Amaliy mashg’uloti 3-Amaliy mavzusi: “Ilk qadam” mttdavlat o’quv daturini amaliyotga tatbiq etishda tarbiyachining o’rni. Asosiy savollar



Yüklə 105,5 Kb.
səhifə1/6
tarix14.12.2022
ölçüsü105,5 Kb.
#120976
  1   2   3   4   5   6
portal.guldu.uz-Amaliy mashg`ulot


Amaliy mashg’uloti


3-Amaliy mavzusi: “Ilk qadam” MTTdavlat o’quv daturini amaliyotga tatbiq etishda tarbiyachining o’rni.


Asosiy savollar
1. “Ilk qadam” MTTdavlat o’quv daturini
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining maqsadi va asosiy prinsiplari
3.Maktabgacha yoshdagi bolaning kompetensiyalari

1-savol bayoni:

Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi (keyingi o‘rinlarda — davlat o‘quv dasturi) maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalarini belgilab beradi.


Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi 8 bob 32 banddan iborat.
Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim tashkilotlarida qo‘llash uchun majburiy hisoblanadi:
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat tashkilotlar;
maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» uylari va «Bolalar shaharchalari»;
maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi maktabgacha ta’lim boshqaruvi organlari.
Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta’lim tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ta’lim tashkiloti davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.


2-savol bayoni:
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining maqsadi va asosiy prinsiplari
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining maqsadi — bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iborat.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
bola huquqlari, uning o‘ziga xos rivojlanish xususiyati va salohiyatini hisobga olish;
ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;
bolaning salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;
o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;
bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;
bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tashkilotining oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
Davlat o‘quv dasturida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolaning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va uni amalga oshirish, qo‘shimcha ta’lim xizmatlari, ota-onalar bilan hamkorlik bellangan.
Bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotidagi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi.
Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi.
Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko‘ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar ishtirok etishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi.
Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati, tor ixtisoslik mutaxassislarini jalb etgan holda bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga olish;
ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
ota-onalarning tashkilot hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.

Yüklə 105,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin