Amaliy mashg’ulot №1 mavzu: tuproq tuzilishini aniqlash ishdan maqsad



Yüklə 149,13 Kb.
səhifə1/26
tarix02.12.2023
ölçüsü149,13 Kb.
#137238
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Mavzu tuproq tuzilishini aniqlash-fayllar.org


Mavzu: tuproq tuzilishini aniqlash

AMALIY MASHG’ULOT № 1
MAVZU: TUPROQ TUZILISHINI ANIQLASH
Ishdan maqsad: Turli qatlamdan olingan tuproq namunalarining tuzilishini o’rganish.
Kerakli jihozlar:Turli qatlamlardan olingan tuproq naminalari, ko’zlari turli kattalikda bo’lgan elaklar, texnik tarozi va toshlar.
Umimiy ma’lumot: Zarrachalari donodor ( diametri 1-10 mm), suv bilan tezda yo’vilib ketmaydigan va tarkibida chang elementlari kam bo’lgan tuproqlar donodor tuproqlar deyiladi.Bunday tuproqlar tezda qotib qolmaydi, zarrachalar orqali suvni yaxshi o’tkazadi, namni uzoq saqlaydi va suvni kam bug’lantiradi.Shuning bilan birga ularda chirindi va oziqa moddalari etarli bo’ladi.
Tarkibida chirindi moddalari kam,chang zarrachalari ko’p bo’lsa,donodor bo’lmagan tuproq deyladi.Donodor bo’lmagan tuproq yog’ingarchilik sababli zichlashadi va unda qatqaloq hosil bo’ladi,kapilyar yo’llari orqali suv tezda bug’lanib ketadi va qurib qoladi. Sug’oriladigan suv bilan tezda to’yinadi. Ularda havo juda kam bo’ladi yoki havo kam bo’lib nam etishmaydi.
Ishni bajarish tartibi; Tuproq qatlami elementlarini o’rganishda ma’lum miqdordagi quruq tuproq na’munasidan olib elaklarda elanadi va tuproq zarrachalari bir- biridan ajratiladi.
Odatda 2500 g tuproq olib, uni qo’l bilan sekin uvoqlanadi, so’ngra ko’zlari 10,7,5,3,2,1,0,5 va 0,25 mmli elaklardan o’tkazilib qatlam elementlari alohida – alohida tarozida tortiladi va ularning nisbiy miqdori foiz bilan ifodalanadi. Masalan, 2500 g tuproq elanganda diametri 10 mm dan yirik elementi 125 g bo’lsa, uning foiz miqdori quydagicha hisoblanadi.

Qolgan elakchalardagi tuproqninig qatlamlarining elementlari foizi ham shunday aniqlanadi.


Topshiriq: Tuproqning 0-20 va 21-40 sm qalinligidan namunalar olib uning donodorligini aniqlang va quyidagi jadvalni ma’lumotlar bilan to’ldiring.
Tuproq donodorligi, % hisobida

Tuproq namunasi


Qatlam chuqurligi sm


Tuproq zarrachalarining kattaligi, mm


10-7

7-5

5-3

3-2

2-1

1-0,5

0,5 –0,25


0,25dan kichik




0-20



















21-40




















Yüklə 149,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin