Amaliy matematika



Yüklə 106 Kb.
səhifə1/7
tarix11.11.2023
ölçüsü106 Kb.
#131757
  1   2   3   4   5   6   7
   Ishchi kuchi bozori to‘g‘risida turlicha nazariyalar


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


JIZZAX FILIALI

“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI


“TABIIY FANLAR VA IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN


MUSTAQIL ISH
MAVZU: Ishchi kuchi bozori to‘g‘risida turlicha nazariyalar

TOPSHIRDI: Guruh 924-20 Samanqulov Davron


QABUL QILDI: S.A.Saitov


JIZZAX-2021

REJA:

  1. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchiga talab va uning taklifi nisbati

  2. Ishchi kuchi bandligi to’g’risidagi turli kontsеptsiyalar sharhi

Xulosa
Adabiyotlar

1. Ishchi kuchi bozori. Ishchi kuchiga talab va uning taklifi nisbati
Ishchi kuchi (inglizcha: Labor force, nemicha: Erwerbspersonenpotenzial) — bu inson aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yigʻindisi[1] boʻlib, jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi hisoblanadi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega boʻlgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning oʻzi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir. Jamiyatning milliy mahsuloti hisobiga ishlab chiqarishning moddiy-ashyoviy omillarigina emas, balki shaxsiy omili, yaʼni ishchi kuchi ham takror ishlab chiqariladi.
Ishchi kuchining miqdori mamlakat aholisining mehnat faoliyatiga layoqatli boʻlgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi resurslari deb ham ataladi. Insonning ishchi kuchi resurslari tarkibiga kiritilishining asosiy mezoni boʻlib uning yoshi va mehnatga boʻlgan qobiliyati hisoblanadi.[2]
Ishchi kuchi resurslari
Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa cohalarda band boʻlgan nafaqaxoʻrlar ham ishlashi mumkin. Ishchi kuchi resurslarining faol va potensial qismi farqlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band boʻlgan shaxslar ishchi kuchi resurslarining faol qismi hisoblansa, ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqiyotganlar va vaqtinchalik uy xoʻjaligida band boʻlganlar potensial qismi hisoblanadi.

Yüklə 106 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin