ko’rgan. 1986 yilning yanvarida AQSh ma'muriyati Liviya jumhuriyatini amerika banklari va ularning filiallaridagi valyuta aktivlarini muzlatgan holda uning valyuta blokadasi haqida e'lon qildi. Maqsad Liviya jumhuriyatini o’tkazilayotgan mustaqil tashqi siyosatdan voz kechtirish va Vashington diktatiga bo’ysundirishdir.

Valyuta cheklovlarining bekor qilinishi va valyutalarni ayirboshlanishini kiritilishi. Milliy valyuta ayirboshlanishiga o’tishning jahon tajribasi ushbu jarayonni muhim bo’g’inlarini ajratib ko’rsatish imkonini beradi, ya'ni ular:

-valyuta ayirboshlanishini kiritish payti va sur'atini tanlash;

-kim uchun - rezidentlar yoki norezidentlar uchun va qanday ketma-ketlikda;

-qanday operatsiyalar bo’yicha - to’lov balansi joriy operatsiyalari yoki moliyaviy operatsiyalar bo’yicha.

Birinchi muammo. Valyuta munosabatlari tarixida ikki model ma'lum - "shok" modeli va yetarli shart-sharoitlar yaratilishiga qarab valyuta ayirboshlanishiga asta-sekin o’tish modeli. Birinchisi volyuntaristik (Turkiya, Sharqiy Yevropa davlatlari, Rossiya) variant bo’lib, milliy valyuta kursining pasayishi, rasmiy oltin-valyuta zahiralarining kamayishi bilan xususiyatlidir. Chunki, xorijiy valyutaga bo’lgan talab oshib boradi. Bunday devalvatsiya importni qimmatlashtiradi, bu esa o’z navbatida inflyatsiyani o’stiradi va tashqi qarzni xorijiy valyutada to’lashda valyuta yo’qotishlarni kuchaytiradi. Devalvatsiyani eksportga bo’lgan rag’batlantiruvchi omiliga kelsak, ushbu omil agarda shunga loyiq eksport qilinuvchi raqobatbardosh tovarlar mavjud bo’lsa albatta ishlaydi.

Ikkinchi variant, valyutaning erkin ayirboshlanishiga bosqichma-bosqich

o’tish (G’arbiy Yevropa davlatlari va Yaponiya tajribasi) "shok"li variantga nisbatan birmuncha afzalliklarga ega. Chunki, u milliy va jahon bozorlari faoliyatlarini o’zaro bir-biriga bog’lashga, xususan bahoning shakllanish jarayoni hamda unga turtki omillarini tayyorlashga asoslangan. Valyuta ayirboshlanishini kiritishning asosiy sabablari bo’lib, iqtisodiyotni barqarorlashtirish, davlat byudjeti kamomadini qisqartirish, inflyatsiya sur'atini pasaytirish, to’lov balansi kamomadini kamaytirish, mamlakat tashqi faoliyatini muvofiqlashtirish, rasmiy oltin va valyuta zahiralarini to’plash, mamlakatda siyosiy hamda ijtimoiy holatni barqarorlashtirish hisoblanadi.

Ikkinchi muammo, rezident va norezident shaxslar uchun valyuta ayirboshlanishini kiritilishining ketma-ketligini aniqlashdir. Jahon tajribasiga ko’ra, teng huquqli hamkorlikdan manfaatdor qilish maqsadida odatda birinchi navbatda xorijlik hamkorlarga e'tibor qaratiladi.

Uchinchi muammo, valyuta ayirboshlanishi kiritilayotgan operatsiyalarning tanlovi bilan bog’liq. 1958 yilning dekabrida, ob’yektiv iqtisodiy shart-sharoitlar etilishi bilan, G’arbiy Yevropa mamlakatlari norezidentlar uchun to’lov balansi joriy operatsiyalari bo’yicha valyuta cheklovlarini bekor qilgan holda, o’z valyutalarining qisman ayirboshlanishini kiritdilar. Texnik jihatdan ushbu tadbir o’tkaziladigan va erkin ayirboshlanadigan hisobvaraqlarni bir turdagi toifaga, ya'ni "xorijliklarning tashqi hisobvaraqlari"ga o’zaro birlashtirish orqali amalga oshirilgan edi. 1961 yilning fevralida ushbu mamlakatlar rezidentlar uchun ham valyuta cheklovlarini bekor qildilar.

Bretton-Vuds valyuta tizimi sharoitida, agarda mamlakat to’lov balansi joriy operatsiyalari bo’yicha valyuta cheklovlarini bekor qilgan va o’z valyutasini boshqa davlatlar valyutalariga ayirboshlanishi hamda xalqaro hisob-kitoblarda ishlatilishiga to’sqinlik qilmagan bo’lsa, valyuta erkin ayirboshlanadigan deb hisoblanar edi. XVF Ustavining o’sha davrdagi talablari moliyaviy operatsiyalarga (kapital harakati) aloqador emas edi. Shuning uchun valyuta ayirboshlanishining yetakchi o’lchovi bo’lib, joriy operatsiyalar bo’yicha valyuta cheklovlarining yo’qligi hisoblangan.



20 yil mobaynida asta-sekin, ma'lum bir intervallar bilan, faqat 1970 yillarning o’rtalaridan boshlab mamlakatlar o’z valyutalarining ayirboshlanishini moliyaviy operatsiyalarga ham qo’llay boshladilar. Buning sababi kapitallarning xalqaro migratsiyasi, to’g’ridan-to’g’ri va portfel investitsiyalari, qimmatli qog’ozlar bilan shartnomalar, kredit operatsiyalarini o’z ichiga olgan holda, tovarlar hamda xizmatlar oqimidan ancha ilgarilab ketganidadir. Bu esa o’z navbatida to’lov balansi va valyuta kursiga ijobiy ta'sir etadi. Shu sababli moliyaviy operatsiyalar bo’yicha valyuta cheklovlarini bekor qilinish jarayoni asta-sekin va notekis boradi. Ushbu cheklovlar, milliy iqtisodiyotni himoyalash maqsadida, davriy asosda tiklanib turiladi. Tuzilmaviy inqirozlarning o’zaro chambarchas bog’lanib ketishi sharoitida 1960-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab va 1970-80 yillarda valyuta munosabatlarining erkinlashtirilishi tovarlar hamda kapitallar harakati yo’lidagi to’siqlar shaklidagi valyuta proteksionizmi bilan almashdi. Ushbu jarayon mamlakatlararo kelishmovchiliklarning kuchayishiga olib keluvchi, o’zining notekisligi bilan ajralib turadi. 1971 - 1973 yillarda GFR, Fransiya, Shveysariya, Benilyuks, Ispaniya davlatlari o’z hududlariga kapitallar oqib kelishini birmuncha sekinlashtirish maqsadida valyuta cheklovlarini kiritdilar. 1972 yilning iyulida Buyuk Britaniya funt sterling kursining erkin suzish rejimiga o’tish sharoitida sterling zonasi mamlakatlari bilan aloqalarida kapitalni "chiqib ketish" maromini sekinlashtirish maqsadida kapitallar harakati bo’yicha birinchi bor valyuta cheklovlarini kiritdi. 1973 yilning martidan valyuta kurslarining erkin suzish rejimiga ommaviy o’tilishi valyuta cheklovlari va xalqaro moliyaviy operatsiyalar bo’yicha nazoratning bo’shashganligini anglatdi.
Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

  2. Vaxabov АL., Tadjibaeva D.А., Xajibaknev Sh.X. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Oʼquv qoʼllanma. / i.f.d., prof. AJ3. Vaxabovning umumiy tahriri ostida. - T.: Moliya, 2011.




Yüklə 91,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə